Psixologik test: O'z olmangizni tanlang
Psixologik test: O'z olmangizni tanlang
Olmaning qaysi navini tanlaysiz? Suratdagi olmalarning qaysi biri sizni o’ziga jalb qilyapti? Tanlovingiz siz haqingizda nima deydi?

1-olma

Siz rostgo’ysiz, dilingizdagi tilingizda. Hech qachon birini o’ylab, boshqasini gapirmaysiz. Siz o’zligingizdan uyalmaysiz. Siz falsafiy fikrlaysiz va hayotni o’nqir-cho’nqirlaridan mardona qadam bosib o’ta olasiz. Siz baxtli odamsiz, hech narsa haqida ortiqcha qayg’urmaslikni afzal ko’rasiz. Oddiy va qattiq olmani tishlash sizga zavq bag’ishlaydi. Daraxtdan xozirgina uzib olingan olma siz uchun ayni muddao.

2-olma

O’yinqaroq,ochiqko’ngil va shijoatli insoniz. Sizni hayotingiz xilma-xil taassurotlarga boy. Siz sarguzashtlarni shunchaki yoqtirmaysiz, balki ular siz uchun havodek zarur. Harakatsizlik bu siz uchun emas. Siz boysunuvchan insonlar sirasiga kirmaysiz, shu bilan birga o’ta zamonaviysiz. Sizga qiyomli va shirinliklarga burkangan olma zavq bag’ishlaydi.

3-olma

Siz hayratomussiz, siz o’zingizni qiziqarli inson deb hisoblamaysiz, lekin boshqalar uchun siz shinavanda insonsiz. Sizdagi optimizm, tasavvur va go’zallik hissi atrofingizdagi odamlarni ruhlantiradi. Ular sizni har bir qabul qiladigan qaroringiz, qilmoqchi bo’lgan ishingiz va hatto nima xarid qilishingizni intizorlik bilan kutishadi. Hechkimni ishontirishga harakat qilmasangiz ham siz buni uddalaysiz. Sizni obro’ingiz yaxhi va sizning maslahatlaringizga amal qilishadi. Sizga ko’rinishi va ta’mi a’lo darajada bo’lgan, uyda tayyorlangan olmali pirog zavq bag’ishlaydi.

4-olma

Siz ishonchli insonsiz. Siz hayotdagi qiyinchiliklarga zen buddist kabi munosabatda bo’lasiz. Siz bosiqsiz va barcha narsani muozanatda ushlashni yoqtirasiz. Siz jiddiy hamda biroz uyatchangsiz. So’zlashdan ko’ra tinglashni afzal ko’rasiz va bu muozanatni buzishni istamaysiz. Siz shu qadar ishonchli odamsizki siz bilan birga olovga kirish ham qo'rqinchli emas. Sizga olmali ichimliklar zavq bag’ishlaydi, ayniqsa qo’lbola.

5-olma

Siz quvnoqsiz. Siz hayotdan zavq olib yashaydigan insonsiz. Siz sarguzashtlar qidirishingiz shart emas, oddiy kuningiz ham sarguzashtlarga boy. Siz takrorlanmas ta’m, ko’rinish, hid va tovushlarni qadrlaysiz. Siz g’ayrioddiy narsalardan zavqlanasiz. Hayotingizni har bir daqiqasini bejizga sarflashni xohlamaysiz va hech bir kichik detalni ham ko’zdan chetda qoldirmasyiz. Sizga issiqqina olmali quymoqlar zavq bag’ishlaydi.

6-olma

SIz donosiz. Aql zakovatda ega insonsiz. Siz har bir hodisaga munosabat bildirib shu zahotiyoq yechim topa olasiz. Siz shinavanda insonlar sirasiga kirmasangizda, zaruriyat tug’ilganda quvnoqlik va gapdonlikni ham joyiga qo’yasiz. Odamlar sizni davralarning yuragi deb hisoblaydi va siz ularni ko’nglini olishni uddasidan chiqasiz. Siz bir vaqtning o’zida ham intelektual ham hushchaqchaq insonsiz. Sizga bog’dan yangi uzilgan olmani pishloq bilan iste’mol qilish zavq bag’ishlaydi. Oddiy va mazali.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook