Malikadan go'zallik saboqlari
Malikadan go'zallik saboqlari
Yangi ingliz malikasi, shahzoda Uilyamning rafiqasi va Buyuk Britaniya aholisi o’rtasida go’zallik timsoliga aylangan gersoginiya Keyt Middlton shu kunga qadar bironta xatoga yo’l qo'ymadi. Quyida u o’z mukammalligining bir necha sirlari bilan o’rtoqlashadi.

Sochlaringizni parvarish qiling. Sizga Keyt Middltonning qandaydir kamchiligini topish vazifasi yuklatilsa, qiyin vaziyatda qolishingiz aniq. Xayolingizga birinchi bo’lib uning go’zal sochlari keladi. Qaysi suratda nazar tashlamang, uning sochlari ko’rkam va jilvakor holatda bo’ladi.

Urg’uni faqat bir narsaga bering. Qoida shundan iborat: ko’zga yoki labning biriga urg’u berish mumkin, ammo ikkalasini birlashtirish mumkin emas. Keyt bu qoidaga qat’iy amal qiladi. U kipriklarining yuqori va pastki chizig’ini ko’zga mo’ljallangan qalam bilan bo’yaydi va tushdan foydalanadi. Uning qovoqlarida yorqin rangdagi tenlar ko’zga tashlanmaydi.

Baland soch turmaklaridan voz keching. Keyt qabul marosimlarida sochlarining yarmini yig’ib oladi. U pastki qismda tolalarni qoldirish va yuqorisiga biroz hajm berish uchun sochlarining yetarli qismini bir yerga to’playdi.

Qoshlaringizga e’tiborli bo’ling. Keytning qoshlari qalin emas. Ular katta hajli peshonani tenglashtirib turadi va ko’zlarga e’tibor qaratadi. Ingliz malikasi qoshlarini spa salonlarda doimiy ravishda  parvarish qiladi.

Tabiiylikni saqlang. Keyt yorqin ranglarni hush ko’radi. Shu bois uning garderobida yorqin rangli liboslarni uchratish mumkin. Pardozga kelsak, yonoqlariga bilinar-bilinmas qizil (rumyana), lablariga asl rangidan biroz to’qroq suyuq lab bo’yog’i (blesk) surtishni afzal ko’radi.

Mukammal teri tasodifiy emas. Suratkashlar yillar davomida to’xtamasdan uning ortidan kuzatsalar – da, Keyt hali o’zining omadsiz suratini ko’rganicha yo’q. Uning onasi Kerol Middltonga nazar tashlab, Keyt go’zal terisi uchun kimdan minnatdor bo’lishi kerakligini tushunib olasiz. Ammo gertsoginiya faqat irsiyatga umid bog’lab qolmasdan, terisi haqida qayg’urishni ham kanda qilmaydi. U terini oziqlantiruvchi kosmetik vositalardan foydalanib turadi.

Och rangli monikyur yorqin monikyur kabi e’tiborni o’ziga jalb etadi. Agar qo’lingizda 18 karatli sapfir o’rnatilgan va malika Diananing shaxsan o’zi taqqan uzuk bo’lsa, tirnoqlaringizni tog’ri kelgan bo’yoq bilan bo’yab, uni orqa planga o’tqazib qo’yishni istamaysiz , albatta. Keyt doimiy tarzda extiyotkorlik bilan tirnoqlariga ishlov berib, och pushti rangdagi bo’yoqdan foydalanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook