просмотров
Islom dini dunyo bo'yicha eng ko'p e'tiqod qilinadigan dinlardan ikkinchi o'rinda turadi, shuning uchun ham chiroyli machitlarning soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Bizning ro'yxatimizda O'zbekistondagi arxitektura bo'yicha eng chiroyli qurilgan machitlar 5 taligi
"Minor" masjidi -Toshkent
"Minor" machiti Toshkentning eng markazida, Anhor kanali bo'yida joylashgan. Uning qurilishi 2013-yilda boshlangan, ochilishi esa 2014-yil 1-oktabrda musulmonlarning muqaddas bayrami Qurbon Hayiti arafasida bo'lib o'tgan. Mahalliy aholi uni darhol "poytaxtning oq machiti" deb atay boshladi, chunki eski g'ishtli machitlardan farqli o'laroq, bu machit oq marmardan ishlangan. Juda muhtasham manzara, ayniqsa otayotgan quyosh nurlari ostida o'zgacha ko'rinishga ega bo'ladi. Machitning sig'im darajasi 3000 kishini tashkil etadi. Asosiy bino 2 qavatli namoz zali, 2 ayvon va 38 metr balandlikdagi 2 ta minoradan iborat.
"Shayx Zayniddin" masjidi - Toshkent
Ko'kcha mahallasida joylashgan "Shayx Zayniddin" machiti 700 yillik tarixga ega. Machitga bu nomni joylashgan joyiga qarab - Shayx Zayniddin maqbarasi yonida 1943-yilgi ochilishdan so'ng berilgan. O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi arafasida machitning ichki interyeri tubdan rekonstruksiya qilindi. Ta'mirlash ishlarida kalligrafiya san'atining eng yaxshi namunaliri, ganchkorlik va yog'och o'ymakorligidan keng foydalanilgan. Machitning eng jozibador qismi osmonning ko'kiga intilib turgan minora va buyuk gumbaz hisoblanadi. Masjid o'z ichiga 6 ming kishini sig'dira oladi.
"Bibixonim" masjidi - Samarqand
Oldingi zamonda XV asrdagi mazkur yodgorlik - Bibxonim masjidi musulmon olamidagi eng ulkan inshoot sifatida mashhur bo'lgan. Markaziy Osiyo arxitektura me'morchiligining klassik namunasi Amir Temur buyrug'iga binoan eng yaxshi ustalar tomonidan qurilgan. Qurilish ishlari bilan sarkardaning katta xotini Saroy mulk Xonim-Bibixonim shug'ullangan, shuning uchun ham machitga uning nomi berilgan. Bu musulmon olamining eng chiroyli qadimiy inshootlaridan hisoblanadi. Masjidning ichki qismi tashqi qismidagidek taassurot uyg'otadi - u mayolika, mozayka, zarhal naqshlar, o'simlik va geometrik rasmlar hamda lojuvard bilan bezatilgan. Mustaqillikka erishilgandan so'ng arxitektura me'morchiligining mazkur namunasini saqlashga katta e'tibor qaratilmoqda.
"Bolo hovuz" masjidi - Buxoro
Bolo hovuz masjidi - "muqaddas" Buxoroning amaldagi eng chiroyli masjidlaridan hisoblanadi. U XVIII asrda qurilgan bo'lib, Buxoro amirlarining saroyi-Arkning ro'parasida joylashgan. Ulkan yozgi masjid Shohmurod amirning buyrug'iga binoan xalqning ibodat qilishi uchun qurilgan bo'lib, musulmon me'morchiligining durdona asari hisoblanadi. XVIII asrda amirlar va yaqinlarining ibodat qiladigan joyi hisoblangan. U ulkan balandlikni, ko'p ustunli ayvon, gumbazli bino va XIX asr oxirida Buxorolik mashhur arxitektor Usta Shirin Murodov tomonidan qurilgan minora hamda muhtasham hovuzni o'z ichiga oladi. Ayniqsa, ayvon shipiga tayangan bejirim ustunlar insonni o'ziga jalb qiladi. Ularda o'ymakorlik naqshlari ishlangan va gulli, geometrik shakllar bilan bezatilgan.
Musulmonlar bu yerda ibodat qilish uchun nafaqat juma kuni, balki boshqa kunlari ham yig'iladilar.
"Kalyan" masjidi - Buxoro
"Kalyan" masjidi butun Markaziy Osiyo bo'yicha eng qadimiy va kattaligi bo'yicha Samarqanddagi Bibixonim masjididan keyingi o'rinda turadi. Buxoroning asosiy sobor masjidi bo'lgan davrda, U o'z ichiga 10ming kishini sog'dira olgan. Binoning zamonaviy ko'rinishi XVI asrda qurilgan, uning to'liq ta'mirlash ishlari esa mamlakat boshlig'i Islom Karimov boshchiligidagi Buxoroning 2500 yilligini nishonlash arafasida 1997-yilda sodir bo'lgan. Kalyan masjidi Buxoro va Samarqandning boshqa yodgorliklari qatori Xalqaro YUNESKO merosi ro'yxatiga kiritilgan.
Сообщения из Facebook