Sayyoramizning nafaqat boy balki go'zal merosxo’rlari Top-10
Yaqinda Amerikaning “Trendchaser” portali sayyoramizdagi 19 dan 50 yoshgacha bo’lgan eng boy merosxo’r qizlar reytingini tuzib chiqdi. Biz esa bu ro’yxatdan faqat bank hisobi boylarni emas, balki sohibjamollarini - “milliardli oyimchalar”ni tanlab oldik. Milliarder-merosxo’r qizlarning Top-10 ro’yxati bilan tanishing.

10-o’rin: Anna Anisimova

10-o’rin: Anna Anisimova

Rossiyadan ko’ra G’arbda mashxurroq bo’lgan alyumin magnati Vasiliy Anisimovning qizi. Ushbu ikki milliard dollarning 32 yoshli sohibasini “rus Peris Hiltoni” deb atashadi. Anna Anisimova filmlarda Kevin Speysi va Monika Beluchchilar bilan suratga tushgani uchun ham mashxur. Albatta, faqat epizodlarda.

9-o’rin: Ivanka Tramp

9-o’rin: Ivanka Tramp

AQSh hozirgi prezidentining qizi uch milliard dollar mulkga ega. Avval, ushbu 35 yoshli go’zal model karyerasini boshlayotgan edi, keyin esa uncha foyda keltirmaydigan o’z biznesini ochdi. Nima ham derdik, Ivanka pulsiz qolmasa kerak.

8-o’rin: Tamara Ekklstoun

8-o’rin: Tamara Ekklstoun

Ekklsotun familiyasi barcha yuqori tezlik muxlislariga ma’lum bo’lsa kerak. Tamaraning otasi – Berni Ekklstoun – “Formula-1”ning egasi. Uning sohibjamol qizi esa, tez-tez “Playboy” jurnalining bertlarini o’z chiroyi bilan bezatib turadi. Shu bilan birga, telekanallarning birida avtopoygani kommentariya qiladi. Tamarining boyligi hozirda 3,6 milliard dollar deb baholanmoqda.

7-o’rin: Xolli Brenson

7-o’rin: Xolli Brenson

Xolli milliarder Richard Brensonning qizi bo’lishiga qaramasdan, u ota-onasining puliga yashashga o’rganmagan. U tibbiyot universitetini omadli tamomlab, neyroxirurg bo’lib ishlashga ham ulgurgan, hozir esa otasiga butun dunyo bo’ylab 400 ta kompaniyani boshqarishga yordam bermoqda.

6-o’rin: Dilan Loren

6-o’rin: Dilan Loren

Dilan –mashxur dizayner Ralf Lorenning qizi, shuning uchun uning har doim ko’rinishi ajoyib. Lekin bu merosxo’r qiz otasi izidan borib, moda bilan shug’ullanishni xohlamadi. Buning o’rniga u dunyodagi eng katta shirinliklar do’konini ochdi. Uning mulki hozirda 4,7 milliard dollar deb baholanmoqda.

5-o’rin: Xind Xariri

5-o’rin: Xind Xariri

Xindning otasi, Rafik Xariri 10 yil davomida Livanning premyer ministri bo’lgan. Bu vaqt davomida u fuqarolar urushida butunlay vayron bo’lgan  Beyrutni qaytatdan qurdi. Lekin uning boshqaruvidan hamma ham qanoatlanmas edi, shu sababli Rafik Xaririning mashinasi portillatilgan, Xind esa 5,5 milliard dollar merosga ega bo’lgan.

4-o’rin: Sharlotta Kaziragi

4-o’rin: Sharlotta Kaziragi

Monakoning o’ttiz yoshli malikasi 5,7 milliard dollar egasidir. Bundan tashqari Sharlottaga, gollivud aktrisasi Greys Kellining – uning buvisi- go’zalligi ham meros bo’lib qolgan.

3-o’rin: Jozi Xo

3-o’rin: Jozi Xo

Jozi xali yurishni o’rganmasidan oldin merosxo’rga aylangan. Uning otasi Stenli Xo, Makaoda kazino tizimiga asos solgan shaxs bo’lgan, hokimiyat yordamini olgani uchun ishi yurishmasligi mumkin emas edi. Albatta, qizi tug’ilishi bilan, Stenli darxol barcha pullarini uning nomiga o’tqazgan. Hozirgi kunda Jozini hisob raqamida 7 millarddan ortiq pul bor.

2-o’rin: Amanda Xerst

2-o’rin: Amanda Xerst

33 yoshli Amanda Xerstning boyligi bugungi kunda 8,7 milliard dollarga baholanmoqda. Hammasi uning bobosi sababli. O’z davrida sariq pressani o’ylab topib, “Hearst” nashriyotiga asos slogan. Umuman olganda bu qiz ishlamasa ham bo’ladi! Butun vaqtini xayriya ishlariga sarflaydi, aql yetmaydigan darajada qimmat kosmetika sotib oladi va moda jurnallariga suratga tushadi.

1-o’rin: Vanisha Mittal Bxatiya

1-o’rin: Vanisha Mittal Bxatiya

Sayyoramizning eng boy merosxo’r qizi bu Vanisha Mittal Bxatiya. Uning otasi “Arcelor Mittal” eng katta po’lat quyish kompaniyasining raisi va ijrochi direktori. Hozirda Vanishaning merosi 51 milliard dollarga teng.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations