
11,363
просмотров
просмотров
Uy sharoitida pishloq tayyolashning ushbu retsepti ancha oson. Uy bekalari uni bemalo tayyorlab ko'rishlari mumkin. Mazasi esa do'kondagi chet el pishloqlarnikidan qolishmaydi. Demak boshladik.

Masaliqlar:
1litr sut (2.5-6%) ,1 kilogramm tvorog (5-9%), 100 gramm saryog’, 1ta tuxum, 1 choy qoshiq ichimlik sodasi (o’rniga boshqa narsa mumkin emas), 1 osh qoshiq tuz (to’ldirmasdan).

Tayyorlanishi:
Sut qaynatib olinadi.

Tvorog qo’shiladi va yana 3 daqiqa qaynatiladi.

Hosil bo’lgan masalliq dokadan suzib olinadi.

Zardobidan sirqitib olinadi. (uzoq kutish shart emas, tomchilashi to’xtasa bo’ldi).

Kichkina qozonchada saryoq eritiladi.

Ichimlik sodasi qo’shiladi.

Tuz qo’shiladi.

Tvorog qo’shiladi. 5 daqiqa aralashtirib, qaynatiladi.

Olovdan olinadi. Ozgina sovutiladi.

Alohida kichkina idishda tuxum iylab olinadi.

Tvorogga tuxum qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi.

Hosil bo’lgan masalliqni idishga solib, muzlatgichga 3-4 soatga qo’yiladi.

Yoqimli ishtaxa!

Сообщения из Facebook