просмотров
Odatda, sog'lom kichkintoylar etti oyligida mustaqil o'tirishni o'rganib, so'ng emaklashni boshlaydi. Emaklash bola organizmi uchun foydali va kerakli jarayon hisoblanadi. Biroq, ayrim bolalar emaklashga qiynalib, bir yo'la yurib ketishadi.
Bola emaklamasligining asosiy sabablaridan biri raxit kasalligi bo'lishi mumkin. Mushaklar sustligi bolaning emaklay olmasligiga olib keladi.
Ko'pincha bolalar maydonchasi (manej) dan chiqmagan, qo'lda ko'tarib yurishga o'ranib qolgan yoki chaqaloqligida maxkam yo'rgaklangan bolalarning emaklashi ham qiyin bo'ladi.
Semizroq, yo'g'on suyakli kichkintoylar emaklashga erinishadi, ammo ularning qo'llaridan ushlab, sekin - astalik bilan o'rgatishongiz mumkin.
Ba'zi bolalar emaklash nimaligini tushunmay, dangasalik qilishadi. Bu vaziyatda farzandingiz bilan yoshi teng yoki undan ikki uch oylik katta bolali dugonangiz bo'lsa, ularni mehmonga chaqiring. Dangasa bolakay o'zi kabi do'stining harakatchangligini ko'rib, unga ergashadi.
Bolaga harakatlanish uchun kengroq joy hozirlang. Ortiqcha narsa - buyumlarni olib qo'ying.
Kichkintoylar polni yalab ko'rishi, dahlizdagi oyoq kiyimlarni qiziqib ushlab ko'rinishi mumkinligini hisobga olind-da, uyni doim ozoda tuting.
Shuningdek, bola emaklashini boshlaganda xojatxona va vannaxonalarning eshigi doim yopiq turishiga ahamiyat bering. Birinchidan, bolaning u xonalarga emaklab kirishi gigienaga to'g'ri kelmaydi, ikkinchidan, u yerdagi kimyoviy vositalarni qiziqib, og'ziga solishi havfi bor.
Agarda polingiz sirgaluvchan laminat yoki parket bilan qoplangan bo'lsa, bola emaklaganda sirpanib yiqilmasligi uchun polga gilamlar to'shab qo'ying.
Emaklashini boshlagan bolaga, tizzalariga qalin matodan tikilgan kiyimchalar yoki bo'lmasa tizzaga kiyiladigan maxsus tizzaband harid qilib, kiygizing. Shunda bolaning nozik tizzalari lat emaydi.
Сообщения из Facebook