Immunitet ko’tarishning 7 xil usuli
Immunitet ko’tarishning 7 xil usuli
Immunitet ajoyib narsa. U hammamizda bor va uni hamisha mustahkamlash va kuchaytirib borish kerak, chunki immunitet gripp va shamollashdan tortib saraton xastaligigacha saqlaydi.

Immunitetni qanday oshirish mumkin 

Immunitetning siri shundaki, u yagona a’zo emas, balki butun bir tizimdir. Immunitet yurak-qon tomir tizimidan ham murakkabdir, u hujayra darajasida ishlaydi.

Olimlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, sog’lom turmush tarzi turli kasalliklarga qarshi kurashishda immunitetga yordam berar ekan. Keling, ularni ko’rib chiqamiz. 

Chekmaslik

Kashandaning og’iz bo’shlig’ida haqiqiy yallig’lanish o’chog’i vujudga keladi va u immunitetni o’ziga jalb qilib chalg’itadi. Shuning uchun chekuvchilar har xil xastaliklarga tez-tez chalinadilar: tuberkulyoz, yurak-qon tomir kasalliklari va xattoki saraton. Immunitetingizni kuchaytirishni xohlasangiz, chekishdan voz keching. 

Alkogol ichimliklarni ichmaslik

Alkogol ichimliklarni ichmaslik

Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, alkogol ichimliklar o’smaga qarshi immunitetning faolligini susaytirar ekan, bu esa yo’g’on ichak saratoni va jigar xastaliklariga olib keladi. Xullas, kasal bo’lishni istamasangiz, ichmang, aks holda o’simtaga qarshi immmunitetni ishdan chiqarib qo’yasiz. 

Ko’proq sabzavot va mevalardan iste’mol qilish

Sabzavot va mevalarning hammasi koni foyda – chesnok ham, zanjabil (imbir) ham, limon ham. Ba’zi odamlarga qaysidir meva yoki sabzavot mijoziga to’g’ri kelmasligi mumkin, bunday holda o’sha mahsulotni kamroq iste’mol qilish yoki umuman ratsiondan chiqarib yuborish mumkin. 

Uyqu

Immunitetni kuchaytirishning oddiy va haqqoniy usullaridan biri – to’yib uxlashdir. Agar siz tez-tez shamollab tursangiz – ehtimol siz kam uxlayotgandirsiz. To’yib uxlaganda organizm kun bo’yi sarflagan energiyasini qayta tiklab oladi, shuning uchun inson kuniga 8-9 soat uxlash tavsiya etiladi. 

Sport bilan shug’ullanish

Sport birvarakayiga bir necha yo’nalishda yordam beradi. Birinchidan, sportchilar chindan ham kamroq kasallikka chalinadilar. Ikkinchidan, sport uyqu rejimini tartibga soladi (uyquning esa qanchalik muhimligi haqida aytib o’tdik). Uchinchidan, sport semizlikka qarshi kurashishda yaxshi natija beradi. Semizlik esa immunitetning ishdan chiqishiga olib keluvchi omillardan biridir. 

Asabiylashmaslik

Asabiylashmaslik

Asabiylashish ham immunitetni izdan chiqarishi mumkin. Internet sahifalarida tinchlantiruvchi, xotirjamlikni saqlab qoluvchi tavsiyalar talaygina. Styress gormonlari immun tizimining ishini ishdan chiqaradi va ko’pgina kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin, shuning uchun arzimagan narsalarga jig’ibiyron bolavermasdan, xotirjamlikni saqlab qolishga harakat qiling.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook