Xitoyni ekzotik uy hayvonlari modasi qamrab oldi, buning natijasida butun dunyoda qimmatbaho va yo’qolib borayotgan hayvonlarga bo’lgan talab oshib bormoqda.
Shon Gallaxer ismli Britaniyalik fotograf Pekin aholisi va ularning ekzotik uy hayvonlari bilan tanishdi. Timsoxlar, ilonlar, maymunlar, o’rgimchaklar – xitoy uylarida yana qanday hayvonlar yashaydi?
26 yoshli Pekin aholisi Shao Szyan Fen o’zining taroqli timsohi bilan. Tabiat qo’ynida bu hayvon 6 metrgacha o’sishi mumkin, bu unga dunyodagi eng kata reptiliya nomini beradi. Shao Szyan Fen – 5 ta timsoh va 2 ta kata ilonning baxtli egasi. “Dunyoda timsoxlarning 23 turi bor. Qachondir ularning barini kolleksiya qila olishga umid qilaman”.
Taroqli timsoxning narxi qora bozorda bir yarim ming dollargacha yetishi mumkin. Tabiatda bu jonivor Janubi-sharqiy Osiyo va Shimoliy Avstraliyada yashaydi
31 yoshli Vey Chjen o’zining ekzotik hayvoni bilan. Somali tikanlidum asosan Afrika shohi hududlarida yashaydi. Agamning ushbu turi qirilib ketish arafasida, shu sababli qizil kitobga kiritilgan.
53 yoshli Lyu Fen o’g’lining hayvoni bilan chak rogatka. Yovvoyi tabiatda ushbu qurbaqa Braziliya, Argentina, Boliviya va Paragvay hududlarida yashaydi. Pakman kompyuter o’yiniga o’xshab ketgani uchun ushbu qurbaqani ko’paytirishadi. Rasmdagisi, uyda yashaydigan 30 ta qurbaqadan biri.
25 yoshlik U Szya Juy kalta dumli shinshilla bilan Pekin Guanyuan qush bozorida. Yovvoyi tabiatda ushbu hayvon Andda (Janubiy Amerika) istiqomat qiladi. Shinshillaning ko’plab turi qizil kitobga kiritilgan, chunki yovvoyi tabiatda ularnig terisi uchun ovlashadi.
25 yoshlik Lyu Chjabey o’zining uy hayvoni bilan – grif toshbaqasi. Ushbu turkum Qo’shma Shtatlarning sharqida yashaydi, hozirda qirilib ketish havfi ostida. Lyu Chjabey bolaligidan hayvonlarni kolleksiya qiladi. Hozirda uning uyida 30 xil qurbaqa, 2 ta alligator, turli xil ilonlar va toshbaqalar yashaydi. “Ekzotik hayvonlarni kolleksiya qilish hozir urf bo’lmoqda. Mening universitetimda xattoki ulari ko’paytirish haqida mahsus kurslar o’tiladi”.
27 yoshlik Yan o’zining to’tiqushi bilan. Bu qiz OAV dan ishdan bo’shab, to’tiqushlar uchun kiyim tikadigan kompaniya ochdi. U qush kiyimlarini internet orqali sotadi, bunday kiyimga talab Xitoyda kundan kunga oshib bormoqda. Yashil-qizil to’tiqush yovvoyi tabiatda Avstraliya Shimolida, Janubiy Molukks va Solomon orollari va Yangi Gvineyada yashaydi.
Pekin veterinari do’konda makaki-rezusning bolasini qlaydi. Yildan yilga Xitoyda maymun egasi bo’lish qiyinlashmoqda, chunki bu noqonuniy hisoblanadi. Biroq ko’pchilik yoshlarni bu to’xtatib qolmaydi. Yovvoyi tabiatda makaka-rezus asosan janubi-sharqiy Osiyoda uchraydi.
32 yoshli Lu Tintin - Pekin markazidagi zoomagazin egasi. Aynan shu yerda uing chayqovchi yenoti yashaydi (Shimoliy Amerikalik). Lu ning do’koni yaxshi rivojlanmoqda, chunki borgan sari ko’proq xitoyliklar uy hayvoni boqib olmoqda.
Pekin zoomagazinida Fenek. Saxara va shimoliy Afrikada yashovchi bu turdagi tulkilar 2016 yilda “Zveropolis” multfilmi chiqqanidan so’ng Xitoyliklar orasida juda mashxur bo’lib ketdi. Bunday tulkilar 2 dan 3 ming dollargacha narxlanishi mumkin.
27 yoshlik Mao Yuein o’zining shakarli uchuvchisi bilan. Shakar uchuvchi possum yoki xaltali karlik uchar Avstraliya, Indoneziyava Yangi Gvineya o’rmonlarida yashaydi. Mao Yuein uyda 3 ta ucharni saqlaydi. Bunday olmaxonlarning narxi 600 dollargacha yetishi mumkin.
30 yoshli Van Ke 3 ta kaltakesagini ko’rsatmoqda: quloqdor yangikaledon gekkoni, yo’l-yo’l taroqli gekkon va kichik yangikaledon gekkoni. Yovvoyi tabiatda sudraluvchilar Tinch okeaning janubiy qismida Yangi Kaledoniyada yashaydi. Yangi Kaledoniya gekkonlarining ko’pgina turkumi o’rmonlar kesilishi sababli qirilib ketayotgan turga aylanmoqda.
20 yoshli Xuan Szyachen, ilonlar kolleksioneri va ekzotik hayvonlar boquvchisi, o’zining qo’lga o’rgatilgan iloni bilan. Avval bu Pekin aholisi ekzotik hayvonlarni hobbi sifatida kolleksiya qilgan, ammo keyinroq ularni professional ravishda kopaytirib, sota boshlagan. Bu yigit butun dunyoning turliilonlari bilan qiziqadi va yig’adi.
29 yoshli Li Xuanszyun Chalcosoma atlas qo’ng’izi bilan Pekin qush bozorida. Qo’ng’izning ushbu turi Malayziya va Indoneziyada yashaydi. Li – o’rgimchaklarni kolleksiya qiladi, uning uyida 2000 dan ortiq turi bor.
38 yoshli Szyan Vey qora patli rif akulalari akvariumi yonida. Szyan Veyning qush bozoridagi do’konida, oyiga 3-5 ta shunday akula sotadi. Ularning narxi 600 dollar atrofida. Akulaning ushbu turi Hind-Tinch okeanlarida uchraydi va ko’p tutilishi sababli qirilib ketish xavfi ostida. Szyan o’z akulalarini Filippin va Indoneziyadan internet orqali buyurtma qiladi.
36 yoshli Chjan Bo meksika qonli tarantul bilan. O’rgimchaklarning bu turi odatda Arizona cho’llarida va Meksikaning ba’zi qismlarida uchraydi. Chjan o’rgimchaklarni 2007 yilda yig’ishni boshlagan, 2014 yilda esa ularni o’z do’konida sota boshladi.
26 yoshli Shao Szyan Fen xitoy alligator bilan. Hayvonlarning ushbu turi brakanyerlik va suv-botqoqlarning rekultivatsiyasi sababli yo’qolib ketayotgan xavfi ostida qolgan. Boshlang’ich baholarga qaraganda, Sharqiy Xitoyda xitoy alligatorlarining 100 tachasi qolgan.
Сообщения из Facebook