Hayotimizdagi odatiy narsalarning eng birinchi versiyalari
Hayotimizdagi odatiy narsalarning eng birinchi versiyalari
Biz kundalik hayotda ishlatadigan odatiy narsalarning ilk versiyalari qanday ko'rinishda bo'lganligini hech o'ylab ko'rganmisiz? Ular paydo bo'lgan vaqtdan boshlab to shu kungacha juda ko'p o'zgarishlarga uchragan.

Zamonaviy televizorlarning barchasi rangli. Ular ekran tipi bo'yicha farqlanadi: suyuqkristalli, plazma, LED va hokazo. Bundan tashqari qo'shimcha funksiyalar bilan jihozlanadi, masalan, Smart TV, signal qabul qilish imkoniyati HDTV, raqamli televideniyening ajralmas priyomnigi va boshqalar.

Birinchi versiya Mac OS 1.0 - 1984-yil

Birinchi versiya Mac OS 1.0 (oddiy system deb atalgan, "Mac OS" termini birinchi bor 1990-yillar o'rtalarida ishlatilgan) 1984-yil 24-yanvarda asl Macintosh 128K bilan burgalikda taqdim etilgan. U o'z davrining boshqa operatsion tizimlaridan quyidagi jihati bilan farqlangan: unda buyruq qatorli interfeys bo'lmagan, uning o'rniga Foydalanuvchining Grafik Interfeysi (GUI) bo'lgan. Interfeys butunligicha oq-qora rangda bo'lgan, ranglarsiz.

Hozirgi kunda eng oxirgi taqdim etilgan OS X El Capitan 2015-yil 8-iyunda WWDC 2015 da e'lon qilingan edi.

Birinchi MP3-pleyer - 1998-yil

1998-yil mart oyida Janubiy Koreya kompaniyasi Saehan Information Systems o'sha davr bozoriga notanish bo'lgan narsani ishlab chiqardi: u musiqali fayllarni CD da emas, balki MP3 formatdagi raqamli fayl bilan chala olar edi va hozirgacha faqatgina kompyuterlarda ishlaydi. F10 pleyeri 32 MB ajralmas xotira va 128 kb/sek. gacha kodli treklar bilan ishlay olardi, ulardan 8 donasini sig'dira olgan.

Oxirgi ishlab chiqarilgan iPod touch 4 dyumli Retina displeyi hamda 16 dan 128 GB gacha bo'lgan turli xildagi ajralmas flesh-to'plagichlarga ega.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook