Zamonaviy texnologiyalar rivojlanishiga qaramay Yer yuzida uchib, yurib yoki suzib borish mumkin bo’lmagan joylar ham bor ekanligini tasavvur qilish qiyin. Biroq, sayyoramizda hozir ham turistlar umuman bora olmaydigan burchaklari ham bor ekan.
Vatikan maxfiy arxivlari
Ushbu arxivda davlat xujjatlari, xatlar va boshqa ko’plab qimmatli qog’ozlar saqlanadi, ularni katolik cherkovi uzoq ming yillar davomida saqlab kelgan. Vatikanning maxfiy arxivlari dunyodagi eng ¬yetib bo’lmas obyetklardan biri hisoblanadi, lekin har doim ham unday bo’lmagan. 1881 yilda Papa Lev XIII bir necha izlanuvchilarga arxivdagi xujjatlar bilan tanishishga ruxsat bergan. U paytlar faqat yuqori kvalifikatsiyalangan olimlar ushbu joyga kirishga ruxsat olishi mumkin edi. Har bir tanlangan tashrif buyuruvchi qoidalarga qat’iy amal qilishi kerak bo’lgan, nimani o’rganishi mumkinligi esa reglamentlangan.
Shimoliy Sentinel oroli, Hindiston
Shimoliy Sentinel oroli Andaman orollar guruhiga mansub bo’lib, Hindistonga tegishli. Orol o’zining tegilmagan plyajlari va ajoyib tabiati ilan tanilgan. Shunga qaramasdan orolning mahalliy aholisi juda agressiv va orolga qadam bosmoqchi bo’lgan odamga ham o’ta agressiv munosabatda bo’ladi. Ular nafaqat aloqaga kirishishdan bosh tortadi, balki chaqirilmagan mehmonlarning bir nechasini o’ldirishgan. Ushbu orol turistlar uchun man etilganligi bejiz emas. Ularning xafvsizligi uchun abatta.
Lasko g’ori, Fransiya
Lasko g’ori Fransiyaning janubiy-sharqida joylashgan va o’zida qadimiy san’atning 900 ta namunasini o’zida saqlaydi, yer osti tizimidagi ajoyib havo sirkulyatsiyasi sababli namunalar juda yaxshi saqlanib qolgan. Bugun ushbu obyekt muhim paleolit asarlaridan biri hisoblanadi va uni “Qadimiy hayotning Sikstin kapellasi” deb atashadi. 1963 yildan beri bu g’orga kirish ta’qiqlangan, chunki turistlar sababli g’orga zamburug’ kirib qolgan, u esa Laskodagi unikal ekosistemani buzar edi. Budan tashqari ko’plab odamlar chiqaradigan karbon dioksidi, qoyadagi rasmlarga yomon ta’sir qila boshladi, suv o’tlari va mo’g’al bosa boshladi. Odam ta’siri juda ushbu tarixiy omonatga yomon asorat beradi. Shu sababli g’orga dam kirishi ta’qiqlangan. Har ikki haftada maxsus guruh kelib, devorlarni zamburug’lardan tozalaydi.
Zona 51, Nevada, AQSh
Nevada cho’lida berkitilgan Zona 51 – bu AQShning maxfiy harbiy bazasi, uning maqsadi ommaga ma’lum emas. Ushbu baza hududida nima bo’layotgani haqida o’ta qiziquvchan amerikaliklar o’z fikrlarini bildirib, o’zga sayyoraliklar o’rganiladi deydi. Aslida esa bu bazada uchar apparatlar va yuqori texnologiyalar ustida tajribalar o’tkaziladi. Zona 51 ga kirish qat’iy ta’qiqlangan, uning panjarasi ortida bo’layotgan ishlar, oddiy fuqarolar ko’zi uchun emas.
Syurtsey, Islandiya
Ushbu kichik vulqon oroli Vestmannaeyyar arxipelagiga kiradi va Islandiyaning janubiy qirg’oqlarida joylashgan. Syurtsey sayyoramizning eng yosh orollaridan, u 1963 yildan 1967 yilgacha bo’lgan vulqon aktivligi paytida paydo bo’lgan. Orolga kirish qat’iyan ta’qiqlangan, olimlarning mahsusguruhi bundan mustasno. Buning sababi orolga o’ziga hos ekosistemani yaratish uchun mos sharoit yaratish edi.
39 xona, Shimoliy Koreya
39 xona- Shimoliy Koreya diktatorlari dinastiyasi, Kim oilasi bilan bog’liq maxfiy tashkilot. Maxfiy department hukumron oilani va hukumat a’zolarini moliyalashtiradi. Moliyalashtirish qonuniy va noqonuniy yo’llar bilan amalga oshiriladi. Aytishlaricha struktura narkotik savdosi bilan shug’ullanadi va Shveysariydagi maxfiy hisob raqam orqali pullarni o’tkazadi. 39 xona Shimoliy Koreya mehnat partiyasining Pxenyandagi binosida joylshgan degan fikr mavjud.
Svalbard Umumjahon urug’lar banki
Norvegiyaga qarashli Svalbard arxipelagidagi orolning tog’ bag’riga yashirilgan ushbu bankda urug’ fondi mavjud. Bu butun jahon o’simliklari urug’larini saqlaydigan maxsus joydir. Unda 4.5 million urug’ namuna saqlanishga mo’ljallangan. Hozirda bu yerga faaqat bir million urug’ kiritilgan.
Vumer sinov poligoni, Avstraliya
Avvalgi kosmodrom va hozir Vumer poligoni, yana Vumer ta’qiqlangan hudud nomi bilan mashxur, -bu harbiy texnologiyalar tajribasi o’tkaziladigan eng katta kompleks hisoblanadi. Uning maydoni – 122 ming kvadrat kilometr. Kosmodrom Avstraliyaning janubida? Adelaidadan 450 km shimoliy-sharqda joylashgan. Poligon 1947yilda ta’qiqlangan, biroq Vumer poligoni hudidda oddiy fuqarolar ham kiritiladigan joylar bor, masalan mahalliy muzey.
Metro-2, Rossiya
D-6 kod nomiga ega bo’lgan Metro-2 – Moskvadagi jamoat metropoliteniga parallel ravishda qurilgan maxfiy yer osti tizimlari.Maxfiy bunkerlar Stalin paytida yaratilgan, va taxminlarga qaraganda u bir necha muhim davlat va administrative binolarni birlashtiradi, shular jumlasidan Kreml, FSB Moskva boshqarmasi, Aeroport Vnukovo-2, Xavfsizligi kengashi va SNG ning antiterroristik markazi.
Koka-kola retsepti ombori, Jorjiya shtati, AQSh
Butun dunyo taniydiga Koka-kola ichimligining retsepti bu sayyoramizdagi eng muhim xo’jalik siridir. Ichimlikning retsepti Atlantadagi maxfiy seyfda, World of Coca-Cola muzeyida saqlanadi. Obyekt jiddiy qo’riqlanadi va unga kirish faqat kompaniyaning yuqori boshliqlariga mumkin. Ichimlik formulasi – Koka-kolaning 125 yillik tarixi, u nafaqat ta’m bilan balki xotiralar bilan ham bog’liq.
Ilon oroli, Braziliya
Ushbu joyning rasmiy nomi Keymada-Grandi, lekin ko’pincha uni ilonlar oroli deb atashadi. U satn Paolo qirg’oqlarida joylashgan va unda juda ko’p ilonlar borligi bilan tanilgan. Butun dunyo bo’yicha faqatgina shu yerda eng xavfli ilonturi yashaydi – orol botropsi. Ushbu ilonning zaxri shunchalik zaxarliki, u odam terisi va badanini eritib yuboradi. Braziliya hukumati xavfsizlikni o’ylab Keymada-Grandiga borishni ta’qiqlab qo’ygan.
“White’s Gentleman CLub” aristokratlar klubi, London, Buyuk Britaniya
Londonning markazida Sent Jeyms ko’chasida White’s Gentleman Clup joylashgan – bu Britaniyadagi balki dunyodagi eng eksklyuziv klub hisoblanadi. Ushbu joy 1693 yilda yaratilgan, biroq hozirga qadar qonun va qoidalariga qattiq amal qiladi, bu yerga faqat tanlangan erkaklar kira oladi. Ushbu klubning doimiy tashrif buyuruvchilari qatorida shahzoda Charlz, shahzoda Villiyam va Tom Steysi ham bor. Bu klubga a’zolikni sotib olish yoki so’rab olish mumkin emas, bu klubga taklifnomani faqat ovoz berish orqali tanlanganlargina oladi.
Nort-Broter oroli, Nyu-York, AQSh
Nort-Broter Ist River bo’yida joylashgan bo’lib Nyu-Yorkka qarashli. BU eng mashxur tashlab ketilgan va ayanchli o’tmishga ega joy. 1885 yildan beri bu yerda karantin shifoxona joylashgan, aynan shu yerda Tifozli Meri yashagan (birinchi isitma tifi paydo bo’lgan odam). 1950 yilda kasalxona narkomanar uchun reabilitatsiya gospitali bo’lgan. Hozir bu yer tashlandiq joy, faqatgina mayda qushlar uchadi. Odamlarga esa kirish man etilgan.
Josuslik muzeyi, Xitoy
Xitoyning g’arbida Nanchengeda joylashgan milliy xavfsizlik muzeyi – ushbu muzey josuslikka bag’ishlangan va unga kirish faqat Xitoy fuqarolariga mumkin. Chet el fuqarolari muzeyga kiritilmaydi. Muzey boshqaruvchisi aytishicha undagi eksponatlar o’ta hissiyotli turistlar uchun emas, fuqarolarga ham muzey eksponatlarini sur’atga olish man etiladi.
Angliya oltin banki
Birlashgan qirollikning markaziy banki Trend-strit ko’chasida, Londonda joylashga va bu yerda dunyo mamlakatlarining 20% oltin zaxirasi joylashgan. Angliya bankida 5 134 tonna oltin va 248 milliar dollar narxiga teng qimmatbaho metallar saqlanadi! Bu yerga kirish faqat belgilangan odamlarga, himoyada odatiy temir kalit va electron qulflar bor.
Dulse maxfiy bazasi, Nyu-Meksiko, AQSh
Kolarado chegarasi yaqinida, Nyu Meksika shtati shimolida 2600 tagina aholi yashovchi Dulse shaharchasi bor. Ushbu shahar tagida butun bir maxfiy baza bor va u yerda g’ayritabiiy tajribalar o’tkaziladi degan teoriya mavjud. Ushbu teoriya tarafdorlari bazada odam va hayvonlarning gibridlari yashaydi degan fikrda, shular jumlasidan o’zga sayyoraliklar ham. Hukumat albatta hammasini rad etadi.
Mejgorye, Rossiya
Mejgorye – Janubiy ural tog’lari orasida joylashgan rus shaharchasi, aytishlaricha bu erda yadroviy ballistic raketalar saqlanar ekan. Shaharni ikki harbiy batalyon qo’riqaydi, albatta chaqiqilmagan mehmonlardan. Rasmiy hukumat bunday fikrlarga hech qanday munozara bildirmadi,biroq g’arb vakillari aynan shu yerda raketalalr bor va ular istalgan vaqtda masofadan turib boshqarilishi mumkin deb hisoblaydi.
Chichen-itsa piramidasi,Meksika
Chichen-itsa Meksikada eng saqlanib qolgan mayya sivilizatsiyasi shaahrlaridan biri. Bu erxeologik obyekt Yukatan yarim oroli turistlari orasida juda mashxur. Har yili bu shaharni 1.5 million odam tomosha qiladi. Biroq mayyalarning shahardagi Kukulkana piramidasiga kirish mumkin emas. Uni 2006 yilda yopishgan, bunga sabab turirt qizning piramidadan tushayotganda yiqilib o’lganidir.
Maunt Ueter, Virginiya, AQSh
Vashingtondan 74 km uzoqlikda yer ostida AQSh Maunt Ueter maxfiy yer osti bazasi mavjud. Shtab milliy halokat vaqtida yuqori lavozimli kishilarni himoya qilish uchun yaratilgan. Baza avtonom hayot uchun kerak bo’ladigan barcha narsa bilan jihozlanga, oshonalardan boshlab shifoxona, rekreatsionhududlar va elektrostansiya, krematoriyalargacha. Bunker qurollangan askarlar, tokli panjaralar va tikanli simlar bilan himoyalanadi va unga yaqinlashishda ogohlantirish belgilari mavjud.
Xerd oroli, Avstraliya
Bu sayyoradi eng sivilizatsiyadan olis joylar. Xerd oroli Madakaskar va Antarktika oroli o’rtasida joylashgan, siyosiy tomondan Avstraliyaga qarashli. Arxipelagda ikkita aktiv vulqon mavjud, uning quruqligi esa tog’ jinslari va vulqon debrisidan iborat. 1996 yilda avstraliya hukumati Xerdni milliy xazinalar ro’yxatiga kiritib, unga maxsus ruxsatnoma bilan kiriladigan qildi. Bu yo’l bilan hukumat orolning nozik tabiatini saqlab qolmoqchi.
Pravchiska darvozasi
Pravchiska darvozasi – Chexiyaning eng e’tiborga sazovor joylaridan biri, u Yevropadagi eng katta qumli darvozalardan biri. 1982 yildan boshlab ushbu qoyali arkaga turistlarga man etilgan, sabab qoyaga og’irlikni kamaytirib eroziyani sekinlashtirish. Biroq arkaning buzilishi hozirgacha davom etmoqda, geologlarning taxminicha yaqinda u qulab tushadi huddi Azur oynasiga o’xshab (bu arka 2017 yilda qulagan).
Povelya oroli, Italiya
Ushbu orol Italiya shimolida, Venetsiya va Lido o’rtasida joylashgan. Povelya – qo’rqinchli o’tmishga ega, borish ta’qiqlangan joy. Qachonlardir bu yerda o’lat bilan kasallanganlar uchun karantin kasalxonasi bo’lgan. Aytishlaricha kichik quruqlik bo’lagida 160000 kasallangan odamlar yashagan, ularning ko’plari umrlarining oxrgi kunlarini shu yerda o’tqazgan.
Taxminan yerning 50% odam qoldiqlaridan iborat. Karantin shifoxonasidan so’ng bu yerda jinnixona ochilgan va mish-mishlarga qaraganda ular qiynoqqa solinib, o’ldirilgan. Jinnixona yopilgandan so’ng esa bu orolga tashrif buyurish ta’qiqlangan.
Sin Shi Xuandi qabri, Xitoy
Sin dinastiyasi asoschisi, Xitoyning birinchi imperatori Sin Shi Xuandi qabri Markaziy Xitoydagi tepalik tubiga yashiringan. Ushbu mozor qiyin yer osti tizimlari g’orlaridan iborat. U imperatorga narigi dunyoda kerak bo’lishi mumkin bo’lgan narsalar bilan to’ldirilgan. Hukmdor qabri qazib olinmagan. Bu ajdodlarga hurmatni bildiradi va hukumat arxeologik izlanishlarni man qilgan.
Diego Garsiya, Hind okeanidagi Britaniya hududi
Ushbu orol ekvatordan janubga Hind okeanida joylashgan va ko’rinishidan tropik kurortga o’xshaydi. Biroq 1973 yilda Britanlar mahalliy aholini kuch bilan quvib yuborgandan keyin, bu yerda harbiy baza ochilgan va unga kirish ta’qiqlanadi.
Fort Bxangar, Hindiston
Fort Bxangar Radjistonda joylashgan va u XVII asr ehromlarini namoyish etadi. HIndlar bu yerdan qo’rqadi, chunki unda arvohlar yashaydi deb hisoblashadi. Mamlakat hukumati ushbu qadimiy shaharni rasmiy arvohlar makoni deb atagan va bu ehromlarga tashrif buyurish qat’iy reglamentlangan. Turistlar Fortga tungi vaqtda kela olmaydi, mahalliy aholi aytishicha bu qoidani buzgan hech kim xali qaytib kelmagan.
Сообщения из Facebook