Dunyo tarixida insonlarning g’oyib bo’lishi, butun guruh odamlarning yo’qolib qolganligi haqidagi ma’lumotlar bor. Ba’zida odamlarning bunday g’oyib bo’lishini tushuntirish qiyin. Ushbu maqolada shunday hodisalardan ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin.
Keniyadagi noxush voqea
Keniyada qabilalardan birida tadqiqodchilar Envaitenet orolida bir paytlar yashagan qabila haqidagi rivoyatni eshitib qoldilar. Unda aytilishicha, qabila savdo-sotiq bilan shug’ullanar edi. Kunlardan bir kun savdo-sotiq to’xtab qoldi. Nima gapligini bilish uchun orolga bir guruh odamlar yuborildi. Ular qaytib kelgach, qishloq bo’m-bo’sh ekanligini, u yerda hech kim yo’qligiini, biroq hamma narsalar joyida ekanligini ma’lum qildilar. Bulardan kelib chiqib, yana haqqoniy savol tug’iladi: butun boshli qabila qayerga yo’qoldi, agar ketgan bo’lsa qanday qilib ko’lni bildirmay kechib o’tgan bo’lishlari mumkin? Bu sirli voqeadan keyin orol “borsa-kelmas” deb atala boshlandi va xalq ichida u la’natlangan deb xisoblana boshladi.
Bu kabi sirli g’oyib bo’lishlar Rossiya hududida ham sodir bo’lgan. Ommaviy axborot vositalarida shunday hodisalardan Plesheyev ko’li haqida ma’lumotlar berilib boriladi. Naql qilishlaricha, qadim zamonda bu ko’l yaqnida go’zal Kleshin shahri bunyod etilgan edi. Kunlardan bir kun uning aholisi huddi eskimoslar kabi to’satdan g’oyib bo’lgan. Rivoyatlarda aytilishicha, bu shahar Ko’l Ruhi tomonidan la’natlangan. Shuning uchun keyinchalik shu hududda qurilgan Pereyaslavl-Zalesskiy shahri ko’ldan ancha narida barpo qilingan. Ushbu voqealar shunchaki afsona bo’lishiga qaramay, Plesheyeva ko’li hali-hanuz mahalliy aholida qo’rquv hissini uyg’otadi. Bu yerdagi aholi ko’lda paydo bo’ladigan tumanni xavfli deb biladi. Agar bordiyu unga kimdur tushib qolsa, parallel olamda paydo bo’lib qolishi mumkin.
Shu kabi voqealar Irkutsk viloyatida ham sodir bo’lib turadi. 1997 yilda O’lik ko’l yaqinidagi Nejneilimsk tumanida mahalliy militsiyaning uch nafar xodimi sirli ravishda g’oyib bo’lgan. Bu voqeadan besh yil avval esa huddi shu tumanda butun boshli temir yo’l sostavi va undagi odamlar nom-nishonsiz yo’qolga.
Pskov viloyatida ham anomal hudud mavjud. Bu jarlik bilan kesishuvchi Lyadi qishlog’i yaqinidagi joydir. Aynan ana shu yerda yog’och tayyorlashga jo’natilgan brigada to’satdan g’oyib bo’lgan.
Bu voqealarning barchasiga qandaydir izoh berish mumkindir, ehtimol. Ammo ko’pchilik guvohlarning ko’zi o’ngida to’satdan g’oyib bo’lgan odamlar haqida nima deysiz? Masalan, besh nafar odam shohid bo’lgan Lenge ismli fermerning yo’qolishi keng ommaga ma’lum. Va bunday hodisalar tez-tez sodir bo’lib turadi. 17-asr solnomalarida Inok Amvrosiy tanavvul vaqtida o’z-o’zidan ko’zga ko’rinmay qolib, g’oyib bo’lgan. U davrlarda bu kabi voqealar shunchaki sexr-jodu yoki yovuz ruhlarning ishi, deb izohlanar edi. 1880 yillarning boshida Britaniya elchisi B.Baterst ham huddi shu zaylda g’oyib bo’lgan. Odamlar avvaliga uning yo’qolishiga uncha ahamiyat bermadilar va bu Napoleonning ishi bo’lsa kerak, deb o’yladilar. Biroq ko’p sonly guvohlar bu hodisaga Napoleonning hech qanday dahli yo’qligini ta’kidladilar.
Shu kabi voqeaning zamonaviy xili bizning kunlarda sodir bo’ldi. Bir ayol mashinaning oynasini artish uchun avtomobildan tushib, erining ko’z o’ngida havoga singib ketgan. Lekin hamma insonlar ham izsiz yo’qolmaydilar. Ba’zan shunday hodisalar ham bo’lib turadiki, bir joyda g’oyib bo’lgan odam qandaydir vaqtdan keyin boshqa butunlay begona joyda paydo bo’ladilar. 20-asrning ikkinchi yarmida huddi shunday voqea sodir bo’lgan. Bir uchuvchi samolyoti halokatga uchrayotgani uchun katapulta yordamida sakrashga muvaffaq bo’ladi. U o’ziga kelganida voqea joyidan bir killometr uzoqlikda ekanligini tushunib yetadi. Uchuvchining hamkasblaridan birining ta’kidlashicha esa, samolyot havoga singib ketgan.
Egri –bugri shoxli g’orlari bilan mashhur bo’lgan Xitoyning Guylin shaharchasi odamlar g’oyib bo’ladigan makondir. Yo’lboshlovchilar ushbu g’orlar bo’ylab qilingan har bir ekskursiyadan keyin turistlarni birma-bir sanab chiqishga majburlar. Buning sababi esa birovning ortda qolib ketishi yoki adashib qolishi emas. 2001 yilda bu yerda juda g’aroyib voqea sodir bo’ldi. G’or bo’ylab uyushtirilgan ekskursiya guruhlardan biriga yangi turist kelib qo’shilib qoldi, qizig’i uni shu paytgacha hech kim ko’rmagan edi. Aniqlanishicha, bu sayyoh o’zini 1998 yilda deb hisoblar ekan. Uning aytishicha, u g’orlardan birida ozgina dam olganu, so’ngra o’z guruhiga yetib olgan.
1621 yilda shox Mixail Fyodorovichning soqchilari 1571 yilda urushga otlanib chiqib ketgan Davlat-Girey xonning otryadini qo’lga olgan. Asirga tushgan askarlar qaysi yilda ekanliklarini bilganlarida hayratdan qotib qoldilar. Ularning aytishlaricha, otryad tatar qo’shinlari bilan birgalikda Moskvani ishg’ol qilishda ishtirok etganlar. Biroq ularning yo’llarida tuman bilan qoplangan chuqur jarlik paydo bo’ladi, ular shu tuman ichiga kirib ketib, yarim asrdan keyin chiqib kelganlar. Olimlarning ta’kidlashlaricha, bu kabi hodisalar vaqt oralig’idagi “qora tuynuk” ning mavjudligini isbotlaydi. Bu tuynuk orqali parallel olamga tushib qolish mumkin, undan chiqishning esa deyarli ilojisi yo’q. Vaqtlar oralig’idagi bunday adashishlar yer po’stlog’ining zararlanishi kabi geofizik anomaliyalar sababli sodir bo’ladi. Yana bir keng tarqalgan versiyalardan biri – insonlar o’zga sayyoralik kelgindilar tomonidan tadqiqodlarni o’tkazish uchun o’girlangan bo’lishlari mumkin.
Сообщения из Facebook