Yurak uchun shu qadar qadrli bo’lib qolgan shunday narsalar borki, buzilgan yoki ishdan chiqqan taqdirda ham ularni tashlab yuborishga hech bir insonning qo’li bormaydi. Yoki yana ayrim narsalardan bajonidil qutulgingiz keladi, lekin yangisini harid qilishga hozircha imkon yo’q.
Har qanday holda ham o’z qo’llaringiz bilan bajarsa bo’ladigan tezkor ta’mirlash ishlari bo’yicha maslahatlar sizga bu borada yordam bera oladi.
1. Eski likopning ikkinchi hayoti
Agar kompakt-disklar yordamida "restavratsiya" qilinsa, eski likopga maftunkor ko’rinishni qaytadan bahshida qilish mumkin. Ehtimol uyingizda allaqachon foydalanilmayotgan kompakt-disklar taxlanib qolgandir.
Diskni bir necha mittigina parchalarga bo’lib tashlab, yelim yordamida ularni likopga mozaika holatida yopishtirib chiqsangiz kifoya. Bunday yorqin likop oshxonadan bezak sifatida joy olishi bilan birga, undan mevalar va konfetlar uchun idish sifatida ham foydalansa bo’ladi.
2. Kamarlar yordamida stulni ta’mirlash
Agar stulning yog’ochli qurilmasi hali mustahkamu o’tirgichi egilib ketgan bo’lsa, bu stulni tashlab yubrishga shoshilmang. Turli rangdagi eski kamarlarni yig’ishga harakat qiling (agar o’z garderobingizda ko’p bo’lmasa, juda qimmat bo’lmagan kamarlarni sotib olish ham mumkin) va ulardan to’qilgan g’ilofni yaratishga urinib ko’ring. Bunday o’ziga hos stul interyeringizni bezab, sizga ajoyib kayfiyat ulashadi.
3. Darz ketgan ko’zguni yasatish
Darz ketgan ko’zguga qarash yomonlik nishonasi, deydilar. Lekin, agar siz xurofotchi bo’lmasangiz, bu kamchilikni shunday bezash imkoni borki, uning mavjudligi to’g’risida hech kim xatto payqamaydi ham. Agar darz ko’zguning chekkasida joylashgan bo’lsa ramka bilan bir tusda mozaika terib, uni zarar yetgan joyga yelimlab chiqilsa, shuning o’zi kifoya. Mozaika plitasini qurilish materiallari do’konlarida, vanna, sanuzel uchun kafel sotiladigan bo’limlarida topsa bo’ladi.
4-5. Divanni mushuk tirnashi izidan qutqarish
Bu usul mushuk boqadigan insonlarning uyida joylashgan va uning tirnashidan jabrlangan yumshoq mebelni qayta ta’mirlash uchun juda qulay. Divan yoki kursining burchaklari yillar o’tib eskirib qolganida ham, divaningizning tashqi ko’rinishini o’zgartirmoqchi bo’lsangizu biroq yangi qoplama uchun uchun ortiqcha harajat imkoni yo’q bo’lgan taqdirda ham ushbu usul juda asqotadi.
Turli kattalikdagi yorqin tugmachalar - divanning qiyofasini tez va ortiqcha sarf harachatlarsiz o’zgartirish imkonini beruvchi eng yaxshi usul!
Qoplamani ta’mirlashning yana bir o’ziga xos usuli – turli rangdagi yigirilgan ip yordamida unga bezak berishdir. Iplardan turli bezaklarni shakllantirish yoki gullar, geometrik ko’rinishlar va shu kabi boshqa narsalarni tikib chiqish mumkin. Eng asosiysi, tanlangan surat xonaning umumiy dizayniga mos kelsa bo’lgani.
6. Kuya yegan yungli narsalarni qanday qilib saqlab qolish mumkin?
Sevimli libosingiz bilan uni faqat kuya yegani uchungina hayrlashishga to’g’ri keladigan vaziyatlar ham bo’lib turadi. Aslida kichkinagina teshikcha - kiyimni garderobdan tashlab yuborish uchun bahona emas. Aksincha, bu uning ko’rinishiga yanada ko’rkamlik bag’ishlashi uchun sabab bo’lib qolishi ham mumkin. Unga mos keladigan applikatsiyani tanlang va qarshingizda yangi ko’rinishdagi libos hozir bo’ladi!
7. Ajoyib usulda ta’mirlangan avtomobil
Yo’l transport hodisasiga xatto tajribali haydovchilar ham duch kelib qolishlari mumkin, shuning uchun, bu tavsiya barcha mashinasi borlar uchun to’g’ri keladi. Agar avtomobilingizning bamperi yoki boshqa qismini ta’mirlash imkoni bo’lmasa, shu bilan birga putur yetkazilgan mashinada yurishni xohlamasangiz, "jarohatlangan joy"ni ijod mahsuli namunasiga aylatiring.
Buning uchun istalgan mayda-chuyda buyumlardan foydalansa bo’ladi: kinder-syurprizdan chiqqan o’yinchoqlar, koka-kola butilkalarining qopqoqlari, konstruktor detallari va hokazo. Barcha shakllarni yelim bilan yaxshilab yopishtirib chiqqach, tilla yoki kumush rangga bo’yatib qo’ysangiz kifoya.
Buyumlarni "ta’mirlash" g’oyasini ko’pincha ko’cha musavvirlari o’zlarining ijodida ko’p qo’llaydilar. Quyida – bir necha o’ziga hos misollar ham keltirilgan.
8. Buzilgan devorlarni Lego kubiklari yordamida ta’mirlash
Bunday ta’mir ishlari haddan tashqari qimmat, ammo, art-loyiha sifatida yaratilishga haqli. G’oya juda oddiy: xaqiqiy g’ishtlarni konstruktor kubiklariga almashtirasiz-u qo’yasiz. Bunday strit-art (ko’cha san’ati) e’tibordan chetda qolmasligi aniq va binolarni ta’mirlash muammolariga boshqalar e’tiborini ham jalb qiladi.
9. Yorilgan joylarni jeodlarga moslab ta’mirlash
Jeodlar – kristallar bilan to’ldirilgan bo’shliqlardir. Fantaziyasi boy insonlar uylarning devorlaridagi oddiy yoriqlarni ham qimmatbaho toshlar ko’rinishida ta’mirlashlari mumkin. Yaltiroq "kristallar" va kulрang beton bir-biri bilan chiqisha olmasa-da, ushbu g’oyani ozroq fantaziya bilan muvaffaqiyatli ko’rinishga keltirsa bo’ladi.
10. Kitoblarni qurilish materiallari sifatida qo’llash
Rossiyalik musavvir Andrey Syaylev kitoblarni qurilish materiallari sifatida ishlatishga qaror qildi.U eski kitoblarni g’isht kabi tahlab chiqib, bir-biriga sementladi. Andrey shu tarzda kutubxonalarning biridagi buzilib ketgan devorlarini "ta’mirlashga" erishdi.
11. Yo’lda paydo bo’lgan chuqurlardagi mozaika
Chikago shahri hukumati yo’llarni ta’mirlashga hech shoshilayotgani yo’q, shuning uchun ham mahalliy musavvirlarning biri yo’lning yurish qismida nechta chuqur borligi barchaga ko’rsatib qo’ymoqchi bo’ldi. U eskimo tasvirlarini qo’yib chiqib chuqurlarni mozaika bilan bezadi. Juda chiroyli chiqdi, ammo bu natija beradimi yo’qmi – hali noma’lum.
12. Asfaltni krujevali ta’mirlash
Asfalt qoplamasining o’rtasidagi krujevali orolchalar – yo’lovchilarga beihtiyor tabassum ulashadi va go’zallikni izlab yon-atrofga qarashga undaydi.
Сообщения из Facebook