Issiq obi-havo sharoiti, chang va havodagi zaharli kimyoviy moddalar, tanadagi gormonal me'yorning buzilishi, bakteriya va havfli zamburug'lar bosh va sochning yog'lanishiga olib keladi.
Garchi, bizni noqulay ahvolga solsa, yoki sochimizning jozibasini o'g'irlab qo'ysa ham, sochning yog'lanishiga qarshi kurashish u qadar qiyin emas. Quyida uy sharoitida, tabiiy usullarda sochni bu muammodan xalos etish amallari bilan sizni tanishtiramiz.
1. Pomidor sharbati
Pomidor suvida terini tozalash va to'yintirish xususiyatiga ega pH moddasi mavjud. Bu sharbatni bosh va sochga yaxshilab surib, bir necha daqiqa uqalab, 20-30 daqiqa qoldirgan, keyin juda o'tkir bo'lmagan shampun bilan yuvgan ma'qul. Mazkur muolajani haftada 2 marta amalga oshiring.
2. Oziq-ovqat sodasi
Oziq-ovqat sodasi sochdagi nohush hidga qarshi kurashib, yog'lilik miqdorini keskon kamaytiradi. Har uch choy qoshiq suvga bir choy qoshiq oziq-ovqat sodasini solib aralashtiring. Tayyor pastani suvda chayilgan sochga surting. So'ngra 5 daqiqa davomida dam berib, suvda chaying. Bu muolajani haftada 1 marotaba qo'llagan maqsadga muvofiq.
3. Olma sirkasi
Olma sirkasi soch uchun zarur bo'lgan pH vitamin bilan ta'minlab, yanada jilodor va yorqin bo'lishiga xizmat qiladi. Olma sirkasi bosh terisini tozalab, hid chiqaruvchi barcha elementlarni tozalaydi. Bir choy qoshiq suvga ikki choy qoshiq miqdorida olma sirkasi qo'shib, tayyor suyuqlik bilan bosh va sochni chaying. Bir necha daqiqadan keyin boshni yuving. Huddi shu suyuqlikka atirgul, lavanda, yoki boshqa o'simlik moylarini qo'shib, tayyor bo'lgan suyuqlikni sochga purkash va bir necha daqiqadan so'ng yuvib tashlash ham sochdagi yog'lilik darajasini kamaytiradi.
4. Limon sharbati
Limon sharbati ham teri, ham soch uchun benihoya foydali xususiyatlarga boy. U sochni nafaqat qazg'oqdan tozalaydi, balki sochni silliq va nafis ko'rinishga keltirib, unga hushbo'ylik ham bag'ishlaydi. Limon sharbati bosh terisidagi infeksiyalarga ham qarshi foydali vosita. Ikki dona limonni bir stakan suvga aralashtirib, shampun bilan yuvilgan sochni mazkur sharbat bilan chaying. Bir necha daqiqalardan keyin sochni yuving. Bu foydali muolajani haftada bir yoki ikki marotaba qilsangiz bo'ladi. Agar boshingizda zamburug'li infeksiyalar bo'lsa, bir dona limon sharbatini bir piyola qatiqqa aralashtirib, boshga suring va 30 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Limon sharbatini turli o'simlik moylari bilan ham aralashtirib, tungi uyqudan avval bosh va sochga surib, tongda yuvib tashlash ham foydali. Bu muolajani haftada 2-3 marotaba amalga oshiring.
5. Asal va dolchinli malham
Asal va dolchinda bakteriya va bosh terisidagi zamburug'larga qarshi kurashuvchi vitaminlar bor. 2 choy qoshiq qaynatilgan suvga 1 choy qoshiq dilchinni aralashtiring, 30 daqiqa dam bering. So'ng aralashmaga 1 choy qoshiq asal qo'shing. Tayyor malhamni boshga surib, 45 daqiqaga qoldiring. Avvaliga suv va 10 daqiqadan keyin shampun bilan yuvib tashlang.
6. Zaytun moyi
Sochni yuvishdan avval zaytun moyi bilan soch va boshni uqalash sochni yorqinlashtirib, undagi hidning oldini oladi.
7. Piyoz sharbati
Piyoz sharbati tarkibida ham infeksiyalarga qarshi faol kurashuvchi vositalar mavjud. Piyoz sharbatini bosh va sochga surib, 30 daqiqadan so'ng shampun bilan chayib tashlang.
8. Aroq yordamida muolaja
Aroq yordamida sochdagi hidlardan qutulish va sochni tezroq o'sishiga erishish mumkin. Bir choy qoshiq aroqni yarim litr suvga qo'shib, yuvilgan sochga seping. Uni yuvib tashlash shart emas. Haftada bir marotaba ushbu muolajadan foydalanish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, yog'li sochlardan xalos bo'lish uchun muntazam sochni yuvish, yostiq va sochiqni tez-tez almashtirish, sog'lom ovqatlanish, ko'proq suv ichish, salisil organik va sulfat kislotalarga boy bo'lgan shampunlardan foydalanish, piyoz va sarimsoqpiyoz kabi o'tkir hidli maxsulotlar iste'molini kamaytirish, sochni yuvgach yaxshilab quritish, sochni hadeb tarayvermaslik tavsiya etiladi.
Сообщения из Facebook