Tarvuzlar... Bu katta zumrad-qizil poliz ekinlarini hamma yaxshi ko'radi.
Ba'zan, bizga yaxshi ekzemplyarni tanlash juda qiyin va masalan, buni faqat bizning dehqon bobomiz uddalay oladigandek tuyuladi. Lekin, aslini olganda, bu ish unchalik ham qiyin emas. Axir bu yo'l-yo'l chiziqli hosilning yetilganligini, uni kesmay turib va o'tkir, pishgan ko'zga ega bo'lmay ham, aniqlash mumkin.
odam.uz siz uchun odatda fermerlar tarviz ichi sersuv va mazali ekanini aniqlaydigan belgilarini yig'di.
Yer dog'i bo'yicha
Sariq (boshqachasiga yer) dog'i - bu tarvuzning pishayotgan vaqtida yerga tegib turgan joyidir. Pishgan tarvuzda bu dog' qo'ng'ir - sariq rangda yoki hatto olov rang - sariq rangda bo'lishi kerak. Lekin oq emas.
Asal ari to'rchasi bo'yicha
Tarvuzdagi bu chiroyli jigar rang dog'lar changlantirish vaqtida arilar uni gulini ko'p va tez-tez changlatganini anglatadi. Changlantirish qanchalar ko'p bo'lgan bo'lsa, tarvuz ham shunchalar shirin bo'ladi.
Jinsiy belgisi bo'yicha
Fermerlar orasida tarvuzlarni "o'g'il bola" lar va "qiz bola" larga ajratish keng tarqalgan. "O'g'il bola" lar ancha uzunchoq shaklga ega bo'lib, sersuv bo'ladi. "Qiz bola" lar esa, dumaloqroq va juda shirin bo'ladi.
Og'irligi va hajmi bo'yicha
Eng yaxshishi juda katta va juda kichik tarvuzni tanlamaganingiz. Eng optimali - o'rtachasi. Hamda doim yodda tuting, yaxshi tarvuz o'zining o'lchami ko'rinishiga nisbatan og'irroq bo'ladi.
Dumchasi bo'yicha
Qurib qolgan dumcha tarvuz kerakli darajada yetilanini ko'rsatdi. Yashil rangdagi dumcha esa, u hali pishib yetilmaganligini anglatadi.
Сообщения из Facebook