Go’zallikka ta’sir qiluvchi kichik ammo muhim qoidalar
Ayollar go’zalligida ahamiyatli bo’lgan kichik maslahatlar bilan tanishing.

Qalbingizni go’zal qiling. Tashqi go’zallik doimo ichki go’zallik bilan birga uyg’unlashishi lozim. Aks holda tashqi yasama chiroyning foydasi bo’lmaydi.

Avvalo ayol kishining yurishi chiroyli bo’lishi kerak. Ayolni erkakdan ajratib turuvchi farq - qomatni tik va qadamlarni yengil tashlashidadir. Sport bilan shug’ullanish ayol go’zalligini yanada ochadi.

Yuz va  badan terisi toza va parvarishlangan bo’lishi lozim. Buning uchun haftada bir marta giyohli yoki dengiz tuzi qo’shilgan vanna qabul qilishni unutmang.

Ayol ko’zlari uning eng katta boyligidir. Ko’zlar tiniq va charchamagan bo’lishi uchun uyquga to’yib,  vitaminli tamponlar qo’yib, o’tli damlamada ko’zni chayib turish kerak. 

To’g’ri ovqatlanish go’zallik garovidir. Yog’li, sho’r va shirin yeguliklardan kamroq yeb, ko’proq meva va sabzavotlar tanovul qiling.

Toza havo-tanga davo. Toza havo organizm hujayralarini yangilashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Har kuni saharda toza havoda jismoniy mashqlar bajarsangiz, jismonan va ruhan yosharasiz.

Sochingizga alohida e’tibor bering. U doim toza va parvarishlangan bo’lishi lozim.

Tirnoqlar ham toza, manikyur qilingan hamda sog’lom bo’lishi kerak.

Did bilan kiyining. Moda ortidan quvmay, o’zingizga yarashib turadigan, kamchiligingizniberkitib, go’zalligingizni ochib beradigan kiyimni tanlang. Juda tor bo’lgan liboslar hammaga ham yarashavermaydi. Libos tanlashdan ham go’zallik oddiylikdan boshlanishini unutmang.

Ortiqcha, didsiz va yoshiga nomunosib bo’yanish ayol kishini hunuk ko’rsatadi. Shu sababli ham makiajni to’g’ri qiling.

Taqinchoqlarga haddan ortiq ruju qo’ymang. Bitta uslub uchun ko’pi bilan ikkita aksessuardan foydalaning.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations