Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Eng ajoyib va qiziqarli ma’lumotlardan boxabar bo‘lishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, ishga kirishing!

1.      Rim nomli shahar har bir qit’ada bor.

2.      Islandiyada uyda it boqish qonunbuzarlik hisoblanadi.

3.      O‘naqaylar chapaqaylarga nisbatan o‘rta hisobda 9 yil ortiq umr ko‘rishadi.

4.      Insonga qon qo‘yish bo‘yicha ilk operatsiya 1667 yilda Jan Batist tomonidan amalga oshirilgan. U bir yigitga qo‘yning ikki pinta qonini quygan.

5.       Duduqlarning 80 foizi erkaklardir. 

6.      Eshakning ko‘zi shunday joylashganki, u bir vaqtning o‘zida to‘rtala oyog‘ini ham ko‘ra oladi!

7.      Ingliz, fransuz, arab, xitoy, rus va ispan tillari Birlashgan Millatlar Tashkilotining olti rasmiy tili hisoblanadi.

8.      Yer— Quyosh tizimidagi sakkizta sayyora ichida biror ma’bud nomi bilan nomlanmagan yagona sayyora hisoblanadi.

9.      Ba’zibir chuvalchanglar ovqat topolmaganidan o‘zini yeydi!

10.   Tuyaqush— peshob pufagiga ega bo‘gan yagona qush.

1.      Qum bo‘ronlaridan himoyalanish uchun tuyalarning uch qator kiprigi bor.

2.      Tashnalikka chidamlilik bo‘yicha rekord aslo tuyaga emas (14 kun), Janubiy Meksikadagi tog‘ olmaxoniga tegishlidir. Bu mitti hayvon 100 kun suvsiz yashashi mumkin.

3.      Avstraliya orxideyasining gullari yer ostida ochiladi.

4.      Buyuk Britaniyaning Norvich qasrida choynaklar kolleksiyasi mavjud. Buning hech ajablanarli joyi yuk. Chunki inglizlar azaldan choyxo‘r xalq hisoblanadi. Lekin qasrdagi choynaklarni ko‘rgan kishi hayratlanmay iloji yo‘q. Chunki bu yerda turli hajmdagi 2600 ta choynak bor. 

5.      Qo‘ldagi tirnoqlar oyoq tirnoqlariga nisbatan 4 barobar tezroq o‘sadi.

6.      Asal— aynimaydigan yagona mahsulot hisoblanadi. Misr fir’avnlari sag‘analarida topilgan asalni tatib ko‘rgan arxeologlar uni yesa bo‘ladi, deya baholashgan.

7.      Dunyodagi eng baland daraxt gigant sekvoyyadendron yoki mamont daraxti hisoblanadi. Kaliforniyada o‘sadigan bu daraxtning bo‘yi 100-120 metrga yetadi.

8.      Har soniyada Yer aholisining 1 foizi o‘lardek mast bo‘ladi.

9.      Hozir dunyoda asalarining 20 mingdan ziyod turlari bor. 500 gramm asal yig‘ish uchun bitta asalari uyasi va gullar tomon 10 million marta uchib borib kelishi kerak.

10.  Ilk gulli o‘simliklar Yer yuzida 65 million yil muqaddam paydo bo‘lgan.

1.      Bruney davlatining poytaxti Bandar-Seri-Begivan shahri fuqarosi Uolter Brazer 20 yildan beri o‘z kolleksiyasini boyitib kelmoqda. Uning g‘aroyib kollektsiyasi turli davrlarda qaroqchilar ishlatgan so‘kish, qarg‘ish, qasam va boshqa «ajoyib» so‘zlardan iborat. Brazer yaqin kunlarda o‘z kolleksiyasini kitob holida nashr ettirmoqchi.

2.      AQShlik Danni Ginzberg Namibiyaga tashrif buyurganidan juda xursand bo‘lgandi.  Negaki, bu yerdan 50 kilolik har xil temir qopqoqlar bilan uyga qaytgandi. Bu bilan uning kolleksiyasi yana bir karra boyigan. Hozirda Dannining kolleksiyasida 35 ming turdan ortiq qopqoqlar bor. Ularbir-biriga  umuman  o‘xshamaydi.

3.      Rimdagi Ospedal butxonasi rohibi (u tish doktori bo‘lgan) Jovanni Battista 1868 yildan 1904 yilgacha bo‘lgan o‘zining tabiblik faoliyati davomida mijozlardan sug‘urib tashlagan tishlarni yig‘ib yurgan. Ular katta-katta qutilarga jo bo‘lgan. 1903 yili tishlar hisoblab ko‘rilganda, ularning soni 200744 ga yetgan. Demak, tabib bir kunda o‘rta hisobda 185 ta tish sug‘urgan. Bu deyarli 6 ta bus-butun jag‘ni «qoqib» olish bilan barobar ekan.

4.      Janubiy Afrikalik Geyvin Pilati ham kolleksiya ishqibozlaridan edi. U esini tanigandan boshlab, qurol-aslaha yig‘ardi. Lekin u o‘z kolleksiyasining qurboniga aylandi.U 35 millimetrli zenit snaryadini tomosha qilish uchun qutidan olayotgan paytda portlab ketgan.

5.      Agar tarixga nazar tashlasak, davlat rahbarlarining ham g‘alati kolleksiyalari bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. Masalan, ingliz qiroli Eduard V taxt yiqqan. Georg VI esa choynak yiqqan. Uning mingdan ortiq choynagi bo‘lgan deyishadi.Germaniyaning «temir kantsleri» Otto fon Bismarkning kolleksiyasi ham g‘alati. U umri davomida harorat o‘lchagichlarini yig‘ib yurgan.

6.      Kichik chayonlarning zahari kattalarinikiga nisbatan kuchliroq bo‘ladi.

7.      Kalamush besh qavatli binodan tushib ketsa ham jarohatlanmaydi.

8.      Ko‘pchilik o‘ylaganidek, Shimoliy Qutbda pingvinlar uchramaydi.

9.      Afrika fili qo‘lga o‘rganmaydi, sirkda tomosha ko‘ratayotgan fillarning barchasi hind fillaridir.

10.  Haydovchilar bug‘ularning hayotiga ovchilarga nisbatan ko‘proq zomin bo‘ladilar.

1.      Isaak Nyuton bir sinfdoshi uni urib kamsitguniga qadar maktabda qoniqarsiz o‘qigan. Bu hol uning fanlarni juda yaxshi o‘zlashtirishiga turtki bo‘lgan.

2.      Avtomobillarning xavfsizlik yostiqchalari 25-50 millisekundda to‘la shishadi. Qiyoslash uchun: kiprik qoqishga 100 millisekund vaqt kerak.

3.      XVI asrda Xitoyda o‘z joniga qasd qilishning eng ko‘p tarqalgan usuli ko‘p miqdorda tuz yeyish bo‘lgan.

4.      Tokio hayvonot bog‘i hayvonlar tomoshabinlar oqimidan dam olishi uchun yiliga 2 oy berkitib qo‘yiladi.

5.      Odamning barmoq izlari singari har bir kishi tilining izi ham mutlaq o‘ziga xosdir va boshqa hech kimnikiga o‘xshamaydi.

6.      Oxirgi 4 ming yil ichida birorta ham yovvoyi hayvon xonakilashtirilmagan.

7.      Bolalar ayniqsa bahor faslida tezroq o‘sadilar.

8.      Xitoylik sudyalar XV asrda hatto nigohlari bilan ham sir boy bermaslik uchun qora ko‘zoynak taqib yurganlar.

9.      Oq ayiqlarning terisi va junlari issiqlikni yutib qayta chiqarmasliklari bois infraqizilnurlarda (tunda ko‘rish kameralarida ham) deyarli ko‘rinmaydilar.

10.  Burjlardagi tirik jonzodni aks ettirmaydigan yagona belgi Tarozidir.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook