![Karantin haqida quvnoq hazillar](https://odam.uz/upload/media/posts/2020-06/23/karantin-haqida-quvnoq-hazillar_1592913403-b.jpg)
просмотров
Axlatlarimni o’g’irlamanglar, iltimos! Axir men ham ko’chaga chiqishni xohlayman!
1.Eh, qanday davrlar ediya: Ishdan uyga, uydan ishga…
Endi-chi, uy-uy-uy-uy!
2.Birovning sizdan qarzi bo’lsa, uning uyiga boring, ayni damda u o’sha yerda.
3.-Menga hozir bankdan qo’ng’iroq qilishdi. Karantin munosabati bilan kredit olishimizni tavsiya qilishmoqda, foiz stavkasi o’sha-o’sha. Tushunmadim, og’ir ahvolda qolgan menmi yoki ularmi?
-Ular shunchaki sening tirikligingga ishonch hosil qilishmoqchi bo’lishgan.
![](https://odam.uz/upload/media/entries/2020-06/23/2605-entry-1-1592913403.jpg)
4.Mening nabiralarim uyda onlayn rejimda ta’lim olishmoqda. Shu sababli maktab ma’muriyati menga remont, yangi parda va mebel uchun pul o’tkazib yuborishini so’rab qolaman.
5.-Azizam, men seni dunyoni aylantiraman, deb va’da bergan edim. Ho’sh, xonim, qayerga bormoqchisiz?
-Voy, nimalar deyabsiz? Axir karantinku!
-Ha, mayli o’zing bilasan. Men so’zimda turdim, keyin gina qilib yurma.
6.Karantinda muntazam ravishda yugurish sporti bilan shug’ullanaman – divandan muzlatgichgacha.
7.Karantin hech ham zerikarli emas-da. Chalg’iyman desangiz, bekorchi ishlar qalashib yotibdi. Meni boshqa narsa qiynayapti, qanaqasiga bir paketdagi 1kg guruch – 2789 ta dona, ikkinchisida – 2804 dona bo’lishi mumkin?!
![](https://odam.uz/upload/media/entries/2020-06/23/2605-entry-3-1592913403.jpg)
8.Karantinda qay biri dahshatliroq ekanligini bilmay ham qoldim: tana haroratimni o’chashmi yoki o’g’irlik vaznimnimi?
9.Karantinda bekorchilikdan xotinim bilan gaplashib qoldim. Hm, bilmagan ekanman, yaxshi xotin ekan!
10.“Karantin, karantin, deysizlar. Haqiqiy karantin nima ekanligini sizlar qayoqdanam bilardingiz?!” – deb hayqirdi Robinzon Kruzo.
11.Agar karantin davom etaversa, maktab va bog’chalar yopiq turaversa, ota-onalarning o’zlari olimlardan avval vaktsinani yaratadilar.
![](https://odam.uz/upload/media/entries/2020-06/23/2605-entry-5-1592913403.jpg)
Сообщения из Facebook