просмотров
Jamoat joylarida mumkin emas:
-Taomni ovoz chiqarib iste'mol qilish;
-Tishni barmoqlar bilan tozalash;
-burun kovlash;
-Atrofdagilarni tinchini buzish va ularga noqulaylik tug'dirish;
-Xirgoyi qilish;
-O'ziga oro berish;
-Tirnoqlarni tozalash va tishlash;
-Qo'pol va bexayo so'zlarni gapirish;
Suhbat chog'ida qanday holatlar hunuk ko'rinadi:
-Tez tez soatga qarab bo'lmaydi;
-Qo'lni cho'ntakka solib turish ham mumkin emas;
-Qo'l siltab gapirish;
-Suxbatdoshga beparvo qarash;
-Suhbat cho'i saqich chaynash;
-Baland ovozda kulish;
-Barmoq bilan biron narsani chertish;
-Suhbatdoshga orqa ogirish;
-Keraksiz bo'lganda telefondan foydalanish;
Bundan tashqari og'izni katta ochib esnash nafaqat begonalar, balki o'z oila azolaringiz oldida ham hunuk ko'rinadi. Juda imkon bo'lmaganda ham og'zingizni qo'l yordamida berkitib esnang.
Yo'tal qo'qqisdan kelib qolganda uni to'xtatish qiyin. Agar yo'tal keib qo'lsa-yu siz jamoat ichida bo'lsangiz, boshingizni bir oz chetga burib, og'izni qo'l bilan berkitib yo'taling. Agar juda qattiq yo'tal tutsa dastro'mol bilan og'izni yopish lozim. Xadeb burun tortish ham hunuk holat hisoblanadi.
Agar jamoat ichida hiqichoq tutib qolsa tashqariga chiqib, uni to'xtatishga urinib ko'ring. Bunday holatda bir oz nafas olmay turib so'ng suv ho'plang. Tez o'tib ketadi.
Agar keltirib o'tgan ma'lumolarimiz sizni befarq qoldirmagan bo'lsa bundan bag'oyat hursandmiz.
Сообщения из Facebook