Insoniyat tarixidagi eng noyob va qimmatbaho hadyalar
Sovg’a va hadyalar hamisha e’tibor va muhabbat belgisi bo’lib kelgan. Sizga taqdim qilinayotgan sovg’a hadya qiluvchi shaxs haqida ko’p narsani: uning kreativ fikrlashi, boshqalarga o’xshamaydigan o’ziga xos uslubi va asosiysi uning sizga bo’lgan munosabatini bildirib turadi. Tarixda sovg’alarga shunday misollar borki, ular munosabatlarning qadri qanchalik muhimligini bildirib turgan. Quyida shunday sovg’alar haqida biroz ma’lumotlar berib o’tamiz.

1.Elvis Preslining onasiga atagan sovg'asi

Elvis Presli nafaqat ijodkorligi, qobiliyati va g’ayrioddiy ko’rinishi, balki onasiga bo’lgan mehr-muhabbati bilan ham tanilgan.Va shu bilan birga “Kadillak” avtomobiliga nisbatan kuchli ehtiros bilan yongan. Qo’shiqchi mehribon onasiga nisbatan bo’lgan kuchli bo’g’liqlikni namoyon qilish maqsadida volidasiga pushti rangdagi “Kadillak-60” avtomobilini hadya qilgan. Buni ko’rgan Amerikalik barcha onalar farzandlaridan shunday sovg’a olishni orzu qila boshlaganlar. Hozirda ushbu retro-avtomobil Memfisdagi Elvis Preslining uy-muzeyining eksponati hisoblanadi.

2.Non bo'laklaridan yasalgan surat

Britaniyalik rassom ayol Lora Xedlend qaynonasining qalbini zabt etish maqsadida qovurilgan non bo’laklaridan uning ulkan suratini yaratadi. Ushbu san’at asari kiritilgan Ginnesning Rekordlar Kitobidagi ma’umotlarga qaraganda, suratni yaratishda 600 dona buxanka noni va 9852 dona qovurilgan non bo’laklari sarflangan.

3.Van Gogning judayam g'alati hadyasi

Taniqli rassom Van Gog nafaqat ijod asarlari, balki g’alati bir qilig’i – ya’ni o’z-o’zining qulog’ini kesib olganligi bilan mashhur bo’lganligi hech kimga sir emas. Ba’zi manbalarning yozishicha, Van Gog bunday qurbonlikni suyukli yori uchun qilgan. Gap shundaki, rassomning mahbubasi bir paytlar uning quloqlariga shaydo bo’lganligini aytgan. Biroq bunday tuhfa ayolni o’lasi cho’chitib yuborgan va detallarni sinchiklab o’rganish uchun o’rtaga politsiya aralashgan.

4.Madonnaning turmush o'rtog'iga atagan sovg'asi

Mashhur amerikalik qo’shiqchi Madonna sevgilisi va turmush o’rtog’i Gay Richga sovg’a sifatida Elton Jonning “Gayga atalgan qo’shiq” ashulasini o’ziga xos bir tarzda ijro etib bergan. Bu juftlik allaqachon ajrashib ketganliklariga qaramasdan qo’shiqchining bu harakati ehtirosli muhabbat namunasi bo’lib qolgan.

5.Xazinabonning rafiqasiga tuhfasi

Yana bir noyob tuhfa sifatida haqiqiy xazina bilan to’ldirilgan sandiqni misol qilib keltirish mumkin. Ba’zi sabablarga ko’ra nomi tilga olinmagan bir xazinatopar g’arq bo’lgan kemadan topib olgan, qimmatbaho toshlar bilan to’ldirilgan naq 3 ta sandiqni rafiqasiga tortiq qilgan.

6.Frantsiya qirolining qirolichaga tuhfasi

Frantsiya qiroli Lyudovik XIV rafiqasiga noyob suvsar (sobol) po’stin tortiq qilgan. Uning noyobligi shundaki, bu garderob buyumining uzunligi yarim kilometrga teng, shuning uchun ham qirolicha bog’da oyoq yalang sayr qila olgan.

7.Kaktus plantatsiyasi

Boni va Klayd voqeasini butun dunyo biladi, ammo shunisi qiziqki, o’zining g’alati qiliqlari bilan dong’i ketgan bosqinchi o’z mahbubasiga kaktuslar plantatsiyasini tuhfa qiladi. Aytishlaricha, plantatsiyani sovg’a sifatiada qabul qilgan ayol kaktusning sharbatidan tayyorlanadigan tekila ichimligining ishqibozi bo’lgan.

8.Kleopatraga atalgan sovg'a

Afsonaviy Kleopatrani lol qoldirish maqsadida Mark Antoniy malikaga dunyodagi eng chiroyli va qimmatbaho marvarid donasini tuhfa qilgan. U ideal o’lchamdagi marvaridni sharob to’ldirilgan bokalga solib, uni malikaga beradi va agarda bu qimmatbaho sovg’a Misr hukmdori bo’lmish Kleopatraga yoqmasa, uni bemalol daryoga tashlab yuborishi mumkinligini aytadi.

9.Elizabet Teylorga atalgan olmos

Noyob sovg’alar ro’yxatiga birorta qimmatbaho toshning kirmasligi mumkin emas, albatta. Gap Richard Bartonning sevgilisi Elizabet Teylorga hadya qilgan olmosi haqida bormoqda. Bu tosh juda katta emas edi, bor-yo’g'i 70 karat, biroq uni qirralash ishlari aql bovar qilmas darajada ustalik bilan bajarilganidan mo’jizaviy ko’rinishga ega edi. Narxi ham shunga yarasha juda va juda qimmat edi.

10.Merlin Monroga atalgan atirgullar

Hattoki har bir bayramni biz bilan o’tkazadigan oddiy gullarni ba’zi romantik shaxslar shunday taqdim qilar ekanlarki, esingizda bir umr qolar ekan. Taniqli sportchi Jo Di Madjio mashhur bo’lib ulgurgan sevgilisi Merlin Monroga yigirma yil davomida kuniga bittadan atirgul sovg’a qilgan. Agar bu tuhfa qilingan gullarning barchasi yig’ilsa, 7305 ta atirguldan iborat guldasta hosil bo’ladi. Sportchi suyukli ayoli vafot etganidan keyin ham uning qabriga gul oborishni kanda qilmadi.

11.Jaklin Kennediga atalgan orol

Boshqa bir afsonaviy ayol Jaklin Kennediga butun bir boshli orol tuhfa qilingan. Milliarder Aristotel Onassis amerikalik prezidentning bevasiga Yunonistondagi Chayonlar orolini taqdim etgan. Ko’p o’tmay ular turmush qurishadi, nikoh marosimi esa aynan ana shu orolda bo’lib o’tadi.

12.Semiramida osma bog'lari

Dunyoning yetti mo’jizalaridan biri – Semiramida osma bog’lari – Vavilon hukmdori Amitisning rafiqasiga sovg’a sifatida taqdim qilingan edi. Ajoyib jannatmisol bu bog’lar quruq vodiy uzra barpo qilinib, haqiqiy muhabbat timsoli sanalar edi.

13.Muhabbat timsoli bo'lmish Toj Mahal

Ammo ishq ila, sevgi-muhabbat bobida yaratilgan noyob tuhfa bu hanuzgacha Toj-Mahal hisoblanadi. Bu afsonaviy inshoot Hindistom hukmdori, Bobiriylar sulolasining vakili Shoh Jahon tomonidan suyukli rafiqasi Mumtoz Mahalbegimga atab bunyod etilgan. Malika to’lg’oq vaqtida, o’n to’rtinchi farzandini dunyoga keltirayotgan chog’da vafot etadi. Ushbu ajoyib maskan devorlari ustki qatlamining har bir santimetri o’yma naqsh tushirilgan toshlar bilan bezatilgan, maqbaraning konstruktsiyasi esa har tarafga qarab, shunday moslab qurilganki, har kuni “ quyosh chiqishi bilan tirilib,quyosh botishi bilan o’lmoq” mumkin. Tarixchilarning aytishlaricha, Hindistonga hujum uyushtirgan forslar ushbu qasrga qo’llarini ham tekkizmagan ekanlar.       

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations