2013 yil aprelning oxirgi kunida Niderland qirolligi 45 yoshli shaxzoda Villem-Aleksandr boshqaruviga o’tdi va bu Niderland monarxiyasi uchun aloxida voqea bo’ldi, chunki oxirgi 120 yil ichida taxtda faqat ayollar xukmronlik qilgan edilar.
Forbes jurnali chop etgan ma’lumotlarga ko’ra sayyoramizdagi eng badavlat monarxlar reytingida 7-chi o’rinni egallaydigan Qirolicha Beatriks o’z o’g’liga nafaqat unvon va taxtni, balki kattagina boylini ham qoldiradi. Qarshingizga sayyoramizning eng badavlat monarxlari ro’yxatini taqdim etamiz.
Yelizaveta II, Buyuk Britaniya qirolichasi
Boshqaruvni 1952 yilda boshlagan
Boyligi £60 mlrd (deyarli $94,42 mlrd)
Britaniya qirolichasining boyligi xisoblanganida davlat mulki deb xisoblanadigan noyob obyektlarning qiymati hisobga olinmagan . Biroq monarx oilasining mulki xisobidagi Kensington va Bukingem saroylari, Vindzor qal’asi, Xolirud saroyi, Sent-Djeyms saroyi va boshqa ko’chmas mulklar, shuningdek, san’at asarlarining qirollik kolleksiyasi xisobga olinadigan bo’lsa, Yelizaveta II bu borada reytingning birinchi o’rnida turadi.
Abdalla ibn Abdel Aziz Al Saud, Saudiya Arabistoni qiroli
Boshqaruvni 2005-chi yilda boshlagan
Boyligi £40 mlrd (deyarli $62,95 mlrd)
Saudiya Arabistoni qirol molu bisotining asosiy qismini davlatga bir kunda o’rtacha 1 milliard AQSH dollari miqdorida foyda keltiradigan neft tashkil qiladi. Bundan tashqari monarxning mulki xisobida arab chopqir otlaridan tashkil topgan ulkan otxona va aksariyati antikvar hamda eksklyuziv avtomobillardan iborat garaj ham bor.
Shayx Xalifa ibn Zayd al-Naxayyan, Abu-Dabi amiri
Boshqaruvni v 2004 yilda boshlagan
Boyligi £30 mlrd (deyarli $47,21 mlrd)
Bir vaqtning o’zida Birlashgan Arab Amirliklarining amaldagi Prezidenti bo’lgan Abu-Dabi shayxi ham neft tufayli badavlat insonlar qatoriga kirgan. Buning taajublanarli joyi yo’q: BAA neftining deyarli 80% zahiralari Abu-Dabi amirligida jamlangan.
Bundan tashyari, Shayx Xalifa ibn Zayd al-Naxayyan o’z mablag’larini jahon iqtisodiyotining turli tarmoqlariga sarmoya qilib kiritadi, bu esa unga yaxshigina foyda keltiradi.
Shayx Muxammad ibn Rashid al-Maqtum, Dubay amiri
Boshqarishni 2006 yilda boshlagan
Boyligi £25 mlrd (deyarli $39,34 mlrd)
Xozirgi paytda Shayx Muxammad BAAning bosh vaziri hamdir. U dunyodagi eng yirik va qimmatbaho otxonalardan biriga egalik qiladi. Dubay amiri boyligining salmoqli qismi uning amirligida jamlangan neft zahiralari tufaylidir. Bundan tashqari, uning jahon iqtisodiyotining turli tarmoqlariga yo’naltirilgan sarmoyalari ham yaxshigina daromad keltiradi.
Xassan al Bolkiax, Bruney sultoni
Boshqarishni 1967 yilda boshlagan
Boyligi £24 mlrd (deyarli $37,77 mlrd)
Bruney sultonining eng taniqli bisoti (mamlakatda qazib olinadigan neftdan tashqari) 3-6 ming mashinadan iborat avtomobillar kolleksiyasidir. Ushbu avtomobillarning ko’pchiligi cheklangan miqdorda yoki yagona nusxada ishlab chiqarilgan.
Butun dunyoga sultonning "Istana Nurul Iman" ("Yorug’lik saroyi") saroyi ham yaxshi ma’lum. Saroy maydoni 200 ming kv. metrdan ortiq va 1788 yashash xondonlari , shuningdek 257 vanna xonalari mavjud.
Beatriks, Niderland qirolichasi
Boshqarishni 1980 yilda boshlagan
Boyligi £10 mlrd (deyarli $15,74 mlrd)
Qirolicha Beatriksning boyligi Royal Dutch Shell kompaniyasi aktsiyalaridagi qirollik ulushi (25 foiz atrofida)ning zargarlik buyumlari va san’at asarlari kollektsiyalarining qiymatini xisobga olmagan holda an’anaviy tarzda 300 millionov AQSH dollariga baholanadi.
Lekin shu boyliklarning hammasi xisobga olinsa Niderland qirolichasining jamuljam boyligi o’n barobar katta sonni tashkil etadi va bu qirolichani hozirgi zamonning o’n nafar eng badavlat monarxlaridan biri sifatida namoyon qiladi.
Sabax al-Ahmed al-Djaber as-Sabax, Quvayt amiri
Boshqarishni 2006 yilda boshlagan
Boyligi £9 mlrd (deyarli $14,17 mlrd)
Quvayt monarxi neft sotuvidan keladigan daromadining har yillik ulushi 188 million AQSH dollariga teng. Bu uning boyligining asosi bo’ladi.
Biroq, shayx Sabah, neft zahiralari qachonlardir tugashini juda yaxshi anglaydi va shuning uchun ham mamlakat neftdan keyingi davrga tayyor bo’lishiga xozirdan qadam tashlayapti: u yerlarni xususiylashtirish qoidalarini soddalashtirib chet el investitsiyalarini jalb qiladigan, sharoitlarni yengillashtiradigan iqtisodiy islohotlar tashabbusining muallifi hamdir.
Xamad bin Xalifa Al Tani, Qatar amiri
Boshqarishni 1995 yilda boshlagan
Boyligi £7 mlrd (deyarli $11,02 mlrd)
Ehtiyotsizlik bilan Shveytsariyaga dam olish uchun ketgan o’z otasini taxtdan ag’darish natijasida xokimiyatga kelgan shayx Xamad taraqqiyparvar yetakchi sifatida tanilgan: uning boshqaruvi davrida Qatar mintaqadagi ayollarga saylash huquqi berilgan birinchi mamlakatga aylandi.
Qatar amiri neft va gaz qazib olish tarmog’ini isloh qildi, eng yirik xorijiy qazib olish kompaniyalaridan mamlakatga sarmoyalar jalb qilish uchun yo’l ochib bergan benuqson sharoitlarni yaratdi.
Qobus bin Said Albusaid, Ummon sultoni
Boshqarishni 1970 yilda boshladi
Boyligi £6 mlrd (deyarli $9,44 mlrd)
Qobus bin Said Albusaid Ummon imomligi va Maskat sultonligini birlashtirib yakka davlatni tashkil qildi. Ummon sultoni shu mintaqaning boshqa monarxlari kabi “neft” boyligiga ega. Bundan tashqari, u 1972 yilda qurilgan Qasr al-Alam va Ummon xarbiy dengiz kuchlari yaxtalar divizioniga kiritilgan bir necha yaxtalarga egalik qiladi.Ulardan biri – 155 metrli “Al-Said” yaxtasidir.
Xans-Adam II, Lixtenshteyn knyazi
Boshqarishni 1989 yilda boshlagan
Boyligi £4 mlrd (deyarli $6,29)
Alp tog’laridagi kichikina davlatni boshqarayotgan knyaz boyligining asosiy manbayi LGT oilaviy bankidir. Bundan tashqari, Lixtenshteynning hozirgi monarxi Venada bir necha XVII asr saroylariga, knyaz oilasi 4 asr davomida to’plagan san’at asarlarining noyob kolleksiyasiga, shuningdek 20 ming gektar (200 kv. km) yerga egalik qiladi.
Xamad ibn Isoal-Xalifa, Baxrayn qiroli
Boshqarishni 2002 yilda boshlagan
Boyligi £3,5 mlrd (deyarli $5,50 mlrd)
Baxrayn qiroli arab chopqir otlarining serzavq ishqibozi.1977 yilda u Amir otxonasini tashkil qildi. Bu otxona bir yil o’tib Umumjahon Arab chopqir otlari tashkiloti a’zosiga aylandi va bugun eng qimmatbaho hamda yirik otxonalar safida turadi. Baxrayn Amiri boyligining asosida neft va shu bilan birga maxsus qirollik jamg’armasi shug’ullanadigan xalqaro investitsiyalardan keladigan daromadlar turadi.
Anri, Lyuksemburg buyuk Gertsogi
Boshqarishni 2000 yilda boshlagan.
Boyligi £3 mlrd (deyarli $4,72 mlrd)
Afsuski, Yevropalik monarxlar boyliklarini neft zahiralarida barpo etgan yaqin sharqdagi hamkasblaridan farqli ravishda yuqori ko’rsatkichli daromad manbalari bilan maqtana olmaydi.
Shuning uchun ham, gertsog Anrining boyligi – bu bank qo’yilmalari, ko’chmas mulklar va oltin zahiralari, shuningdek, turli sanoat kompaniyalarining qimmatli qog’ozlaridan iboratdir. Lyuksemburg gertsogi daromadining bir qismi yovvoyi tabiat va birinchi navbatda noyob Galapagoss orollarining himoyasiga yo’naltirilganini alohida e’tiborga olish joiz.
Albert II, Monako knyazi
Boshqarishni 2005 yilda boshlagan
Boyligi £3 mlrd (deyarli $4,72 mlrd)
Monako knyazi boyligining asosida – knyazlik oilasi tomonidan to’plangan san’at asarlari kolleksiyasi bor. Bundan tashqari unda antikvar avtomobillarning qimmatbaho kollektsiyasi ham, markalar kolleksiyasi va Monte-Karlodagi kazino faoliyatidan kelib tushadigan amaldagi daromad manbai ham mavjud.
Сообщения из Facebook