Hozirgi vaqtda dunyoning eng boy kutubxona fondlari millionlab kitoblarga ega, lekin ma’lumot diqirilishi qulayligi bilan internet va elektron o’qish tizimlari ularga katta raqib sanaladi. Ammo bilimlar cherkovi muhiti haligacha saqlanib kelgan ba’zi kutubxonalar haliyam bor. Bu kutubxonalar zallari bilan hamisha bahra olib qarab tursa bo’ladi.
Biz sizlar uchun barchani o’zining arxitekturasi va hajmlari bilna lol qoldiradigan, dunyoning 5 eng chiroyli kutubxonalarini yig’dik.
1. Admont abbatligi kutubxonasi, Avstriya
Admont abbatligi kutubxonasi dunyodagi kattaligi bo’yicha ikkinchi cherkov kutubxonasi hisoblanadi. U Ens daryosi qirg’og’idagi Alp yoqasida joylashgan. Kutubxonada 70000 ta qo’lyozma va 200000 ta kitob yig’ilgan, ular ichida o’rta asr qo’lyozmalari, 1500 yilga qadar chop etilgan inkunabulalar, va kam uchraydigan manuskriptlar. 13-metrli potoloklar Bartolomeo Altomontening insoniyat o’z-o’zini rivojlantirishi bosqichlari aks ettirilgan freskalari bilan yozib chiqilgan.
2. Shtutgarddagi shahar kutubxonasi, Germaniya
Kunida 24 soatlik kutubxona yaqinda, ya’ni 2011 yilning noyabrida ochildi. To’qqiz qavatli binoning interyer va eksteryeri minimallik uslubida qilingan. Bu yerda hammasi to’liq avtomatlashtirilgan. Mijozlik bileti o’rniga barmoq izi, kompyuter esa o’zi kitoblarni ajratadi va kerakli javonlarga joylashtiradi. Kutubxona zalida eng yangi uskuna bu grafoteka bo’ldi. Xohlagan inson o’ziga vaqtinchalikka rasmni olishi mumkin. Mahalliy muzeylardan biri kutubxonaga Pikasso asarlaridan birini vaqtinchalik bergan edi.
3. Dublindagi Triniti-kollej kutubxonasi, Irlandiya
Inshootning asosiy xonasi Uzun xona hisoblanadi, va uning uzunligi 65 metrni tashkil qiladi. U Triniti-kollejni bitirgan mashhur yozuvchilar va faylasuflar mramorli byustlari bilan bezatilgan, va ular ichida Oskar Uayld va Jonatan Svift. Bugungi kunda kutubxonaning butun kompleksini 5 ta bino tashkil qiladi, va ularda hammasi bo’lib 4 miilionga yaqin kitoblar saqlanadi.
4. Marfa saroyidagi qirollik kutubxonasi, Portugaliya
Kutubxonada 40 000 ga yaqin kitoblar bor, va ular ichida ko’p asrli tarixga ega va oltin betli kitoblar nusxalari mavjud. Ushbu kutubxonada kitoblar xafvsizligi uchun ko’rshpalaklar javob berishadi, ular qimmatbaho kitob kolleksiyasi uchun xavfli bo’lgan hasharotlarni o’ldirishadi.
5. Viktoriyaning davlat kutubxonasi, Avstraliya
Kutubxona omborxonalari 1,5 milliondan ortiq kitob qismlari va 16 000 ta davriy nashrlarni o’z ichiga oladi. Kutubxona xazinalari orasida – shahar asoschilari Djon Byutman va Djon Paskou Fokner kundaliklari, hamda kapitan Djeyms Kuk mehnatlari va taniqli avstraliyalik qariqchi Neda Kellining qo’lyozmalari bor.
Сообщения из Facebook