просмотров
1. Ruslar
Ha, ruslar - dunyodagi eng sirli xalq hisoblanadi. Olimlar ruslarning qachon "rus" bo'lgani va bu so'zning qanday paydo bo'lgani haqida bir fikrga kelolmaydilar. Ruslarning kelib chiqishi ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Rus ajdodlariga normannlar, skiflar, sarmadlar, venedlar va hatto Janubiy Sibirdagi usuni xalqi ham kirgan.
2. Mayya
Biz bu xalqning kelib chiqish tarixini ham, uning qay tarzda yo'qolib ketganini ham bilmaymiz. Ba'zi olimlar ularning ildizi afsonaviy Atlantaga tegishli ekanini aytsa, boshqalari ularning ajdodlari misrliklar ekanligini ta'kidlaydi. Mayyalar yer xo'jaligining samarali tizimini yaratgan, astronomiya sohasida chuqur bilimlarga ega bo'lganlar. Mayyalar yaratgan kalendardan Markaziy Amerikadagi boshqa xalqlar ham foydalangan. Ular qisman shifrlangan, xatning ieroglifli tizimini ishlatganlar. Mayya sivilizatsiyasi juda rivojlangan bo'lgan, lekin konkistadorlarning kelishi bilan u tanazzulga yuz tutgan, mayyaliklar esa tarixning ko'z o'ngidan yo'qolib ketgan.
3. Laplandiyaliklar
Laplandiyaliklarni yana saam yoki loparlar deb ham atashadi. Bu etnosning yoshi 5000 atrofida. Olimlar hozirgacha ularning kim ekanligi va qayerdan kelib qolgani haqida baxslar olib boradilar. Ba'zilar ukarni mongoloid desa, boshqalari laplandiyaliklar paleoyevropalik ekanini ta'kidlaydi. Saamlarning tili fin-ugor tiliga mansub, lekin laplandiyaliklarning saam tilida bir-biridan juda farq qiluvchi 10 ta lahjalari bor. Bu ba'zida ularning o'zaro suhbatida qiyinchilik tug'diradi.
4. Prussiyaliklar
Prussiyaliklarning kelib chiqishi sirligicha qolgan. U birinchi marotaba IX asrda anonim savdogar daftarchasida Brosi shaklida uchraydi, keyinroq Polsha va nemis solnomalarida keladi. Lingvistlar uning ko'pgina hind-yevropa tillariga o'xshash jihatlarini topgan va u purusa - "odam" sanskritidan kelib chiqqanini aytishgan. Prusslarning tili haqida ham ma'lumotlar yetarlicha emas. Bu tilda so'zlashuvchi oxirgi inson 1677-yilda vafot etgan, 1709-1711-yillardagi o'lat esa barcha prusslarni va Prussiyani ham qirib tashlagan. XVII asrda Prussiya tarixi o'rniga "Prussiyanizm" va Prussiya qirolligi boshlangan. U yerda mahalliy aholi prusslarning Boltiq ismlari bilan umumiyligi kam bo'lgan.
5. Qozoqlar
Qozoqlarning qayerdan paydo bo'lgani haqidagi savol haligacha javobsiz qolgan. Manbalarda ularning vatani ham Shimoliy KKannada ham Azov dengizida, ham G'arbiy Turkistonda ekanligi aytilgan. Zotdor qozoqlar skiflar, alanlar, cherkezlar, hazarlar, gotlar, brodniklarga tegishli ekanligi aytiladi. Barcha taraflarning o'z dalillari mavjud. Hozirgi kunda qozoqlar - ko'p polietnik birlik, lekin ular har gal alohida xalq ekanligini ta'kidlab o'tishni yoqtirishadi.
6. Parsaliklar
Parsaliklar - Janubiy Osiyodagi zaroastrizm izdoshlarining etno-konfessial guruhi bo'lib, ular eronliklardan kelib chiqqan. Bugungi kunda ularning soni 130 ming kishini tashkil etadi. Parsaliklar o'zlarining shaxsiy ibodatxonalari va "sukut minoralari" ga ega bo'lib, u yerda muqaddas hisoblangan 4 unsur (yer, olov, suv) ni bulg'amaslik hamda o'lganlarni dafn qilishadi. Parsaliklarni ko' pinch yahudiylar bilan solishtiradilar, ular ham o'z vatanlarini tashlab ketishga majbur qolganlar va ma'budlarga sig'inishda ham puxta tayyorgarlik ko'radilar. "E'ron ligasi" XX asrda Hindistonda parsaliklarning vatanga qaytishini targ'ib qildi, xuddi yahudiylarning sionizmi kabi.
7. Gutsulaliklar
"Gutsul" so'zining ma'nosi haqida haligacha baxslar olib boriladi. Ba'zi olimlar bu so'zning etimologiyasi moldavlarning "qaroqchi" ma'nosini beruvchi "gots" va "guts" so'zlaridan olinganligini, boshqalar esa "kochul", ya'ni "podachi" so'zidan kelib chiqqanini aytadi. Gutsulaliklarni yana "ukrainalik tog'chilar" deb ham atashadi. Ular orasida hozirgacha tabiblik an'analari kuchli. Gutsul jodugarlarini molfarlar deb atashadi. Ular oq yoki qora rangda bo'lishi mumkin. Molfarlardan katta e'tibor bilan foydalaniladi.
8. Xettlar
Xettlar davlati Qadimgi dunyo geopolitik xaritasida nufuzli kuchga ega bo'lgan. Bu yerda birinchi konstitutsiya paydo bo'lgan, ular jang aravalaridan birinchilardan bo'lib foydalanishgan, ular ikki boshli burgutga sig'inishgan. Lekin baribir xettlar haqidagi ma'lumotlar yetarli emas. Qirollarning "mardona ishlar jadvali" kitobida "keyingi yilga" degan eslatmalari ko'p uchraydi, ammo hisobot yili no'malum. Xettlar davlatining xronologiyasi bizga unga qo'shnI xalqlar manbali orqali tanish. Bir savol javobsizligicha qolmoqda: xettlar qayerga yo'qolgan? Iogann Leman o'zining "Xettlar. Ming xudo xalqi" nomli kitobida xettlarning shimolga ketgani va u yerda nemis qabilalari bilan qo'shilib ketganini yozadi. Lekin bu bir taxminiy fikr xolos.
9. Shumerlar
Shumerlar - eng qiziq va ilgarigidey Qadimgi dunyoning eng sirli xalqlaridan biri hisoblanadi. Biz ularning qayerdan paydo bo'lgani yoki ularning so'zlashuv tili qaysi til oilasiga mansub ekanligini bilmaymiz. Ko'p manbalarga ko'ra, u ohangli (xuddi zamonaviy xitoy tili kabi) bo'lgan, demak aytilgan so'zning ma'nosi uning intonatsiyasiga bog'liq bo'lgan. Shumerlar o'z davrining eng ilg'or xalqlaridan bo'lganlar, ular butun Yaqin Sharqda birinchi bo'lib g'ildirakdan foydalanishgan, irrigatsion tizimni yaratishgan, ajoyib alifbo tuzishgan, matematika va astronomiya sohasidagi bilimlari hozirgacha ko'pchilikni hayratga solib kelmoqda.
10. Etrusklar
Qadimgi etrusk xalqi insoniyat tarixiga to'datdan kirib kelgan va kutilmagan holda undan yo'qolib ketgan. Arxeologlarning fikriga ko'ra, etrusklar Apennin yarimorolining shimoli-g'arbiga joylashgan va u yerda rivojlangan sivilizatsiya yaratishgan. Aynan etrusklar Italiya hududidagi birinchi shaharlarga asos solganlar. Bundan tashqari tarixchilar rim raqamlarini etrusk raqamlari deb atash mumkinligini aytadi. Etrusklarning qayerga yo'qolib ketgani noma'lum. Ba'zi fikrlarga ko'ra, ular sharqqa joylashgan va u yerda slavyan etnosining ota-bobolariga aylangan. Ba'zi olimlarning fikriga ko'ra, etrusk tili qaysidir jihatlari bilan slavyan tiliga juda yaqin.
11. Armanlar
Armanlarning kelib chiqish tarixi hech kimga ayon emas. Ko'p taxminlar mavjud. Ba'zi olimlar armanlarning qadimgi Urartu xalqi bilan bog'liqligini aytadi. Lekin urartlarning genetik komponentlari armanlarning genetik kodlarida bo'lganidek, hurritlar, luviylar va protoarmanlarning genetik komponentlarida ham uchraydi. Armanlarning kelib chiqishi borasida greklarning ham versiyasi, bundan tashqari "Hayas gipotezasi" bor. Unda armanlarning vatani - Hayas (xettlar davlatining shimolida joylashgan hudud) ekanligi ko'rsatilgan. Olimlar armanlarning kelib chiqishi haqida aniq bir javob bermaganlar, ular ko'pincha arman etnogenezining migratsion-aralash gipotezasini ma'qullashadi.
12. Lo'lilar
Genetik va lingvistik tadqiqot natijalarga ko'ra, 1000 ta lo'li ajdodlari Hindiston hududini tark etgan. Hozir butun dunyo bo'yicha 10 million lo'li qayd etilgan. O'rta asrlarda Yevropada lo'lilarni misrliklar deb o'ylashgan. Gitanes so'zining o'zi misrlik tomonidan o'ylab topilgan. Misr xudosi Tot ma'budining oxirgi qoldig'i hisoblangan Tapo xaritalari Yevropaga aynan lo'lilar orqali yetib kelgan. Ularni bekorga "fir'avn qabilasi" deb atashmaydi. Yevropaliklarni hayratga solgan yana bir narsa shuki, lo'lilar o'lganlarni mo'miyolashgan va o'limdan keyingi hayot uchun kerakli narsalar bilan birga sag'anaga dafn qilishgan. Bu dafn odatlari ular orasida hozir ham saqlanib qolgan.
13. Yahudiylar
Yahudiylar - hozirgi yashab kelayotgan xalqlar ichida eng sirlilaridan biri hisoblanadi. Ko'p vaqt davomida "yahudiy" so'zi etnik emas, madaniyatga oid tushuncha deb hisoblangan. Fanda hali hamon keskin munozaralarga sabab bo'layotgan narsa: qadimdan yahudiylar o'zlarini alohida xalq, ijtimoiy qatlam yoki diniy vakil deb hisoblab keladi.
14. Guanchlar
Guanchlar - Tenerife hududida tug'ilgan shaxslar. Ular qanday qilib Kanar oroliga tushib qolgani noma'lum, chunki ular flotga va dengizida suzish bilimlariga ega bo'lmagan. Liar yashagan kengliklarga antopologik jihatdan to'g'ri kelmagan. Bundan tashqari Tenerife orolidagi mayya piramidalari, Meksikadagi azteklarga o'xshash to'tburchak piramidalar ham baxslarga sabab bo'lgan. Piramidalarning qurilish vaqti va maqsadi haqida hech qanday ma'lumotlar yo'q.
15. Hazarlar
Hazarlar haqida qo'shni xalqlar ko'p yozgan, lekin ular o'zlari haqida hech qanday ma'lumot qoldirmagan. Ular tarix sahnasida kutilmaganda paydo bo'lgan, keyin esa shu tarzda g'oyib bo'lishgan. Tarixchilarda Xazariya va uning aholisi qaysi tilda gaplashgani haqidagi arxeologik ma'lumotlar yo'q. Natijada ularning qayerga yo'qolib ketgani ham noma'lum. Taxminlar ko'p. Lekin aniq emas.
16. Basklilar
Basklilar yoshi, kelib chiqishi va so'zlashuv tili - bular zamonaviy tarixning asosiy sirlaridan biri hisoblanadi. Basklilar tili - euskara bo'lib, u hozirgi mavjud til oilalarining hech biriga kirmaydigan qadimgi hind-yevropa tili hisoblanadi. 2012-yilda National Geographic Society olib borgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra, basklar ularning atrofida yashovchi hech bir xalqda bo'lmagan genetik to'plamga ega.
17. Xaldeylar
Xaldeylar - miloddan avvalgi II asr oxiri I asr boshlarida Janubiy va O'rta Mesopatamiya hududida yashagan semit-askar xalqidir. Eramizdan avvalgi 626-538-yillarda Vavilonda xaldeylar sulolasi asosida Yangi Vavilon qirolligi vujudga keldi. Xaldeylarning qadimdan to hozirgacha afsungarlik va astrologiyaga bog'liq ekanligi aytiladi. Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda xaldeylarni vavilonlik kohin va folbin deb atashadi. Xeldeykar Aleksandr Makedonskiyga va uning avlodlari Antigon va Selevkalarga bashorat qilganlar.
18. Sarmatlar
Sarmatlar - jahon tarixidagi eng sirli xalqlardan biri hisoblanadi. Gerodot ularni "kaltakesakboshlilar" deb atagan, Lomonosov slavyanlarning sarmatlardan kelib chiqqanini aytgan, polshalik shlyaxtalar esa o'zlarini ularning avlodlari deb hisoblagan. Sarmatlar bir qator sirlar qoldirgan. Ularda matriarxat bo'lgani taxmin qilinadi. Ba'zi olimlar sarmatlar rus kokoshniklari ildizidanligini aytib o'tgan. Sarmatlar orasida bosh miyani sun'iy deformatsiyalash odati bo'lgan, bu orqali odamning boshi cho'zilgan tuxum shakliga ega bo'lgan.
19. Kalashlar
Kalashlar - Pokiston shimolidagi Hindiqush tog'ida yashovchi kam sonli xalq hisoblanadi. Ular Osiyodagi eng mashhur "oq" xalq sanaladi. Ularning kelib chiqishi haqidagi muzokaralar bugungi kunda ham davom etmoqda. Kalashlar o'zlarini Makedonskiy avlodlari deb hisoblaydi. Kalash tili fonologik atipik bo'lib, sanskritning asosiy tarkibini saqlab qolgan. Islomlashtirish harakatiga qaramasdan, ko'p kalashlar ko'p xudolikka amal qiladi.
20. Filistlar
"Falastin" zamonaviy nomi "Filistiya"so'zidan kelib chiqqan. Filistlar Bibliyada tilga olingan xalqlar ichida eng sirlilaridan biri sanaladi. Yaqin Sharqda faqat xettlar va kalashlargina po'lat ishlab chiqarish texnologiyasiga ega bo'lishgan, temir asr boshlanishining sharofati bilan. Bibliyada kalashlarning Kaftor (Krit) orolidan kelib chiqqani yozilgan, lekin ba'zi olimlar filistlarni pelasglar bilan bog'laydi. Krit filistlari manbalarida misr qo'lyozmalari va arxeologik topilmalar ham bor. Filistlarning qayerga g'oyib bo'lgani hali ham noaniq. Ularning Sharqiy O'rta Yer Dengizi xalqlari bilan qo'shilib ketgani taxmin qilinadi.
Сообщения из Facebook