Foydali maslahatlar: Qora nuqtalarga qarshi 4 ta SUPER NIQOB
Foydali maslahatlar: Qora nuqtalarga qarshi 4 ta SUPER NIQOB
QORA NUQTALARGA QARSHI 4 TA SUPER NIQOB

1. Suli yormasi + soda + borat kislotasi + qatiq.

1. Suli yormasi + soda + borat kislotasi + qatiq.
1 osh qoshiq suli yormasini maydalab, ustiga pichoq uchida soda qo’shiladi. Borat kislotasidan 2-3 tomchi qo’shib, so’ng qatiq bilan aralashtiriladi. Tayyorlanayotgan niqob smetana ko’rishida bo’lishi lozim. Yuzning qaysi qismida qora nuqtalar bolsa, niqobni o’sha yerga surtib, 15 daqiqadan so’ng yuviladi.

2. Xamirturushli niqob.

2. Xamirturushli niqob.
Bir pachka xamirturushga 3 % li vodorod peroksidini aralashtirib, bo’tqasimon massa hosil qilinadi. Tayyor niqobni yuzga aylanma harakatlar bilan surtib chiqiladi va 10 daqiqaga qoldiriladi. Niqobni iliq suvda yuvgach, muz bo’lakchalari bilan yuz artiladi. So’ng, paxmoq sochiqqa teridagi namlikni singdirib, namlantiruvchi va oziqlantiruvchi krem surtiladi.

3. Tuxum oqi + limon + aloe.

3. Tuxum oqi + limon + aloe.
Bitta tuxum oqiga bir choy qoshiqdan limon hamda aloe sharbati qoshiladi. Aralashtirib, yuzning muammoli qismiga (yuzning hamma yeriga surtish tavsiya etilmaydi!) surtib chiqiladi. 15 daqiqadan so’ng, yuz iliq suvda yuviladi.

4. Bodyaga o’simligi + 3 % li vodorod peroksidi

4. Bodyaga o’simligi + 3 % li vodorod peroksidi
Bu niqob yuz terisida toshmalari hamda bezovtaligi bo’lmaganlarga tavsiya etiladi. Quritilgan bodyaga o’simligini talqon qilib, vodorod peroksidi bilan aralashtiriladi. Bo’tqasimon massa hosil bolishi lozim. Niqobni yuzga surtib, 10 daqiqaga qoldiriladi. Yuzni iliq suvda yuvib bo`lgach, albatta, krem surtishni unutmang.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook