Devorlarni qanday qilib ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, oddiy gubka, latta va supurgini ishlatgan holda bo’yash mumkin?
Devorlarni qanday qilib ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, oddiy gubka, latta va supurgini ishlatgan holda bo’yash mumkin?
Devorlarni bo’yash – mana bir necha yillardirki, o’z ommabopligini yo’qotmay kelayotgan trend. Bunday ta’mir kamxarj, allergiya qo’zg’atmaydigan, bundan tashqari, vaqt-bemahal shamollatish ham ko’p qiyinchiliklarsiz kechadi.
Devorlarga qanday qilib o’ziga xoslikni berish bo’yicha oddiychasiga bo’yashdan tashqari o’nlab o’ziga xos uslublar mavjud. Ularni amalga oshirish uchun albatta dizaynerlarga murojaat qilish shart emas. Buning uchun qo’l ostidagi eng oddiy narsalarni ishlata bilish va... fantaziyaga erk berish kerak, xolos!
Oboylarni, ya’ni gulqog’ozlarni qayta yopishtirib chiqish uchun qancha kuch sarflanadi? Buning uchun eskilarini sidirib tashlash, devorlarni yaxshilab tayyorlash, uyning ichidan qurilish chiqindisini tashqariga chiqarib tashlash kerak bo’ladi. Bo’yashda hammasi ancha osonroq: bo’yoqning yangi qatlamini eski bo’yoq qatlamining ustiga surtish mumkin.
Surat tanlash, kerilib ketayotgan choklar, bo’shab qolayotgan tilimlar bo’yicha hech qanday muammolar yo’q. Bundan tashqari, bo’yoqni yuvuvchi vositalar bilan tozalash mumkin. Shuning uchun ham, yosh bolalari yoki uy hayvonlari bor xonadonlar uchun bu eng benuqson tanlov.
O’ziga xos teksturani yaratish uchun nima kerak bo’ladi? Qo’l ostingizdagi vositalar. Quyida oddiy sellofan, idish-tovoq yuvish gubkasi, supurgi, poyafzal tozalash cho’tkasi va oddiy lattadan foydalanish sirlari.

Sellofan

Sellofan
Devorning yuzasi g’ijimlangan qog’ozdek ko’rinishi maqsadida shunday bezak berish uchun oddiy sellofandan foydalanish kerak. Kattaroq paketni oling, uni o’rtasidan kesing va ochib tashlang. Shunda qo’lingizda bitta katta sellofan qiyqimi qoladi.
Devorni valik yordamida bo’yang, sellofanni yassi yopishtiring, g’ijimlangan joylarini tekislamay turib, iz qoldirish maqsadida, sellofan ustidan valikni yurgizib o’ting. Shundan keyin o’ng tarafdagi tepa burchakdan asta tortib selofanni yeching. Bu juda oddiy, samarasi esa – qoyil-maqom!

Latta

Latta
Teksturali yuzani yaratishda oddiy latta ham madad bo’lishi mumkin. Devorni avvaldan istalgan rangga bo’yab chiqish kerak, keyin esa bo’yoqning ichida lattani ho’llab, yaxshilab g’ijimlab, butun devor bo’lab bostirib chiqish lozim. Izlarni bir-biriga chips taqab qoldirish darkor, shunda bo’yalgan devor bir marom bilan bo’yalganligi ko’rinadi.
Bo’yoqqa botirmagan holda oppoq lattani ham ishlatish mumkin, natijada, devorlarning рangi kamroq to’yingan bo’lib ko’rinadi. Matoni valikka o’rab qo’yish mumkin. Turlilikka erishish uchun iplarni va turli tugunchalarni ham qo’shib qo’yish mumkin. Bunday valik bilan bo’yab chiqish qo’l bilan bo’yashdan ko’ra tezroq bo’ladi, natijasi esa hech kam bo’lmaydi.

Supurgi

Supurgi
Supurgi yoki popuk yordamida zo’rg’a bilinadigan vertikal yo’llari bor fon yaratsa bo’ladi. Bo’yash yanada qiziqarliroq tuyulishi uchun, birinchi qatlamga och bo’yoq, ikkinchisiga to’q bo’yoqni berish mumkin. Eng yaxshisi teksturali bo’yoq ishlatilgani ma’qul, u ancha quyuq va undagi tasvir ham yaqqol ko’zga tashlanuvchan bo’ladi.
Ishqalanib ketmasligi uchun, ikkinchi qatlamni tahminan yarim soatdan keyin tushirish kerak. Kontrast bo’yoqni tushirib bo’lishingiz bilan, tekstura berishga kirishing: supurgini mahkam bostirib, uzmay va to’htab qolmay shiftdan polgacha torting.
Agarda matoni eslatuvchi bezak hosil qilishni hoxlasangiz poyafzal uchun dag’al cho’tkadan foydalaning. Uni qo’lda ushlash supurgidan ko’ra ancha osonroq. Dastlab vertikal yo’llarni bosing, keyin gorizontallarini. Yo’lli bezaklar aniq va ravshan, bir teksilikda bo’lishi uchun supurgi yoki cho’tkani bo’yoqning qoldiqlaridan doim tozalab turing.

Idish-tovoq yuvish gubkasi

Idish-tovoq yuvish gubkasi
Donador fakturaga ega bo’lishni xohlaysizmi? Unda oddiy porolon gubkasidan foydalaning. Gubka yordamida bo’yashning eng asosiy siri shundaki, ish boshlashdan avval sponjni bo’yoqning ichiga botirish olish, keyin esa uning ortiqchalaridan tozalab tashlash kerak.
Sponjni quritish uchun uni qog’ozga artib yuborsa bo’ladi. Shundan keyin, izlarni yangi bo’yalgan devorga bosib chiqing. Harakatlar siz nam dog’lar qoldirish maqsadida bostirayotganingizday bo’lishi kerak. Bir xillikdan qochish maqsadida qo’l holatini tez-tez almashtirib turilishi foydali.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook