просмотров
10. Karnali avtomagistrali, Nepal
Nepalda 250 km Karnali avtomagistrali har yili50 kishining hayotiga zomin bo'ladi. Buyo'l jarlik bilan chegaralangan juda tor yerdir. Avtomobil u yoqda tursin, bu yo’l mototsikldaham torlik qiladi. Yilning ko'pgina vaqtida magistral yo'lda yengilavtomobillar qatnovi taqiqlanadi.
Karnali trassasidagi ko'plab o'limlar magistral yo'ldato'siqlar yo'qligi, ko'chkilar, toshqinlar bilan bog'liq.
Xavf va qurbonlar sonining ko'pligiga qaramay, harkuni bu erda yuzlab mashinalar qatnaydi. Magistral yo'l o'nlab qishloqlarni bir-biri bilan bog’lab turadi,shuning uchun ham bu joy ko’pgina aholi yashaydigan yerlarga yetib olishningyagona yo’li hisoblanadi.
9. Shoppers Kenyon road, Yangi Zelandiya
Britaniyaninghaydovchilar uyushmasi Skippers Kanyon Road-ni "go'zal bo'lish bilan birgajuda qo'rqinchli hamdir" deya ta'rifladi. Skippers Kanyon Road - bu juda tor yo'l, unda toshqinlar tez-tezuchraydi va qishda u butunlay qor bilan qoplanadi.
Usbuhbu tog'liyo'l shu qadar xavfliki, undan yurib o'tish uchun juda kuchli diqqat-e'tibor,sabr-toqat va hatto maxsus ruhsat ham talab etiladi.
8. Sichuan-Tibet avtomagistrali, Xitoy
Sichuan-Tibetmagistralida doimiy ravishda o'pirilish va ko'chkilar sodir bo'ladi. Yo'lninguzunligi 2142 km. Bu yerda har 100 mingkishiga 7,5 ming o'lim qayd etiladi.
7. Karakorum avtomagistrali, Xitoy va Pokiston
Ushbu yo'l allaqachon 900 kishining hayotiga zominbo'ldi. Va bu yo'lni qurishda qatnashganvafot etgan ishchilar soni. Kimdirjarlikka qulab tushdi, kimdir yo'lni to'sayotganda portladi.
6. Qobul-Jalolobod, Afg'oniston
Qobul-Jalolobodavtomagistrali 60 km uzunlikka ega bo'lib, juda ko'plab keskin burilishlarva tik jarliklardan iboratdir. Bu yerda deyarli har kuni dahshatli baxtsizhodisalar yuz beradi. Ammo buning sababinafaqat yo'lning o'zida, balki mahalliy haydovchilar yo'l harakat qoidalarigarioya qilmasliklarida hamdir.
So'nggi yillarda avtomobil yo'lidagi o'limni hisobgaolish deyarli amalga oshirilmayapti. Hatto mahalliy hokimiyat idoralariixtiyorida bo'lgan ma'lumotlar bizga ushbu yo'lni Afg'onistondagi eng xavfli vasayyoradagi eng halokatli yo'llardan biri, deb atashga imkon beradi.
5. Tunol Guolyan, Xitoy
Tayxanshan tog'larida joylashgan mashhur Guolyangtunneli Xitoyning milliy diqqatga sazovor joyidir. Tunnelning uzunligi 1,2 km ni tashkil etadi,uni 13 nafar mahalliy aholi 5 yil davomida qurishgan. Quruvchilarningko'pchiligi halok bo'ldi. Yo'l 1977 yil 1 mayda ochishdi. Tunnel Xitoyningmashhur sayyohlik obyektiga aylandi, chunki u yer vodiyning manzarasini tomoshaqilish uchun qulay joydir. Guolyan tunneli yomg'irli mavsumda avtomobillaruchun ayniqsa xavflidir. Baxtsiz hodisalar bu erda har yili sodir bo'libturadi.
4. Trollstigen, Norvegiya
Troll zinapoyasi yoki Troll Road Norvegiyaning engmashhur diqqatga sazovor joylaridan biridir. Tog' yonbag'rida 11 ta keskin burilishlar bilan ko'tarilgan go'zal yo'lbutun dunyodan sayyohlarni o'ziga jalb qilmoqda.
Norvegiya hukumati bu eng xavfli yo'llardan biriekanligini yaxshi biladi va shuning uchun ular tog'ning yon tomonida joylashganushbu yo'lni kengaytirishga harakat qilmoqdalar.
3.Avenyu Komonvelf, Filippin
Filippindagihaydovchilar ushbu xavfli yo'lga yaqinlashmaslikka harakat qiladilar. Yo'l 12 km uzunlikda, u 18 ta bo'lakka ega,bu yerda jiddiy tirbandliklar va baxtsiz hodisalar tez-tez uchraydi. Yil davomida minglab odamlar baxtsizhodisalar sababli halok bo'ladilar.
2. Zoji La Pass, Hindiston
Zoji La Passning xavfli burilish yo'li HindistonningKashmir shahrida joylashgan. Dovon bo'ylab yo'l 3500 m balandlikka ko'tarilib,uzunligi 11 km dan oshadi. Dovonko'pincha qishda yopiladi, mahalliy hukumat trasport harakatini yo'lga qo'yishmaqsadida uni qordan tozalashga harakat qiladi, biroq buning uddasidan chiqishhamisha ham amalga oshmaydi. Yo'l judator, shuning uchun undagi transport bir tomonlama harakatkanishga majbur. Bu yerdan avtomobillar navbatma-navbato'tishga majbur. Bunday sharoitlar halokatli baxtsiz hodisalarga olib keladi.
1. Shimoliy Yungas yo'li, Boliviya
Shimoliy Yungas yo'li so'zma-so'z "o'limizi" nomiga mos keladi. Yuzlabodamlar uchun har yili Yungas yo'li bo'ylab sayohat ularning so'nggi safaribo'lib qolmoqda. Har yili ushbu magistraldagi baxtsiz hodisalardan 300 ga yaqinkishi hayotdan ko'z yumadi. Va sharoit taqozosi bilan shu yerning o'zida dafn qilinadi.
1995 yildaAmerikalararo rivojlanish banki dunyodagi eng xavfli yo'lni tanlar ekan,ularning tanlovi Shimoliy Yungasga tushdi. Tos'iqlaryo'qligi, yomgir, tuman, yozda toshqinlar - bularning barchasi magistralni o'taxatarli holatga keltiradi. Bu Boliviyadagi haydovchilar boshqa haydovchilargayaxshiroq ma'lumot berish uchun chap tomondan haydashlari kerak bo'lgan yagonayo'ldir.
Сообщения из Facebook