просмотров
Dastlab Burak oshpazlikni hayoliga ham keltirmagan. Ko’plab bolalar singari futbol o’ynashni yoqtirgan va mashxur futbolchi bo’lishni orzu qilgan. Oiladagi moliyaviy qiyinchiliklari tufayli 13 yoshdayoq ishlashga majbur bo’lgan.
Burakning ota-onasida o’zinig shaxsiy restorani bo’lgan. Aynan o’sha yerda o’smir oshpazlikdan tajriba orttirishni boshlagan.Turk milliy taomlariga bo’lgan muhabbatni O’zdemirga uning buvi va bobosi singdirgan.
2009-yil 16 yoshli yigitchaning yelkasiga katta masuliyatni yuklagan holda otasi uni Istanbul chekkasidagi Oqsaroyga yubordi. Unga oilaviy restoran yangi filiali ochish topshirildi. O’zdemirni hotirlashicha avvaliga unga hech kim ishonmagan.
“Menga odamlar bu joyni otam ochganligini va men boshqaruvni eplay olmasligimni aytishgan. Lekin bu men uchun nafaqat biznes, balki mening haqiqiy uyim bo’lgan. O’shanda men oshpazdan ofitsiantgacha bo’lgan barcha xodimlarimga bu meni emas, Bizni joyimiz ekanligini aytdim. Shuning uchun biz buni uddaladik. Men o’zimga namuna qilib otamni oldim va uning izidan ketdim” –deydi Burak.
Yosh restorator boshchiligidagi oilaviy restoran mashurlikka erishdiyu, lekin boshqa shu kabi restoranlardan deyarli farq qilmadi. Shunda yigitchaga yaxshi bir g’oya keldi: u tavakkal qilishga va ulkan hajmli taomlarni yaratishga qaror qildi. Tez orada ikkita tuya qush tuxumi,1 metrli kabob va to’y tortini eslatadigan burger tayyorlaydigan oshpaz haqidagi mish-mishlar butun dunyoga taqrqaldi.
Uning biznesi shunchalik mashxurlikka erishdiki natijada bir necha yildan so’ng Burak Istanbulga ko’chib o’tishga va u yerda shahar markazida yangi, shaxsiy restoran Hatay Medeniyetler Sofrasıni ochishga qaror qildi. Muassasaning nomi bejizga bunday tanlanmagan. Hatay – Turkiya janubidagi viloyat bo’lib, Buraklar oilasi o’sha yerda tug’lgan.
Bugungi kunda Hatay Medeniyetler Sofrası nafaqat mahalliy aholi, balki butun dunyo sayyohlari o’rtasida aql bovar qilmas mashxurlikka erishdi. Istanbulda bu restoranni bir necha tarmoqlari faoliyat yuritadi va O’zdemir Yaqin Sharqda yangi filiallar ochishni rejalashtiryapti.
O’zdemir restoranlari o’zining ulkan hajmliligi bilan birgalikda taomni turli xil usullarda tortiq qilinishi bilan ham mashxur. Menyuda 150 dan ortiq taom bo’lib ularning har biri o’zgacha servirovka qilinadi. Hatay Medeniyetler Sofrasıning o’zgacha jihati bu mijozlarni ismi yozilgan pishiriq. Burak taomning tashqi ko’rinishi uning tami kabi muhim deb hisoblaydi.
U Youtube va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda o’zining takrorlanmas taomlarini namoyish qiladi. U oshpazlik san’atini mutaxassisligiga erishibgina qolmay ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi. Oshpazni Instagramdagi saxifasiga 12 millionta odam a’zo bo’lgan.
Turk restoraniga betun dunyodan mehmonlar keladi, shular qatorida amerikalik hip-hop qo’shiqchi Iggi Azaliya, rus bokschisi Habib Nurmugamedov, Braziliyalik futbolchi Ronaldino va boshqalar.
Oshpazning hayotida alohida o’rinni xayriya egallaydi. Burak o’z jamoasi bilan qariyalar uyiga, kasalxona va bolalar uylariga borib turadi. Bu muassasadagilar uchun sovg’alar olib boradi, haqiqiy tomosha va master-klaslar o’tkazadi.
Shuni aytish joizki doimo kulib turadigan oshpaz hammaga ham yoqavermaydi. Ba’zilar uning tabassumi soxta va uning har bi rishi o’z muassasalarining piar qilish yo'li deb oylaydi. Siz Bural O’zdemir faoliyatiga qanday qaraysiz? Sizga bu oshpaz yoqadimi? Uning restoraniga bo’rishni istaysizmi?
Сообщения из Facebook