просмотров
Telpakchinordagi (Surxandaryo viloyati) Oq Oztona bobo maqbarasi X asr oxiri, XI arsning boshlarida bunyod etilgan. Ba'zi olimlarning taxmoniga ko'ra, maqbara Muhammad payg'ambar s.a.vning izdoshlaridan biri, avliyo Abu Hurayra qabri ustida barpi etilgan ekan.
Teshiktosh
G'or dengiz sathidan 1500 kilometr balandlikda, Surxandaryo sharqidagi Boysun tog' tizmasida joylashgan. 1938-1939 yillarda taniqli arxeolog Aleksey Okladnikov shu g'ordan muste davriga oid neandertal qiz bolaning qoldiqlarini topgan.
Krasnogorsk. O'tmishga sayohat
Krasnogorsk konchilar shahri Toshkent viloyatida 1953 yilda tashkil etilgan. Bu yerda butun sobiq Ittifoqdan mutaxassislar ishlashgan. 90 chi yillarda esa shaharni odamlar ommaviy tashlab ketishni boshladi. Ular kvartiralari, mashinalarini ham bu yerda tashlab ketishgan. Krasnogorsk ko'chalari bo'ylab sayr qilinsa, sobiq Ittifoq 80 chi yillarda qanday ko'rinishda bo'lganini aniq tasavvur qilish mumkin - o'sha davrga xos eski buyumlar va narsalar saqlanib qolgan.
Zarautsoy
Surxandaryo viloyatida, Termizdan 100-110 kilometr g'arbda, Hisor tizmasining janubi g'arbida joylashgan bo'lib, bu yerda O'zbekiston hududidagi eng qadimiy qoyatosh rasmlari topilgan. 200 dan ortiq rasmlar mezolit, neolit va keyingi davrlarga mansub. Rasmlar chizma tarzida kontur va soya uslubida qizil angob (oxra) bilan chizilgan. Ular yerda odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasi tasvirlangan.
Qo'yqirilgan qal'a
Qo'yqirilgan qal'a - qadimiy otashparastlar ibodatxonasi va qishloq xarobalari bo'lib, To'rtko'l shahridan 22 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Qal'a atrofida xandaq (eni 15 metr, chuqurligi 3 metr) bo'lib, qadimda suv bilan to'ldirilgan. Qo'yqirilgan qal'a devorida O'rta Osiyo, Yaqin va O'rta Sharq quldorlik davri shaharlari qurilishi uslubiga xos bo'rtib chiqib turgan maxsus burjlar bo'lib, ularda o'q otish uchun nishon tuyniklari bor. Qo'yqirilgan qal'a markazidagi ikki qavatli binoga maxsus zinapoyalarda chiqilgan. Birinchi qavatda alohida alohida 8 ta gumbazli xonalar bo'lib, ular ichidan sopoldan yasalgan tobutlar, idish tovoqlar, har xil rasmlar solingan yog' idish (xum va ko'zacha) lar, naqshinkor suvdonlar topilgan. Topilmalar ichida ma'budlarning terrakota haykalchalari, devorga ishlangan rangli naqshlar, osmon jismlarini kuzatishga mo'ljallangan buyumlar bor.
Сообщения из Facebook