Aqlli odamlar hech qachon qilmaydigan 9 ta ish
Aqlli odamlar hech qachon qilmaydigan 9 ta ish
Bizni har qanday vaziyatda osoyishtalik, xotirjamlik va o'zini tuta biladigan odamlar qoyil qoldiradi. Biz buni donolik deb ataymiz va bir kun kelib shunday bo'lishimizga umid qilamiz. Shunday ekanki, ko'p narsa bizni xursand bo'lishimizga va oldinga siljishimizga xalaqit beradigan muayyan xatti-harakatlar odatlaridan qochish qobiliyatiga bog'liq.

1. Ular o’zining kayfiyatini buzishga imkon bermaydi

Agar sizning qadr-qimmatingiz va kayfiyatingiz yon atrofingizdagilarga bog'liq bo'lsa, bu sizning baxtingiz sizga tegishli emasligini anglatadi. Aqlli odamlar o'zlarining yutuqlaridan xursand bo'lishganda, ular boshqalarning fikri va xizmatlarini ushbu quvonchga soya solishiga yo'l qo'ymaydilar.

Boshqalar nima deb o'ylashi yoki nima qilishidan qat’iy nazar, bu sizning o'zingiz haqidagi fikringizga ta'sir qilmasligi kerak. Sizni atrofingizdagi har qanday nuqtai nazarga qaramang, u doimo subyektivdir va narsalarning asl holatini aks ettirmaydi.

2. Ular unutmaydilar

Hissiy savodli odamlar haqoratlarni osongina kechiradilar, ammo bu ularni unutishlarini anglatmaydi. Kechirim - bu noxush vaziyatdan chiqib, yo’lingizni davom etishni anglatadi. Ammo bu haqoratchiga ikkinchi imkoniyat berilishini anglatmaydi.

Aqlli odamlar boshqa odamlarning xatolarining oqibatlariga tushib qolishni istamaydilar, shuning uchun ular avval kechiradilar va keyin kelajakda shunga o'xshash vaziyatlardan o'zlarini himoya qilish uchun keng choralar ko'radilar.

3. Ular pichoq ko’tarib tankga bormaydilar

Aqlli odamlar o'ziga g'amxo'rlik qilish qanchalik muhimligini bilishadi, chunki ertaga yangi kun va yangi kurash bo'ladi. Ziddiyatli vaziyatda, biz ko'pincha hissiyotlarimizni yo'qotib, mag'lubiyatga uchrashimiz aniq bo'lgan kurashga shoshilamiz.O'z his-tuyg'ularini tushunadigan va ularni boshqarishni biladigan har bir kishi, qaysi janglarda ishtirok etish kerakligini va qachon o’z nuqtai nazaridan qaytmaslikni bilishadi.

4. Ular mukammal bo’lishga intilmaydilar

Hissiy jihatdan yetuk odamlar erishib bo'lmaydigan mukammallikka ustuvor ahamiyat bermaydilar,chunki ular u mavjud emasligini biladilar. Mutlaq mukammallikka intilib, siz doimo umidsizlikni boshdan kechirasiz. Natijada, o'zingiz xohlagan narsaga erisha olmaganingiz uchun o'zingizni qiynaysiz va noto'g'ri qilgan narsalaringiz haqida fikr yuritasiz. Aqlli odamlar buning o'rniga erishgan yutuqlaridan xursand bo'lishadi.

5. Ular o'tmishda yashamaydilar

Ma’lumki,muvaffaqiyatsizlik xavf-xatarning va qiyin bo'lgan narsaga erishishga intilishning natijasidir. Aqlli odamlar muvaffaqiyat yutqazishni bilish vaoldinga intilish qobiliylariga bog'liqligini bilishadi. Ammo eski xatolarga osilishni davom etsangiz, bu mumkin emas. O'tmishda yashasangiz, u sizning hozirgi kuningizga aylanadi va sizni kelajakdan mahrum qiladi.

6. Ular muammolarga ahamiyat bermaydilar

Sizning hissiy holatingiz to'g'ridan-to'g'ri fikrlashingizga bog'liq. Hozirgi muammolaringizga haddan tashqri e'tibor qaratsangiz, siz yomon hissiyotlga berilib, stressli holatga tushib qolasiz. Aqlli va hissiy jihatdan savodli odamlar muammolar haqida emas, balki ularni qanday hal qilish haqida o'ylash kerakligini bilishadi.

7. Ular noliydigan odamlar bilan aloqa qilmaydilar

Nolishni va shikoyat qilishni yaxshi ko'radiganlar o'z muammolaridan cheksiz rohatlanadilar. Ular o’zini yaxshi his qilishlari uchun ularga achinadigan rahmdil tinglovchilar kerak. Ulardan uzoqroq bo'lish yaxshiroqdir, aks holda ular sizni o'zlarining salbiy fikrlariga g'arq qiladilar.

Nolish oqimini to'xtatishning yaxshi usuli bunday odamlardan o'z muammolarini qanday hal qilishmoqchiligini so'rashdir. Noluvchi yoki jim bo'lib qoladi, chunki ularni hech qanday tarzda hal qilmoqchi emas, yoki oxir-oqibat konstruktiv mulohaza qilishga harakat qiladi.

8. Yomon hislarni ushlab turmaydilar

G'azablanganimizda paydo bo'ladigan salbiy his-tuyg'ular stressga bo'lgan munosabatimizdir. Agar muqarrar tahdid bizga yaqinlashib kelayotgan bo’lsa, bunday xatti-harakatlar omon qolish uchun zarurdir. Ammo hamma narsa orqada qolganida, yashirin xafalik bizga faqat zarar keltiradi. Vaqt o'tishi bilan bu sog'liqqa ham ta'sir ko’rsatishi mumkin.Yomonlikni saqlash doimiy stress holatida bo'lish demakdir va aqlli odamlar unday vaziyatdan qochishga harakat qilishadi.

9. Ular bajarishni xohlamagan ishlariga rozilik bermaydilar

Ko'pchiligimiz uchun "yo'q" so'zini aytish juda qiyin. Lekin, bu qorqmasdan foydalanishimiz kerak bo'lgan juda kuchli vositadir. Yangi majburiyatlarni o'z zimmangizga olishdan bosh tortgan holda, siz o'zingizga amaldagi majburiyatlarni bajarish imkoniyatini berasiz.

 Albatta,ushbu ro'yxat to'liq emas. Ammo, agar siz hech bo'lmaganda ushbu xatti-harakatlarni qilmaslikni o'rgansangiz, o'zingiz uchun juda katta xizmat qilgan bo’lasiz.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook