Dunyodagi eng yaxshi aeroportning yangi terminali
Dunyodagi eng yaxshi aeroportning yangi terminali
Besh yildan beri Singapurning Changi aeroporti dunyodagi eng yaxshi aeroport nomini olmoqda. Sababi oddiy: bu yerda hamma narsa passajirlarning qulay sharoiti uchun qilingan, xattoki, kapalaklar bog’i va spa markazi ham bor. Endi esa, eng yaxshi aeroportda yangi terminal ochildi.
Yangi terminal 4 maydoni 225 000 kvadrat metr, balandligi esa 25 metr. Petaclouds kinetik shift skulpturasi aylanadi. Ko’rinishi ajoyib. Bunday skulpturalardan terminalda 6 ta bor.
Terminalning asosiy dizayni orxideya guli, Singapurning milliy guli, asosida qurilgan: orxideya yaproqlari hamma joyda – gilamdan tortib shiftgacha. Changining boshqa terminallaridagi kabi, yashillikka urg’u berilgan: bu yerda 186 katta daraxt va yashil devorlar o’sadi. Aeroportda milliy madaniyat peranakanning zamonaviy ko’rinishiga katta e’tibor qaratiladi.
Aeroportning eng qiziq tomoni uning texnologiyaga qilgan urg’usida. Fantastikaga o’xshaydi, lekin bu yerda hamma narsa avtomatlashtirilgan, shu sababdan bu yerda umuman navbat bo’lmasligi kerak. Passajirlar avtomatlarni o’zlari registratsiya qilishlari uchun ishlatishlari mumkin. Avval ular avtomatik kioskada ro’yxatdan o’tadilar va uchish taloni va yuk markasini oladilar.
Keyin ular yuk topshirish nuqtasiga boradi, bu yerda esa yuzni tanish texnologiyasi ishlatiladi, bu haqiqatdan ham shu passajirligini aniqlash uchun. Oxirgi qadam – migratsiya boshqaruvining avtomatikasi. Lekin agar siz avtomatik rejimdan foydalanishni xohlasangiz, kelishingiz bilan ro’yxatdan o’tib, barmoq izlaringizni topshirishingiz kerak.
Texnologiya har qadamda: xatto farroshlar ham avtomatlashtirilgan. Oldin zaxira sifatida ishlatilgan terminalning ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari uch yil davom etdi. Bu yerda 16 million kishi va 9 ta aviakompaniya ishlashi rejalashtirilmoqda. Changi aeroporti – dunyodagi eroportlarning to’lib ketganlari orasidan oltinchisi. 2016 yilda u dunyo bo’yicha rekordli 58.7 million passajirga xizmat ko’rsatgan. Bundan ham ko’proq kutilgan terminal 5 ni 2020 yilda ochish rejalashtirilgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook