Eplasang tutib ol: noodatiy baliq ovi uchun 10ta joy
Eplasang tutib ol: noodatiy baliq ovi uchun 10ta joy
Do’stlaringizni noodatiy baliq ovi bilan hayratga solmoqchi bo’lsangiz, quyidagi joylarga borishingiz mumkin.

1. Shotlandiya

Shotlandiya – golf, viski va losos balig’iningvatanidir. Losos baliqlar qiroli hisoblanadi. Uni tutish uchun ham tvid(Shotlandiya milliy libosi) kiyib, qirollardek ko’rinishga ega bo’lish kerak.Shotlandiyada Spey va Tvid daryolari baliq ovi uchun juda qulay joydir.

2. Irlandiya

Irlandiya – baliq ovi uchun Evropadagi qulay joylardanbiridir. Bu yerdagi daryo va dengiz suvlari turli xil baliq navlariga boydir:losos, olabug’a (okun), gulmohi (forel), pikshi va hokazo. Irlandiyaliklarningmehmondo’stligi tahsinga sazovordir. Ovingiz baroridan kelsa, uni siz bilannishonlash uchun hamisha odam topiladi.

3. Sloveniya

Sloveniya nimasi bilandir Shotlandiyaga o’xshaydi:katta bo’lmagan tog’li yer, daryolari forelga to’la. Baliq ovlovchilarningasosiy maqsadi – Sloveniya faxri bo’lmish marmar lososni tutish.

4. Islandiya

Islandiya – yolg’izlikda baliq ovlash uchun ajoyibmaskandir. Yoqimli manzara qurshovida Atlantika lososi va forel baliqlariningovi sizda katta taassurot qoldiradi. Osmondagi bulutlar, yarim tundagiyorug’lik – bunday manzara hamma joyda ham uchrayvermaydi.

5.Janubiy Karolina, AQSH

Janubiy Karolina (AQSH) dagi Hilton-Xed orolida akulaovi avj olgan. Orol atrofidagi suvlarda yirtqich baliqlar juda ko’p. Nahanglarsoni bo’yicha bu yer yuqori ko’rsatgichga ega. Ularning turli tumanliginiaytmaysizmi.

6. Avstraliya, Shimoliy hudud

Avstraliya chuchuk suv havzalartida baramundi balig’lari bor. Bu baliq botqoqlik loylarida o’ynashni yaxshi ko’radi. Baliq ovidano’zgacha zavq olishni istagan baliqchilar uchun bu ayni muddaodir. Faqat timsohlardan ehtiyot bo’lish zarur.

7. Viks, Puerto-Riko

Viks – Puerto-Rikoning sharqidagi tropik oroldir,tarpon va albula baliqlarining klassik ovi uchun ajoyib maskandir. Odamlar ham bu yerda ko’p emas.

8. Tailand

Mekong degan joyda baliqlarning turi juda ko’p. Yirikskat, marlin, tunets, dorado. Bu yerning afzalligi – baliq ovini plyajdagi hordiqbilan birgalikda olib borish mumkin.

9. Texas, AQSH

Texasda olabug’a balig’ining ovi an’anadir. Bu baliqniMeksika chegarasi yaqinidagi Amistad ko’lida tutish mumkin.

10. Kuba

Kubada marlin baliqlarini ovlar ekansiz, buyuk adibErnest Hemingueyni eslab o’tmaslikning ilojisi yo’q. U ham baliq oviningshaydolaridan biri bo’lgan.  “Qariya vadengiz” asarida qari baliqchi bilan yirik marlin balig’ining olishuvinitasvirlagan. Adib xotirasiga bag’ishlab har yili  karnaval va baliq ovi turniri bo’lib o’tadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook