Odam evolyutsiyasidagi keyingi 10 ta ro’y berishi mumkin bo’lgan bosqich
Odam evolyutsiyasidagi keyingi 10 ta ro’y berishi mumkin bo’lgan bosqich
Insoniyat rivojlanish va o’zgarishni hech qachon to’xtatmaydi. Albatta, bir insonning umri davomida biror bir o’zgarishni kuzatish amri mahol, ammo homo sapiens keyinchalik qanday rivojlanishini ozgina bo’lsada bashorat qilish mumkin. Xo’sh, keying 200 ming yil ichida odamzotdan nimani kutish mumkin – shu shart bilanki, sivilizatsiya hozir harakatlanayotgan yo’lni davom ettirsa.

1. Monoetniklik

1. Monoetniklik

Multimadaniyatlilik – zamonaviy jamiyatning mazmuni.Shu uchun ajablanarli emaski, odamlar bir etnik guruhga evolyutsiyalanadi, agar madaniyatlar aralashishi davom etsa: ya’ni ular sekinlik bilan o’z etnik guruhining farqli tomonlarini yo’qota boshlaydi,va “irq” degan so’z shunchaki eskiradi va yo’qolib qoladi.

2. Immun tizimining kuchsizlanishi

2. Immun tizimining kuchsizlanishi

Odamlar ko’proq va ko’proq dori-darmonlarga bog’lanib qolishlari sababdan,biz inson immune tizimi kuchsizlanishini kuzatishimiz mumkin. Boshqa so’z bilan aytganda,agar tirik qolish uchun tashqaridan kirib kelgan yordam qutqarsa, ichkaridagi funksiyalar eskirishni boshlaydi. Agar barcha patogen mirkoorganizmlar dorilar yordamidayo’q qilinsa, organizmimizga kuchli immun tizimi nega kerak?

3. Mushaklar atrofiyasi

3. Mushaklar atrofiyasi

Insoniyat irqining fizik jihatdan sekinlik bilan kuchsizlanishining ikkita oldindan aytib bo’ladigan sababi mavjud. Birinchidan, bizning texnologiyaga bo’lgan qaramligimizning o’sib borishi.Har bir avlod qanchalikkam fizik harakatlansa, butun turning shunchalik ko’p kuchsizlanish ehtimolibo’ladi. Mushaklar atrofiyasining ikkinchi sababi – ancha fantastikroq, lekin uagar biz biron vaqt kosmosga ko’chib borsak amal qiladi, chunki u yerda harkunlik faoliyat uchun fizik harakatlanishning keragi ancha kamroq. 

4. Bo’yning o’sishi

4. Bo’yning o’sishi

Odamzotning bo’yi tezlik bilan kattalashmoqda:oxirgi 150-200 yil ichida biz 10sm ga o’sdik. Bunday o’sishning sababiovqatlanishning yaxshilanishi bo’lsa kerak. Bizdagi ovqat miqdoribitmas-tugalmas bo’laversa, biz balandga intilaveramiz. Osmon bizning chegaramizbo’ladimi yoki biz daraxt shoxlarida to’xtab qolamizmi, buni vaqt… vaevolyutsiya ko’rsatadi.

 

5. Sochlarning to’kilishi

5. Sochlarning to’kilishi

Odamlar allaqachon o’z badanlaridagi soch qobiqlarining bir qismini yo’qotishgan, va balki keyinchalik ham yo’qotaverishadi. Ayollarga,erkaklardan ko’ra bu fikr ko’proq xush kelsa kerak, ammo aytishlaricha,kallik- bu juda jozibali.

6. Miyaning qayta tuzilishi

6. Miyaning qayta tuzilishi

Texnologiyalar allaqachon bizning xotiramiz faoliyatiga ta’sir qilib bo’lgan. Odam miyasi, mashina bo’lib turib, odatda ma’lumotning o’zini emas, uning qayerda joylashishini eslab qoladi. Kitobni qayerga qo’yganingizni eslab qolish, uning ichki mazmunini eslab qolishdan osonroq. Internet davrida bu ayniqsa ma’lumdir. Necha martalab siz bir narsani eslab qolishga harakat qilgansiz,va buning o’rniga shunchaki javobni qidirgansiz? Google va Wikipedia hammasini biladi! Texnologiyalar takomillashishi natijasida bizning miyamiz barchasiga moslashaveradi– balkim, xotiramizga zarar tegadi ham.

7. Ancha kichik tishlar

7. Ancha kichik tishlar

Eng oydin o’zgarishlardan biri aql tishlarining yo’qolishi bo’lsa kerak, chunki ularning deyarli keragi yo’q, va ba’zi etnik guruhlarda esa ular allaqachon yo’qolgan. Bundan tashqari,biz xuddi shu kabi, tishlarimiz kichrayishini kutishimiz mumkin. Oxirgi 100 yil ichida ular ikki martaga kichraydi. Shu uchun ushbu tendensiya kelajakda ham saqlanib qoladi.

8. Oyoqdagi barmoqlarning kichrayishi

8. Oyoqdagi barmoqlarning kichrayishi

Qadimgi odamlaroyoq barmoqlarini tirik qolish uchun ishlatganlar. Biz daraxtlarga tirmashmasligimiz,balki yurishimiz sababli, bizning barmoqlarimiz sekinlik bilan hozirgihajmgacha kichraygan – hozir biz ular bilan hatto kichik daraxt shoxini ushlabqolishimiz amri mahol. Bundan tashqari, asta-sekin evolyutsiya bizni kichikbarmoqdan butunlay ozod qilmoqda, chunki odamlar ularsiz ham yashay olishadi –yurish va muvozanatni saqlash uchun katta barmoqlarning mavjudligi yetarli. 

9. Bosh suyagi hajmining kattalashishi / kichrayishi

9. Bosh suyagi hajmining kattalashishi / kichrayishi

Bosh suyagihaqida ikkita nazariya mavjud. “Kichik bosh suyagi” lageri ta’kidlashicha,odamzotga katta bosh unchalik kerak emas, chunki u biz tug’ilishimiz vaqtidaunchalik kichik emas, va katta boshli chaqaloqlarda esa tug’ilish paytida xavfdarajasi balandroq, shuning uchun bosh hajmi o’zgarishsiz qoladi yoki vaqto’tib kichrayadi ham.

10. O'z-o'zini takomillashtirish

10. O'z-o'zini takomillashtirish

Odamlaroxir-oqibatda shunday nuqtaga yetishi mumkinki, ular evolyutsiya bilantexnologiyalar orqali boshqarishadi. Masalan, bionik organlar yordamidao’z-o’zini takomillashtirish yoki genlar seleksiyasi orqali, qachonkiota-onalar o’z farzandlarining xislatlarini uning tug’ilishidan oldin tanlasa.Agar bunga ruxsat berilsa, genlarni tashlash, barcha nuqsonlar va noxohishiy belgilarolib tashlangan“dizaynerlik bolalar” tug’ilishining ko’payishiga olib keladi.Ya’ni, bu mukammal odamlar yaratilishiga olib kelishi mumkin.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook