Oshxonada ajoyib yordamchi bo’ladigan 15 ta gadjet
Oshxonada ajoyib yordamchi bo’ladigan 15 ta gadjet
Zamonaviy uy bekalari oshxonada turli-tuman narsalardan foydalanadi – buvilarimiz foydalangan eng sodda idishlardan tortib, zamonaviy texnologiyalargacha. Shu jumladan zamonaviy oshxona gadjetlari orasida ajralib turuvchilari ham bor – ularning ko’rinishi juda g’alati, biroq ular oshxonada juda yaxshi yordamchi

Muzqaymoqli pechenye uchun mashina

Muzqaymoqli pechenye uchun mashina
Oddiy muzqaymoq idishni unuting va ushbu mashinani sotib oling. Uni ishlatish oson, shunchaki kerakli masaliqlarni soling va uni o’zi sevimli muzqaymoq qavatli pechenye-sendvichlar yarata boshlaydi.

Jo’xori tozalagich

Jo’xori tozalagich
Ushbu “bublik”ni shunchaki jo’xori ustidan yurgizing va u donlarini ajratib beradi. Bu arzon va sodda – jo’xorini ham yeyishda qiynalmaysiz.

Quymoq uchun qalam

Quymoq uchun qalam
Ushbu moslama yosh bolali ayollar uchun juda qo’l keladi. Bu pishiruvchi moslamaga uchta quymoqqacha sig’adi. Yana komplektda maxsus qalam ham bor, uni suyuq xamir bilan to’ldirib, pishiradigan yuzada istagan shakldagi quymoqni pishirishingiz mumkin.

Avokado uchun slayser

Avokado uchun slayser
Ushbu moslama yordamida nafaqat avokadoni kesish mumkin, balki uni danagidan tozalash ham oson. Yana unda maxsus po’st tozalagich ham bor. Umuman olganda bu shvetsariya pichog’iga o’xshaydi, shunchaki meva sevuvchilar uchun.

Qulupnay dumini tozalagich

Qulupnay dumini tozalagich
Ushbu kichik gadjet harakatlanadigan uchiga ega bo’lib, unda qulupnayning dumini olish juda oson. Ushbu moslama qulupnay sevuvchilar va ortiqcha puli borlar uchun.

Sabzi tozalagich

Sabzi tozalagich
Keyingi kichik gadjet sabzini tez va oson tozalash uchun ishlatiladi.

Burger uchun qiyma

Burger uchun qiyma
Ushbu moslama ajoyib gamburgerlar tayyorlashga yordam beradi. Qiymasi uchun esa istalgan mahsulotdan foydalanishingiz mumkin.

Chuchvara uchun kubik

Chuchvara uchun kubik
Kimdir uyda chuchvara tugishga erinsa, ushbu moslama bilan bu ish juda osonlashadi. Ushbu gadjet bir vaqtning o’zida to’rtta chuchvara yasay oladi.

Sarimsoq piyoz maydalagich

Sarimsoq piyoz maydalagich
Sarimsoq piyozni maydalash oshxonadagi eng yoqimsiz va asab buzadigan ish hisoblanadi. Ushbu gadjet esa sarimsoq piyozni maydalashni juda oson va tez ishga aylantiradi. Shunchaki piyozni plastik shar ichiga joylashtirib, sharni istalgan sirtda dumalatish kerak.

Sitrus sokini sepuvchi

Sitrus sokini sepuvchi
Bu oddiy, lekin qoyilmaqom asbob istalgan sitrusni qulay sok spreyiga yalantiradi. U salatlar uchun va xonaga hid berish uchun juda qo’l keladi.

Tuxumlarni tekshirish

Tuxumlarni tekshirish
Ushbu Egg Minder nomli yuqori texnologiya qurilmasi smartfon bilan sinxronizatsiya qiladi. Tugmani bitta bosish yo’li bilan muzlatgichda qancha tuxum qolganini, qaysi tuxumlar eng eskiligini bilib olasiz. Bu tuxumlar uchun facebook ga o’xshaydi.

One Click Stick Butter Cutter

One Click Stick Butter Cutter
Ushbu aqlli gadjet saryog’ni buterbrod va boshqa istalgan taom uchun silliq surib beradi. Saryog’ni kesish uchun shunchaki tugmani bossangiz bas.

Spagetti uchun sanchqi

Spagetti uchun sanchqi
Bunday gadjet turganda, spagettini sanchqiga o’rashga qiynalishga ne xojat. Ushbu sanchqi batareykada ishlaydi, shunchaki tugmani bossangiz bas, uni o’zi o’rashni boshlaydi.

Isituvchi pichoq

Isituvchi pichoq
Menimcha sovuq saryog’ni kesish qanchalik qiyinligini hamma bilsa kerak. Yordamga SpreadTHAT pichog’i keladi. U uni ushlagan odamning issiqligini pichoqdan o’tqazib, saryog’ni eritadi.

Chork

Chork
Chorkning bir tomonida cho’pchalar ikkinchi tomonida esa sanchqi bor. Ushbu universal gadjet yevropa va osiyo taomlari uchun juda qulay.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook