Ideal qaxva tayyorlaymiz: 10 ta qimmatbaho maslahatlar
Ideal qaxva tayyorlaymiz: 10 ta qimmatbaho maslahatlar
Erta tongni bir finjon qattiq va hushbo'y qaxvasiz tasavvur etish qiyin. Biz siz uchun tetiklantiruvchi ichimlikni yanada mazaliroq qilish imkonini beradigan 10 ta layfxaklar tayyorlab qo'ydik.

1. Suv

Qaxva tayyorlash uchun qaynatilgan yoki krandagi suv to'g'ri kelmaydi. Filtrlangan suvni yoki butillashtirilgan suvni olish mumkin. Avval uni sovuting. Shunda u sekin asta isib, o'ziga qaxva donlarining ta'mini ko'proq singdirib oladi.

2. Qaxva

Qaxvaning damlanishidan bir oz avval maydalangan donlari bu ichimlikning muattar isi va ta'mini ochib beradi. Maudalangan qaxvaning ochiq qolgan bog'lami bir hafta ichida o'z isini yo'qotadi. Ishlab chiqaruvchi mamlakatga bog'liq holda qaxva turli xil is va ta'm alomatlariga ega bo'ladi. Qaxva donlari qanchalar ko'proq qovurilgan bo'lsa, undan tayyorlangan ichimlik shunchalik achchiq va o'tkir bo'ladi. Bir nechta nav va qovurilish variantlarini tanlab olish va o'z aralashmangizni tayyorlab olishingiz mumkin. Asosiysi siz tanlagan qaxva sifatli bo'lishiga e'tibor bering. Agar siz bir vaqtning o'zida juda ham ko'p qaxva donlari xarid qilib olgan bo'lsangiz, ularni qismlarga ajrating. Har bir qismda siz bir hafta ichida ichadigan qaxva miqdori bo'lishi kerak. Bir qismini oshxonada keramik yoki shaffof bo'lmagan shisha bankada qopqog'ini zich qilib yopgan holda saqlang. Qolgan qismlarni shaffof bo'lmagan paketlarga solib, og'zini zich qilib yopib, muzlatkichning muzxonasida saqlang. Muzxonadagi qaxvaning qismini ishlatishdan avval olib qo'ying. U xona haroratigacha ilishi kerak. Donlarni muzlatish ikki oy davomida ularning muattar isi va ta'mini saqlab qolish imkonini beradi. Lekin muzlatkichda qaxva donlari saqlanmagani ma'qul. Ular nam tortib qolish va boshqa begona hidlarni o'ziga singdirib olishi mumkin.

3. Yanchish

Agar siz qaxvani turkada tayyorlasangiz, u holda sizga juda ham mayda yanchilgan (deyarli un kabi) qaxva to'g'ri keladi. Bir oz yirikrog'ini espressoni kofemashinada tayyorlash uchun foydalanish mumkin. O'rta holda yanchilgan qaxvani geyzerli kofemashinada qo'llarida uchun yaxshi to'g'ri keladi. Yirik holda yanchilgan qaxvani french-presslarda qo'llash uchun tayyorlashadi.
Agarda bir turdagi tayyorlash usuli uchun turli xil yanchilgan qaxvani ishlatsa, ichimlikning ta'mi va muattar isi bir biridan farqli bo'ladi. Eksperiment qilib ko'ring va sizga eng ko'p to'g'ri keladigan usulni tanlab oling. Ehtimol, bu bir necha variantlat bo'lishi mumkin - kayfiyatga mos.

4. Turka

Turka - bu qaxva pishirish uchun ideal idish. Mis, po'lat, keramik turkalar mavjud. Ular hajmi bo'yicha bitta yoki bir necha finfon uchun mo'ljallangan, bitta yoki ikkita burunchali bo'ladilar. Silindrik, devorlari tekkis turkalar mavjud. Hamda konussimonlari bor. Konussimonlarni ishlatish qulayroq. Keng bo'lgan pastki qismi ichimlikka tezroq isish imkonini beradi, tor tepa qismi esa, qaxva isini saqlab qolishga yordam beradi. Turkani tanlayotgan vaqtingizda, sizga kerakli bo'lgan hajmli turkadan ko'ra sal kattarog'ini tanlang. Shunda qaxva ko'pigi gaz plitangizga oqib tushib ketmaydi va uni kir qilmaydi.

5. Tuz

Tuz ichimligingizga ochilishida yordam beradi, uning ta'mini va isini kuchaytiradi. Turkaga atigi bir nechta juda yirik tuz kristallari kerak bo'ladi.

6. Zanjabil

Qaxvaga maydalangan zanjabil juda yaxshi to'g'ri keladi. Uni yangi yanchilgan donlarga, turkaga suv quyishdan avval qo'shish kerak bo'ladi.

7. Boshqa ziravorlar

Zanjabildan tashqari qaxva pishirayotganda unga dolchin, anis, qalampir, kardamonlarni qo'shish mumkin. Ichimlikka limon bo'lagi yoki apelsin sedrasi juda qiziq ta'm beradi. Barcha ziravorlarni idishga pishirishdan avval va suv solishdan oldin qo'shiladi. Limon yoki sedrani finjonning o'ziga, qaxva tayyorlab bo'lgandan keyin qo'shiladi.

8. Jigar rang shakar

Shakar qaxvaning o'tkirligini bir oz kamaytiradi. Shakarni pishirish jarayonida qo'shish lozim. Eng yaxshisi bu tozalanmaga qamish shakari bo'lsa a'lo natija beradi. Miqdorini o'zingiz tabingizga mos ravishda aniqlab soling.

9. Tayyorlanishi

100 ml suvga taxminan 8 gr qaxva kerak bo'ladi. Qaxva donlarini maydalang. Kukunni turkaga soling. Agarda tuz, ziravorlar qo'shmoqchi bo'lsangiz, buni xozir qiling. Turkaning torayish joyigacha toza sovuq suvni quying. Past olovga qo'ying. Shoshilmang. Qaynatish jarayoni qanchalar sekin va sokinlikda o'tsa, ichimlik ham shu bo'yicha to'yingan bo'lib chiqadi. Qaxva ko'tariladigan onlarni kuting va turkani olovdan oling. Uni taxminan 30 soniyaga olib qo'ying, so'ng olovga qaytadan qo'ying. Suyuqlik uch marotaba ko'tarilishi kerak. Diqqat berib turing, qaxva qaynab ketmasin. Turkani ko'pik ko'tarilayotgan onda olovdan olish juda muhim. Agar u toshib ketib, yo'q bo'lib qolsa, muattar isining ko'p qismi ham yo'qoladi. Shuning uchun oshxonadan xech qayerga ketmang, hamda xech nimaga chalg'mang.

10. Jarayonni yakunlaymiz

Qaxvani olovdan uchinchi marotaba olgandan so'ng, uni bir daqiqa davomida dam olishiga qoldiring. Agar ichimlikni, quyuqa pastga cho'kishini va finjondagi suyuqlik tiniqroq bo'lishi uchun, aralashtirib olmoqchi bo'lsangiz, buni xozir qiling. Yangi tayyorlangan qaxvaga natijadan bahramand bo'lish va bir oz orom olish uchun ideal ravishda 10 daqiqa bo'sh vaqt to'g'ri keladi.
Agar sizda ideal qaxva tayyorlash sirlari bor bo'lsa, ular bilan kommentlarda o'rtoqlashing.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook