12ta aql bovar qilmaydiagn attraktsionlar, ulardan aqldan ozish hech gap emas
12ta aql bovar qilmaydiagn attraktsionlar, ulardan aqldan ozish hech gap emas
O’tkir hissiyotlar shaydosini parashyutdan sakrash bilan hayron qildirolmasangiz kerak. Ular hattoki dunyoni boshqa bir chekasiga borishga ham tayyorlar, asablarini qitiqlash uchun.
Biz dunyodagi 12ta eng hayratda qoldiradigan attraktsionlarni joylashtirdik, ularni ko’rinishini o'zidan adrenalin qo’tarilib ketadi!

Insanity, AQSH

Insanity, AQSH

Bu karuselni nomi “telbalik” deb tarjima qilinadi, va bu sayyoradagi eng baland karusel. U 300 metr balandligida joylashgan va osmon o’par binoni birini tomini chekkasidan 20 metrda qatiriladi. Karusel yo’lovchilar uchun ochiq kabinalardan yasalgan konstruktsiyani tashkil etadi, va u 70° burchak ostida va 60 km/s tezligida aylanadi. Aytmoqchi, aylanish vaqtida barcha yo’lovchilarni yuzlari pastga, erga qaratilgan. 

X-Scream, AQSH

X-Scream, AQSH

X-Scream attraktsioni 350 metr tepaligidagi mehmonhonani tomida joylashgan. Ko’rinishi yo’lovchilar o’tiradigan vagonchaga o’hshaydi. So’ngra u tezligini oshiradi, tomni chegarasidan 8 metrga chiqadi, keskin to’htaydi va to’saddan pastga shong’iydi. Baqirishlar va chinqirishlar bo’lishi aniq.

Big Shot, AQSH

Big Shot, AQSH

Huddi shu mehmonhonada Big Shot attraktsioni joylashgan, dunyodagi eng baland attraktsion deb hisoblanadi. Minora gumbaziga butun perimeter bo’ylab o’rindiqlar bilan platforma qatirilgan. Platforma yuqoriga katta tezlikda otadi, songra esa pastga erkin tushadi. Agar siz yurak huddi ko’krakdan otilib ketayotganday bolganini yoqtirsangiz, sizga bu erda yoqadi. 

White Cyclone, Yaponiya

White Cyclone, Yaponiya

Bu attraktsionni qiziqarli joyi shundaki, u yog’ochdan qilingan, hamda eng uzun “amerika tog’chalar” qatoriga kiradi: boshni aylantiradigan ko’tarilishlari va spiral tushishlari uzunligi 1,7 kmga boradi. Attraktsion balandligi 15-qavatli binoni balandligiga teng, yog’ochli vagonetkalar tezligi esa 100 km/s dan oshishi mumkin.

Giant Canyon Swing, AQSH

Giant Canyon Swing, AQSH

Ulkan arg’imchoqlar shaklidagi attraktsion jarlik nishabida Kolorado daryosidan 400 metr balandlikda joylashgan. Arg’imchoqlar 4ta yo’lovchini o’z ichiga sig’diradi, 90 km/s tezligida ufqdan 112°da chayqaladi. Eng yuqori nuqtaga etganida, ekstremallar o’stidagi ochilayotgan cheksiz jarlikni ko’rishlari mumkin. Bu attraktsionni yaratuvchilarini so’ziga ko’ra, tashrif buyuruvchilarni hech qaysinisi ikkinchi marta arg’imchoqda uchishga jur’at etolmadi.

EdgeWalk, Kanada

EdgeWalk, Kanada

Balandlikdan qo’rqmiman deganlar, shunchaki Torontoda hech qachon bo’lishmagan.  Bu erda televizion vishkani 116 qavatida joylashgan maydonchada aylanish mumkin. 30 daqiqa davomida ko’ruv maydonchasini chekasida to’siqsiz va tutqichsiz yurish mumkin. Yagona ehtiyotkorlik chorasi bo’lib havfsizlik trosi hisoblanadi. 

Insano, Braziliya

Insano, Braziliya

Shu suvli qiyalikga qarashni o’zidan nafas qaytadi. Ahir unda uchish 14-etajlik uy balandligidan aql bovar qilmaydigan tezlikda kiya burchak ostida tushish bilan barobardir. Va buni barchasi 5 soniya ichida. Qiyalikdan tushish katta basseyn bilan tugaydi, u erda ekstremal nafasini roslab o’ziga kelishi mumkin

Takabisha, Yaponiya

Takabisha, Yaponiya

Takabisha – bu dunyodagi eng kiya amerika tog’chalari, hozirgi paytda ular o'lcham bo’yicha rekordsmendir. 1 daqiqa 52 soniya ichida 7 ta keskin burilishlar va 1 000 metr. Virajlarni ba’zi qismlarida kabinka hattoki relslardan uzilib, magnit bolishchasida harakatlanadi.

Zip World at Penrhyn Quarry, Buyuk Britaniya.

Zip World at Penrhyn Quarry, Buyuk Britaniya.

Zip World at Penrhyn Quarryni arqonli attraktsionida estremallar bir necha yuz metr balandligida 161 km/s gacha tezlashishadi, parvozni o’zi esa 2 daqiqa davom etadi. Qiziq, tashrif buyuruvchilari ulug’vor tog’lar va zumrad ko’lni manzaralarini ko’rishga ulgirisharmikan?

Bаrоn 1898, Niderlandiya.

Bаrоn 1898, Niderlandiya.

Baron 1898 parklar attraktsionida stimpank uslubida joylashgan. Bu tog’chalar o’zining qiziqarli boshlanishi bilan mashxur – shahtaga 37 balandlikdan tushish. Bundan keyin boshni aylantiradigan burilishlar va trassada 90 km/s telba tezlashish oddiy holday bo’lsa kerak.

Leap of Faith, BAA

Leap of Faith, BAA

Eng ekstremal suvli tog’cha deb Leap of Faithni atash mumkin, u BAAda joylashgan. 27 metr balandligidan deyarli vertical quvirdan tushasiz. So’ngra katta tezlikda siz akulalar bor basseyndagi 60-metrli tiniq suv osti tunneliga uchib chiqasiz. Ha, akulalar bilan.

Arqonli yo’l, BAA

Arqonli yo’l, BAA

Dubaydagi Zip Line ikkita osmono’par binolar orasidan arqonli yo’lda uchib o’tishga imkon beradi, dunyodagi eng katta favvora ustidan Burdj-Halifa minorasiga ko’rinish bilan. 90-metrlik Emaar Boulevard binosidan start olish mumkin, parvoz tezligi 80 km/s ga teng. Attraktsion hodimlari ogohlantiradi, telefon va selfi-yog’ochchani startda qoldiring deb, lekin ularni kim ham eshitardi, ahir parvoz vaqtida ajoyib rasmlar olish mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook