Yulduzlar haqida. O’zbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit
Yulduzlar haqida. O’zbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit
Ismi: Burak Ozchivit; Tug'ilgan sanasi: 1984 yil 24-dekabr; Yoshi: 35; Tug'ilgan joyi: Mersin, Turkiya; Bo'yi: 184 sm; Kasbi: aktyor; Oilaviy ahvoli: Fahriye Evdjen bilan turmush qurgan, bir nafar farzandi bor.

Burak Ozcivit biografiyasi

Burak Ochivit 1984 yil 24-dekabrda Turkiyaning Mersin shahrida tug'ilgan.

 Bolalik va o'spirinlik davri

Burakning otasi kichik milliy turk taomalari oshxonasiga ega edi. Shaxsiy biznesi tufayli oila boshlig'i tez-tez xizmat safarlarida bo’lar edi, shuning uchun oila a'zolari uni kamdan-kam ko'rishardi. Onasi Jeyxon uy bekasi edi, Burakdan tashqari oilada uning singlisi Burjun ham bor edi.

Bolalik chog’larida Burak ertalabdan kechgacha televizor qarshisida o'tirar va multfilmlarni tomosha qilishni yaxshi ko’rar edi. U sevimli qahramonlari bo’lmish turli xil supermenlarga taqlid qilar edi. Ozchivit biroz kamolotga yetgach, o'zini butunlay sportga bag'ishladi va bo'sh vaqtini futbol o'ynash yoki sport zalida mashqlar bajarish bilan o’tkazar edi.

 Bo'lajak yulduz o'smirlik yoshiga yetganida, uning oilasi Istanbulga ko'chib o'tdi, u yerda yigit uchun yangi imkoniyatlar ochildi. Maktabni tugatgach, Burak Marmaraning eng qadimgi ta'lim muassasasida san'at tarixi fakultetining talabasi bo'ldi.

Karyera

O’qish bilan bir qatorda Burak o'z hayotini moda olami bilan bog'ladi. U otasining qistovi bilan bu ishga qo’l urdi, chunki otasi o’g’lini aynan ana shu sohada muvaffaqiyatga erishishini va u bilan faxrlanishni orzu qilardi. Voyaga yetgach, yigit Turkiyaning supermodeliga aylandi, ikki yildan so'ng esa u dunyoda ikkinchi o'rinni egalladi. Aslida bu tanlovda ishtirok etish uchun Burakning fotosuratlarini uning otasi o’ziga bildirmagan holda yuborgan, Burakning o’zi buni hayoliga ham keltirmagan edi.

 Keyinchalik u ko'plab Yevropa brendlarining yuziga aylandi hamda nufuzli moda jurnallari uchun ko'plab fotosessiyalarda ishtirok etdi.

Taniqli podiumlardagi bir necha g'alabalardan so'ng mashhur bo'lgan Ozchivit ba'zi kinoijodkorlarning e'tiborini tortdi. Shunday qilib, yigit maktab chog’larida o’zi orzu qilgan katta kino olamiga kirib keldi. Kelishgan Burak o'zining jozibali ko'rinishi va iste'dodiga shu qadar ishonar ediki, u deyarli hech qachon ikkinchi darajali rollarni ijro etishga rozi bo'lmadi.

Burak Ozchichit ishtirokidagi filmlar va teleseriallar

 Yosh aktyorga haqiqiy mashhurlikni “Muhtasham yuz yil” tarixiy teleserialdagi turk qo'mondoni Bala Boy roli olib keldi. Ko'pgina tomoshabinlar bosh ayol qahramonlardan qaysi birini u o’ziga qalliq sifatida tanlar ekan, deb taxminlar qilishdi, ammo Turkiyaning eng sevimli aktyori yangi loyihaga jalb qilindi.

Aktyorning keying yirik roli klassik asar “Choliqushi” romanining sahnalashtirilishi bo’ldi. Bu yerda Ozchivit bosh qahramon – Kamron rolini, suratga olish maydonchasidagi hamkasbi Faxri Evgen esa Feride rolini ijro etdilar. Ikkala aktyor ham o'zlarining shaxsiy baxtlari yo'lidagi ko'plab to'siqlarni yengib o’tgan sevishganlar obrazini talqin etdilar. Ushbu filmni dunyoning ellikka yaqin mamlakati tomosha qildi va endi Burak dunyo miqyosidagi yulduzga aylangan edi.

Biroz vaqt o'tgach, aktyor "Qara sevda" romantik serialidagi bosh erkak roliga tasdiqlandi. Bu yerda u biznesi halokatga uchragan tadbirkorning qiziga oshiq bo'lgan sartarosh rolini ijro etdi. Suratga olish maydonchasidagi hamkasbi Neslixon Atagul bo’ldi.  Haqiqiy aktorlik mahorati va kutilmagan jozibador syujet tufayli kinofilm katta shuhrat qozondi. Shunisi e'tiborga loyiqki, sevishganlar obrazini maromiga yetkazib ijro etgan ushbu mashhur aktyorlarning o'rtasidagi munosabat hayotda ancha ziddiyatli edi va u keyinchalik kuchayib ketdi.

2019 yilda unga "Usmonning tiklanishi" serialida buyuk Usmoniylar imperiyasining asoschisi Usmon I roli berildi .

Burak Ozchivitning shaxsiy hayoti

 Bir necha yillar davomida Burak taniqli telejurnalistning qizi bo'lgan – model Ceylan Chapa bilan jiddiy munosabatda bo'lgan.

Aynan ana shu  vaqtda Burak Faxri Evdjen bilan bitta filmda rol o'ynadi, bu narsa uning sevgilisiga yoqmadi va u aktrisaga nisbatan adovat his qila boshladi. Oxir oqibat, qizning haddan tashqari rashkchiligi va aktyorning haddan tashqari band bo'lganligi sababli bu juftlik butunlay ajrashib ketdi.

 Oradan bir muncha vaqt o’tkandan keyin Ozchivit va Evgen o'rtasida kuchli his-tuyg'ular rostdan ham paydo bo'ldi. Bu paytda Burak allaqachon yolg’iz edi. Aktyorlar o’rtasidagi munosabat "Sevgi senga o'xshaydi" kinoloyihasi ustida ishlayotganlarida paydo bo’ldi, bunda Burak prodyuser ham edi. Vaqt o’tib, munosabatlari jiddiy ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan keyin sevishganlar musulmon qonunlariga muvofiq oila qurdilar. Keyinchalik, yangi turmush qurganlar o'zlarining muxlislari tomonidan yilning asosiy voqeasi deb nomlangan ajoyib to'yni tashkil qilishdi.

To’y tantanasi Bosfor ko'rfazida eng qadimgi villa hududida, keng jamoatchilikdan holi tarzda bo'lib o’tdi . Bayram paytida kelin uchta antiqa va jozibador libosda chiqdi. Kelin-kuyov qadimgi odat bo’yicha ilk raqslarini ijro etdilar. Bayramdan keyin mehmonlar yangi turmush qurganlarning chiroyli fotosuratlarini jamoat e’tiboriga namoyish etdilar.

2019 yilning bahorida ular o'g'il farzandli bo'ldilar.

Aktyor yoshligidagi kabi hozir ham futbolni yaxshi ko'radi. U tez-tez to'p tepishni yaxshi ko'radi va doimiy ravishda o'zi muxlis bo'lgan jamoaning o'yinlarida qatnashadi. Bundan tashqari, Burak eski avtomobillarni  yig'adi. Uning parkida elita avtomobillarining ko'plab modellari mavjud. Ozchitvit filmlardan tushgan pullarini turli bizneslariga sarflaydi. Xususan, u Istanbulning markazida joylashgan mashhur Balibey Diner restoraniga egalik qiladi. Va shu bilan birga aktyor kichik bir prodyuserlik markazini ham boshqaradi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook