Dunyo bo'yicha sayyohlarni eng ko’p hushlamaydigan 7 ta joy
Dunyo bo'yicha sayyohlarni eng ko’p hushlamaydigan 7 ta joy
Britaniyaning taniqli The Independet gazetasi kichik tadqiqot o'tkazdi va dunyoda turistlarni juda yoqtirmaydigan joylarni aniqladi. Keling, ushbu ro'yxatda qaysi mamlakatlar borligini ko'rib chiqamiz.

1. Ko-Kay oroli, Tailand

2016 yil may oyidan beri bu joylar sayyohlar uchun cheklangan, chunki orolning ayrim qismlari juda ham ayanchli ahvolga kelib qolgan.

2. Himoloy Butan qirolligi

Mamlakatga sayyohlar uchun kirish faqat 1974 yildan beri bepul qilingan. Ammo hukumat Butanning noyob madaniyatini saqlab qolishga urinayotgani sababli sayyohlar soni cheklangan. Shu bois, sayyohlar Butanda bir kunlik viza uchun 245 dollar to'lashi kerak bo’ladi.

3. Onsen Hot Springs, Yaponiya

Onsen buloqlari sayyohlarga juda yoqadi, ammo sayyohlar mahalliy aholiga unchalik yoqmaydi. Buning sababi yaponlarning tatuirovkalarni yoqtirmasliklari, chunki ular buni Yakudzlar bilan bog'lashadi. Shuning uchun, ular tatuirovka bilan tashrif buyuruvchilarni kiritmaslikka harakat qilishadi yoki hech bo'lmaganda suvga kirmasdan oldin tatuirovkalarini yopib olishlari kerak bo’ladi.

4. Cinque Terre milliy bog'i, Italiya

Cinque Terre - YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan va shuning uchun sayyohlar soni 1,5 milliondan oshgandan so'ng, ular uchun bu joy shunchaki yopib qo’yilgan.

5. Barselona, Ispaniya

Barselona meri Ade Kolau "arzon sovg'alar do'koni" obro'sidan shunchaki to'ydi va shu sababli u yangi mehmonxonalar va uy egalari uchun litsenziyalarni muzlatib qo'ydi. Shuningdek, shahar hokimi turistik soliqni joriy etishga va chet elliklar uchun kirishni cheklashga qaror qildi.

6. Amsterdam, Gollandiya

Amsterdamning marketing bo'yicha bosh direktori Frans van der Avert, sayyohlar tufayli o'layotgan shaharlarni va shuning uchun u mamlakatga kiradigan sayyohlarning sifatini kuzatib, johil va qo'pol odamlarni chetlab o'tishni niyat qilganligini aytdi.

7. Santorini, Gretsiya

Orol sayyohlar bilan to'lib toshmasligi uchun 2017 yilning yozidan beri tashrif buyuruvchilar soni 8000 kishi bilan cheklangan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook