Bizning dunyomiz – o’zinign ajoyib odatlari va urflariga ega turli xildagi madaniyatlar xazinasidir. Ulardan birlari quvnoq va hayratlantiruvchi, boshqalari esa qarama-qarshi, dahshatli va hatto vahshiy ko’rinadi.
10. Taarof
Taarof – eronliklarning odati bo’lib, u boshqa odamlarga nisbatan xushmuomala bo’lishning butun bir tizimi sifatida insonlarga hurmat-ehtiromni ko’rsatishdan iboratdir. Masalan, bir necha savdo rastalarida agar do’kon xo’jayini unvoni ancha baland bo’lgan xaridordan pulni olishni xohlamasa, bu xushmuomalalik hisoblanadi. Xaridor pulni to’lashni ta’kidlashda davom etadi, do’kon xo’jayini esa to’lovni olishni bir necha bor rad etganidan so’nggina olishi mumkin.
Bundan tashqari, eron madaniyatida mehmonlikka taklif etish, u qanchalik astoydil aytilgan bo’lishiga qaramay, shunchalik rasmiyatchilik hisoblanadi. Agar siz taklifni qabul qilib, unga jiddiy qarasangiz, bu bilan xo’jayinni juda noqulay vaziyatga tushurib qo’yishingiz mumkin (axir bu taklif shunchaki xushmuomalalik belgisi edi).
9. Mano Po
Pagmamano – bu kattalarga nisbatan hurmat ramzini bildiruvchi imo-ishoradir, va unda odam ta’zim qilish paytida yoshi katta insonning qo’lini peshonasiga tekkizadi. Bu ishoraning amaliyoti ko’pincha Fillipinlarda hamda Malayziya va Indoneziyaning ba’zi qismlarida uchraydi, va balkim u xitoy madaniyatidan olingan bo’lsa kerak. Ko’pincha oila a’zolari ichida bolalar ushbu imo-ishora orqali ota-onalaridan yoki yoshi ulug’ qarindoshlaridan oq fotiha olishadi.
8. Bayanixan
Fillipin madaniyatida mavjud bo’lgan yana bir noyob odat – bu bayanixan yoki uyni boshqa joyga ko’chirish. Qishloq yashovchilari hammalari birgalikda ancha katta uzoqlikka uylarini ko’chirishadi. Bunday ko’chirishlar uy yaqinlashib kelayotgan suv bosishi yoki yer ko’chishi natijasida buzilmasligi uchun qilinadi. Bayanixan asosan qishloq tumanlarida amaliyotda qo’llaniladi, chunki mahalliy uylar bambuk va palma daraxti yog’ochlari kabi yengil materiallardan qilinadi. Afsuski, shahar tumanlarida bunday tajribani amalda qo’llash ancha mushkul.
7. Mendi to’y san’ati va to’yona loy sepilishi
Islomdagi to’ylar o’zining ko’p asrli urf-odatlari va marosimlari bilan taniqli. Masalan, marosim uchun eng qulay kun payshanba hisoblanadi. Yana bir odat – bu mandi tuni (xina tuni). To’ydan ikki kun oldin kelin o’z oila a’zolari atrofida o’tiradi, va ular kelinning barmoqlariga, qo’llariga va oyoqlariga turlicha bezaklar chizishadi. Xino bilan chizilgan barcha rasmlarninh chuqur ramzga va o’z ma’nosiga ega.
Shotlandiyada esa to’y oldi odati loy sepishdan iborat. Kuyov va kelinni birga bog’lab, ko’chalar bo’ylab yurgizishadi, atrofdagi odamlar esa juftlikka turli xildagi axlatni tashlashadi: patlar, ekinlar, eskirgan tuxumlar, loy va hatto oyoq kiyimi moylari. Odat bo’yicha bu kabi harakat yomon farishtalarni haydab yuboradi, va yoshlarning o’zlari esa shu paytda birgalikda qiyinchiliklar va noxushliklarni chidash qanday bo’lishini his qilishadi.
6. Mudralar
Mudralar yoki barmoqlar yogasi – bu Hindistonda keng tarqalgan, hindulik va buddistlik madaniyatida qabul qilingan imo-ishoralardir. Qo’llar va barmoqlar harakatida 500 dan kam bo’lmagan ma’no yig’ilgan. Aytilishicha, ular insonga prana (yoki hayotiy kuch) bosimini nazorat qilishga va e’tiborni muayyan narsaga jamlashga yordam beradi, hamda aql tiniqligiga va osoyishtalikka olib keladi.
5. Kech qolish
Ko’pgina madaniyatlarda kech qolish nohurmat belgisi hisoblanadi, ammo lekin Janubiy Amerikada emas. Chili va Ekvadorda, agar xo’jayin mehmonlarni tushlikka soat 8 da chaqirsa, ular 8:15 yoki hatto 8:30 da kelishlari kerak. Agar siz vaqtida kelsangiz, sizni tezgina va “bepul” yeb olishni xohlayotgan odamga chiqarishadi. Eng osoni bu braziliyaliklarga, ular uchrashuv vaqtini moshlashtiriladigan tushuncha deb o’ylashadi va o’zlari xohlagan vaqtda mehmonchilikka kelishlari mumkin.
4. Alkogol va chap yelka orqasidagi shayton
Rossiya alkogol iste’mol qilish bo’yicha dunyo bo’yicha lider mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bu madaniyatning ancha odatiy va ajralmas qismi bo’lgani sababli, ushbu “ichkilik” etiketi uchun bir qancha qonun va urflar yaratilgan. Masalan, aytilgan tostdan so’ng stakanni stolga qo’yish mumkin emas, ya’ni mumkin, ammo bo’sh stakanni, aniqrog’i, bo’shatilgan stakanni qo’yish mumkin. Aytilgan obed, yoki tushlikka kechikish, bu “jarima” stakanni ichasiz degani, hamda “birinchisi va ikkinchisi oraasida tanaffus katta emas”.
Va albatta, chap yelkadan uch marta tuflash, chunki ma’lum bo’lishicha, uning orqasida shayton o’tiradi, va bu ruslarning odati ko’z qilishlaridan o’z-o’zini olib qochish uchun yordam beradi.
3. Tish farishtasi
Tish farishtalari haqidagi ertaklar ko’pgina mamlakatlarda va har xil talqinda borligi hammaga ma’lum. Fransiya, Ispaniya, Kolumbiya va Gretsiyada bolalar tish farishtasini sichqoncha ko’rinishida tasavvur qilishadi, va Gretsiya hamda Mavritaniyada bola tishini yostiq tagiga qo’ymasdan, o’z uyi tomiga iloji boricha uzoqroq va balandroq tashlaydi. Yamaykada agar bolalar o’z tishlarini banka ichiga qo’yib uni siklitmasalar, sigir bolasi kelib uni o’g’irlashi mumkinligi haqida qo’rqinchli hikoyalarni aytib berishadi. Malayziyalik bolalar o’z tishlarini yerga ko’mishadi, chunki badanning barcha qismlari yerga qaytarilishi lozim.Turkiyada esa bolalar tishlari “makkor xiylalar” da ishlatiladi. Mison uchun, agar ular farzandlari shifokor bo’lishni xohlashsa, ular tishni kasalxona oldida qazib qo’yishadi.
2. Bushido va seppuku
Bushido (busido) – kuch, sadoqat va butunlikni anglatuvchi yapon jangchisining kodeksi. Ba’zi analitiklar va olimlar uning biznes olamida ishlatishni tavsiya qilishadi, ya’ni uning ma’nosi samaradorli va halol ishlash.
Seppuku – bu samurayning yutqazganlikni tan olishdan ko’ra o’z o’zini o’ldirish marosimi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida minglab yapon askarlari dushmanga taslim bo’lishdan ko’ra o’zlarini o’ldirishni xush ko’rishgandi. Seppuku holatlari hozirgi kunda ham kam emas, ayniqsa, o’lim sharmandalik va isnodni boshdan kechirish o’rniga ancha afzalroq tanlov bo’lib qolgan.
1. Xaka
Xaka – Yangi Zelandiyalik maori xalqi odati hisoblanadi. Juda quvnoq marosim. U xavfli yuz ko’rinishi, tomoqli uvillamoq, baland ovozli kuylash, oyoq bosish, ko’krakka qo’l bilan urish va oddiy til ko’rsatish kabilarni o’zining ichiga oladi. Va bularning bari dushman qabilalarning yuraklariga qo’rquvni va hurmatni singdirish uchun qilinadi. Bugunda xakak asosan Yangi Zelandiyaning milliy sport jamoalari orasida qo’llaniladi. Ammo, baribir xaka – bu shunchaki harbiy o’yin va urushga chaqiriqdan ancha ko’proq ma’noni bildiradi. Shuningdek, u madaniy maqsadda ham ishlatiladi, bunda u shoirlikka va san’atga, yoki salomlashish va hurmat ko’rsatishga undaydi.
Сообщения из Facebook