Oramizda ko’pchilik ishxona va ofisdagi qa’tiy sharoitlar sabab kuning ikkinchi yarmiga ham bormay charchoq hissi va asabiylikni tuyadi. Ayrim xodimlar esa bunday qat’iy tartib sabab stress holati bilan ham to’qnashadilar. Yaponiyada ana shu vaziyatlardan nari bo’lish, shuningdek hamisha a’lo kayfiyatda va tetik holatda ishlash chorasini topishdi!
“Ferray Corp” yapon kompaniyasi o’z xodimlariga ishxonaga mushuklari bilan kelishga ruxsat berishadi.
Yaponiya ish joyida haddan ortiq toliqish sabab vafot etish – karosi hodisasi rasman tan olingan sanoqli mamlakatlardan biridir.
“Ferray Corp” kompaniyasi rahbariyati fikriga ko’ra, jonivorlar bilan muloqot qilish ish jarayoni davomida stressga kamroq berilish uchun imkon yaratadi.
Ish kuni davomida mushuk va mushuk bolalari ish stollari ustida aylanib yurishadi va hattoki majlislarda ham qatnashadilar.
Сообщения из Facebook