Eng boy, kuchli va ta’sir o’tkazuvchi davlatlardan biri Buyuk Britaniya va Irlandiya birlashgan qirolligi, juda qiziqarli tarixga ega quruqlikning egasi hisoblanadi va biz u haqida ba’zi qiziqarli ma’lumotlarni bilmasligingizga ishonchimiz komil.
Angliyaning tarixidan siz bilmaydigan qiziqarli ma’lumotlar haqida bilib olishni istasangiz quyida yig’ilgan 25 ta qiziqarli faktlarni o’qib chiqishni tavsiya qilamiz.
25. 242.500 km2 hududga ega bo’lib, Buyuk Britaniya katta mamlakat hisoblanadi, biroq shunga qaramasdan, uning dengiz sathidan eng uzoq nuqtasi 113 km dan oshmaydi.
24. Har kuni Britaniyaliklar 165 million chashka choy ichishadi, bu esa amerikaliklarga nisbatan 20 barobar ko’p.
23. Bir paytlar Britaniya imperiyasi dunyodagi eng katta imperiya bo’lgan va sayyoramizning chorak aholisini va quruqlikning chorak qismini egallagan.
22. Britaniya juda ko’plab urushlar olib brogan, ularning asosiy qismi o’n yillardan ham oshib ketadi, biroq bu mamlakatda eng qisqa urush ham kuzatilgan. Bu Britaniya va Zanzibar urushi, bor yo’g’i 38 daqiqa davom etgan.
21. Yevropa mamlakatlari orasida Britaniyada eng ko’p semizlik darajasi kuzatiladi: har to’rtinchi kishi semizlikdan qiynaladi.
20. Britaniya dunyoga sport turlarining bir nechtasini sovg’a qilgan, ulardan eng taniqlilari – futbol, regbi va polo. Shunga qaramsdan oxirgi paytlarda Britaniyaliklar ushbu sport yo’nalishlari bo’yicha boshqa mamlakatlarga mag’lub kelmoqda.
Сообщения из Facebook