Notog’ri iste’mol qilinganda zarar keltiradigan 7 hil mahsulot
Notog’ri iste’mol qilinganda zarar keltiradigan 7 hil mahsulot
Hozirda odamlar ovqatlanish tartibi va sifatiga ko’p etibor berishiga qaramasdan, barcha qoidalarga rioya qilish oylaganimizdek oson emas. Masalan, olma notog’ri vaqt iste’mol qilinganda ovqat hazm qilishni yaxshilash o’rniga ichakdagi muammolarni keltirib chiqarishi mumkun. Hayriyatki, gap raketa qurish haqida ketmayapti, shunung uchun bazi mahsulotlarni iste’mol qilish qoidalarini saytimizda yoritishni maqsad qildik.

1.Banan

Banan bilan kunni boshlash yaxshi tanlovdek ko’rinsada, uni och qoringa qabul qilish aslida quvvatni pasayishiga sabab bo’lishi mumkun. Ehtimol avvaliga tarkibidagi shakar hisobiga kuchga to’lgandek his qilasiz, ammo birozdan so’ng charchoq va ochlikni his qilasiz.

Agar nonushtangizni banansiz tasavvur qilaolmasangiz, tarkibida foydali yog’ bo’lgan boshqa mahsulotlar bilan, masalan yeryong’oq moyi bilan, birga iste’mol qiling.

2.Qahva

Ko’pchilikka malumki, uyg’onish bilanoq qahva ichish tabiiy holdek ko’rinadi, aslida esa bu butunlay befoyda. Tadqiqotlar shuni korsatadiki, ovqatdan oldin qahva ichish kofeinga sezgirlikni pasaytiradi. Uyg’onganimizdan so’ng bir soat davomida tanamiz kartizol garmonini ishlab chiqaradi. Bu jarayon tabiiy biologik ritm bo’lib uni buzmaslik juda muhim.

Shuning uchun qahva ichishni biroz kechiktirganingiz maqbul. Biroq shuni yodda tutingki,tavsiya etilgan kunlik kofein meyorga amal qilish va uyqusizlikni oldini olish uchun bu ichimlikni kechga yaqin qabul qilmaslik afzalroq.

3.Guruch

Guruchli taomlarni uzoq ish kunidan so’ng iste’mol qilishni yoqtirsakda, bu unchalik yaxshi odat emas. Guruch tarkibida uzoq hazm bo’ladigan ko’plab murakkab uglevodlar mavjud. Bunday taom bizga ko’p quvvat bag’ishlasada, guruch o'ta kaloriyaga boyligi bilan ajralib turadi va kechki ovqatga iste’mol qilinganda ortiqcha vazn to’plashga olib keladi. Tushlik guruch iste’moli uchun eng yaxshi vaqt. Tushlik vaqtida metabolizm faollashuvi natijasida organizm bunday taomni yengil hazm qiladi. Undan tashqari kuningiz samarali o’tishi uchun kuch-quvvat zarur. Uglevodlar esa bu jarayonda eng yaxshi yordamchi!

4.Shakar

Agar siz sog’lom ovqatlanish tarafdori bo’lsangiz sizga qayta ishlangan shakardan uzoqroq yurishni maslahat beramiz. Biz yo’l qo’yadigan eng katta hato-shirinliklarni ermak uchun iste’mol qilishimizdur. Buning natijasida qondagi shakar miqdori oshib ketadi, so’ngra sezilarli darajada kamayib bizni tez charchab qolishimiz va asabiy bo’lishimizga sababchi bo’ladi.

Shirinliklar bilan o’zingizni hursand qilishning eng yaxshi yo’li - ularni asosiy taomdan so’ng iste’mol qilish. Shu tarzda qon tarkibidagi shakar keskin ko’tarilishini oldini olgan bo’lasiz.

5.Sut

Bazi insonlar bolaligidan kunini bir stakan sut ichib boshlashga odatlanishgan, ammo bu odat kattalarga unchalik ham tog’ri kelmaydi. Sut og’ir hazm bo’lgani uchun uni nonushtaga iste’mol qilish va boshqa mahsulotlar bilan aralashtirish jig’ildon qaynashi va oshqazondagi og’riqlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Kechki payt bir stakan iliq sut uchun ayni muddao. Bu organizmni tinchlantirishga va uyquni yaxshilashga yordam beradi.

6.Olma

Olma ovqat hazm qilishni va yo’g’on ichak faoliyatini yaxshilaydigan kletchatka va tabiiy kislotalarga boy. Biroq olmani kechki payt iste’mol qilinishi natijasida uni tarkibidagi kislotalar oshqozonda yig’ilib noqulaylikka olib kelishi mumkin. Chunki tunda ovqat hazm bo’lishi sekinlashadi va har qanday taom hazmi uchun odatdagidan uzoqroq vaqt talab qilinadi.

Ertalab olma uchun eng yaxshi vaqt. Chunki oshqozon ichak faoliyati yaxshilanadi.

 

7.Dukkakli

Dukkakli taomlar kletchatkaga boy, shuning uchun ularni kechki payt iste’mol qilish qorin dam bo’lishi va uyqu sifatini pasayishini keltirib chiqarishi mumkin.Ushbu mahsulot tushlik uchun ayni muddao: shu tarzda barcha foydali ingredientlar o’zlashtiriladi va siz ortiqcha og’irlikni his qimaysiz.           

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook