просмотров
Quyida oxirgi 60 yil davomida ishlab chiqarilgan g’ayrioddiy va ajablanarli avtomobillar bilan tanishingiz mumkin.
Fireberd III
Bu mashinaning namoyishi 1959 yilda bo’lib o’tgan. Bir ko’rishning o’zidayoq Fireberd III - mashina va reaktiv samolyotning uyg’unligini ekanligini bilish mumkin. Ushbu avtoning g’ayri oddiy kuzovi 2 ta alohida aviatsion kabinaga ega bo’lib, rul bilan emas huddi samolyotlardagidek djostik bilan boshqarilar edi.
Orqa g’ildiraklari qanotlar tagida ko’rinmay turardi. Avtomobilga 225 ot kuchi quvvatiga ega bo’lgan gaz-turbinali dvigatel o’rnatilgan.
Holden Hurricane
Ushbu avtomobil 1969 yilda “Bo’ron” nomi bilan namoyish etilgan edi. Unga minish quyidagicha amalga oshirilar edi: haydovchi va yo’lovchi salonga o’tirib olganlaridan keyin mashina tomi yopilar edi, shu payt esa o’rindiqlar gorizontal holatga keltirilar edi.
Holden Hurricane o’sha davrning eng oldi elektronikasi bilan jihozlangan: orqani ko’rish kamerasi, avtomatik iqlim-nazorat tizimi, uskunalar raqamli paneli, radio va navigator sozlagich va hokazo.
Cadillac Cyclone
1959 yilda Codillac kompaniyasi Ciclone modelini yaratdi. Unda hozirgi zamonda ommalashgan to’qnashuvning oldini olish tizimi mavjud edi. Ushbu avtoning oldi bamperlariga radiolokatsion tizim o’rnatilgan bo’lib, u haydovchini havfdan ogohlantirar edi.
Cadillac Ciclone shuningdek ochilib yopiladigan gumbazli tom hamda sharik-potshipniklarda sirg’anib orqaga ochiladigan eshiklar bilan jihozlangan edi.
Toyota fun-vii
Ushbu avtomobil XXII asr mashinasi deb ataladi. Toyota fun-vii kuzovi maxsus material bilan qoplangan bo’lib, avto yuzasiga turli xil videokontentlarni chiqarish xususiyatiga ega. Natijada mashina egasining xohishiga ko’ra rangini o’zgartirishi hamda turli rasm va ornamentlar uchun ham maydoncha sifatida xizmat qilishi mumkin.
Shaffof avtomobil
Bu 100% organik shishadan yasalgan mashina boshqa avtomobillar qatori o’z ishini to’liq bajara oladi. Buning misolida avtomobildagi havfsizlik tizimi qanday ishlayotganini bilish mumkin.
BMV Jina
Yangi konstruktsiya va kuzovning maxsus materialdan tayyorlanganligi sababli bu mashina tashqi ko’rinishni o’zgartira oladi. Kuzovning asosi alyumin karkasdan iborat bo’lib, elektr uzatmalar yordamida harakatga keladi.
Hydra Spyder
Bu mashina poyga kari hamda motor qoyiq gibridi hisoblanadi. Avtoning og’irligi 3300 kg bo’lib, 400 ot kuchi quvvatini beradigan 6 litrli V-8 dvigateli bilan jihozlangan. Hydra Spyder quruqlikda 201km/soat , suvda esa 85 km/ soat tezlikda yura oladi. Suvga tushish jarayonida haydovchi maxsus tugmachani bosishi lozim, shunda maxsus tizim yordamida g’ildiraklar olinib, mashina qayiqqa aylanadi qoladi.
Kiravan
Ushbu yuk tashish mashinasi yaxshigina uy vazifasini ham bajaradi. Mashina hajmi 772 litrli yo’qilg’i baklari bilan jihozlangan bo’lib, ular kabinadan boshqariladi. Kiravan ga quyosh batareyalari bloke, akkumulyator hamda quvvati 25 kBt quvvatga ega dizel generatori o’rnatilgan. Bu moslama elektr ehtiyoji bilan ta’minlaydi.
Mercedens Bens F-Cell Roadster
Bu mashina Mercedes kompaniyasining 1886 yilda ishlab chiqargan ilk avtomobilining zamonaviy nusxasidir. Bunda retro-dizayn XXI asrning yetakchi texnologiyalari bilan uyg’unlashgan bo’lsada, maksimal tezlik bor yo’gi 25 km/soat ni tashkil etadi.
Rolls-Royce 103EX
Ishlab chiqaruvchilar bu modelni kelajak mashinasi sifatida namoyish etdilar. Mashinaning kuzovi noodatiy shaklda bo’lib, saloni esa barcha Rolls-Royse kabi hashamat bilan bezatilgan. Mashina avtopilot rejimida harakatlanganligi sababli ruli va pedali yo’q.
BMW Vision Next 100
Ushbu mashina sun’iy intellekt bilan ta’minlangan bo’lib, yo’ldagi havfdan ogoh qilib turadi. Shuningdek avtomobil avtopilot rejimida harakatlana oladi.
Сообщения из Facebook