просмотров
Qiziqishlarini kuzating
Bola vaqtining koʻp qismini nima bilan oʻtkazayotganiga eʼtibor bering. Chizish, konstruktor, hayvonlar yoki hikoya toʻqish boʻlishi mumkin. Aynan shu qiziqishlar kelajakdagi kasbning birinchi izlari boʻladi.
Turli kasblar bilan tanishtiring
Bola faqat oʻzi bilgan kasblarni tanlaydi, shuning uchun uning dunyosini kengaytiring. Qarindoshlar, qoʻshnilar va tanishlar bilan suhbat uyushtiring. Oddiy ish kuni qanday oʻtishini soʻrab bilish ham juda foydali.
Kichik tajribalar qilib koʻring
Dars va toʻgaraklar orqali turli yoʻnalishlarni sinab koʻrish imkonini bering. Dasturlash, rasm, sport yoki til kursining bitta darsi ham koʻp narsani ayta oladi. Muvaffaqiyatsiz urinish ham foydali tajribadir.
Bosim oʻtkazmang va taqqoslamang
Qoʻshnining oʻgʻli shifokor boʻldi deb, farzandingizni ham shu yoʻlga undamang. Har bir bolaning qobiliyati va feʼli boshqacha. Bosim ostida tanlangan kasb koʻpincha umr boʻyi zerikarli majburiyatga aylanadi.
Zamonaviy kasblar haqida gaplashing
Bugun dasturchi, dizayner, maʼlumotlar tahlilchisi kabi kasblar katta ahamiyat kasb etmoqda. Sunʼiy intellekt ham ayrim ishlarni oʻzgartiryapti. Bolaga bir kasbga emas, oʻrganishga va moslashishga tayyor boʻlishni oʻrgating.
Fanlarni kasb bilan bogʻlang
Bola matematika nimaga kerakligini bilmasa, unga qiziqmaydi. Masalan, hisob-kitob quruvchi, dasturchi va iqtisodchiga qanday kerakligini tushuntiring. Maqsadni koʻrgan bola oʻqishga ham boshqacha qaraydi.
Qaror bolaga tegishli ekanini unutmang
Siz yoʻl koʻrsatuvchisiz, qaror qiluvchi emas. Fikrini diqqat bilan tinglang va tanlovini hurmat qiling. Kasbini oʻzi tanlagan bola unga masʼuliyat bilan yondashadi.
Сообщения из Facebook