4,388
просмотров
просмотров
Ba'zi odamlar balandlikdan qo'rqishadi. 150 metr balandlikdagi shisha oynadan yasalgan hovuzda cho'milishga nima deysiz?
Bunday suv havzasida cho’milishni xohlaydiganlar soni juda ko’p. Lekin ular asosan cho’milib, atrofdagi manzara go’zalligidan bahramand bo’lishdan ko’ra, bunday balandlikda odam organizmi qanchalik adrenalin chiqara olishini sinab ko’rishni xohlashadi.
Ushbu poyonsiz suv havzasi Market Square Tower binosining 42-qavatidan chiqqan bo’lib, bu bino AQShning Texas shtatida joylashgan.
Agar siz bunday ekstrim ishqibozi bo’lmay, shunchaki cho’milmoqchi bo’lsangiz, xuddi shunday suv havzasi ushbu binoning 4-qavatida ham bor. Uning ko’rinishi odatiyroq va unchalik qo'rqinchili emas.
Siz ham 150 metr balandlikdagi suv havzasida cho'milishni xohlarmidingiz?
Сообщения из Facebook