просмотров
1. Uy hayvonlari egalarida ortiqcha vaznga ega bo'lish ehtimoli kamroq
Uy hayvonlari bor insonlar, odatda, ko’proq faol hayot tarzini olib borishadi. Bu, ayniqsa, it egalariga ta’luqli.
2. Uyhayvonlari stressni kamaytiradi
Hayvonlar bilan muloqot qilish bezovtalikni kamaytiradi. Ular stressli vaziyatlarni yengishga yordam beradi. Amerikalik olimlar hatto uy hayvonining yoningizda bo'lishi stress gormoni kortizolni atigi 5 minut ichida pasaytirishini isbotladi.
3. Uy hayvonlari egalari yurak muammolaridan kamroq aziyat chekishadi
Uyda uy hayvonining mavjudligi odamlarni rejimga yanada qat'iy rioya qilishga, shuningdek ko'proq harakatlanishga majbur qiladi. Bu yurak-qontomir tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
4. Sog'lom uyqu
Uy hayvonining mavjudligi uxlashni yaxshiroq ta'minlaydigan xavfsizlik hissi beradi.
5.Depressiyada yordam berishadi
Ko'p odamlar uy hayvonlari bilan suhbatlashib, muammolarini o'rtoqlashadi. Hayvonlar maslahat berishda yordam bermasada, ular diqqat bilan tinglashadi. Uy hayvonlari, shuningdek, odamlarning kimgadir g'amxo'rlik qilish hissini qondiradi, bu esa depressiya darajasini pasaytiradi.
6. Qontomir va yurak xuruji xavfini kamaytiradi
Buning sababi, uy hayvonlari egalari stressga ko'proq chidamli bo'lishidir. Masalan, statistik ma'lumotlarga ko'ra, mushuk egalarida yurak xuruji 20 foizga kamroq kuzatiladi. Insult bilan ham shunday vaziyat - ushbu hayvonlar o’z vazifasini juda yaxshi uddalashayotganga o'xshaydi.
7.Bolalarda immunitetni kuchaytirish
Olimlar qiziqarli bir muntazamlkni aniqladilar: uy hayvonlari bilan yaqin aloqada o'sgan bolalarda immunitet va allergiyaga bardosh kuchliroq bo’ladi.
8.Yolg'izlikdan qutqarishadi
Va nafaqat o’zining mavjudligi bilan. Masalan, it egalari ular bilan bitta maydonchada yuradigan boshqa itni sevuvchilar bilan yangi tanishuvlar qilishlari mumkin. Mushuk va boshqa uy hayvoni egalari ko'pincha uy hayvonlarini parvarish qilishning turli jihatlarini muhokama qilish uchun qiziqishiga oid klublarga qo'shilishadi.
Сообщения из Facebook