Bahor – sershovqin shahardan tabiyatning qo’yniga chiqish uchun achoyib fasl. Ammo, bunday sayrga otlanganlar shuni hisobga olishlari kerakki, piyoda turizm birinchi bor nazar tashlaganda tuyulishi mumkin bo’lgan juda ham oddiy mashg’ulotlardan emas.
Sayr hafsalani pir qilmay, haqiqatdan ham kungildagidek o’tishi uchun u to’g’risida bilish zarur bo’lgan bir talay o’ta nozik jihatlari bor.
1. O’tinlar
Tabiyat qo’ynida tunni o’tkazmoqchi bo’lganlar uchun uyqudan oldin gulxan yoqishga kerak bo’ladigan o’tin to’plamog’i to’g’risida bosh qotirish kerak bo’ladi. Shu bilan birga, quyidagi qoidaga amal qilish maqsadga muvofiq: yetarlicha o’tin yig’ilgandek tuyulgan zahotiyoq undan 5 barobar ko’proq o’tin yig’ib qo’yish kerak bo’ladi.
2. Yomon ob-havo
"Yomon ob-havo bo’lmaydi, yomon kiyim bo’ladi" degan matal bor. Hamma narsaga tayyor bo’lish kerak, ayniqsa sharros yomg’ir yoki jalaga.
3. Yo’nalish va vaqt
Har doim qayerga ketayotganlik to’g’risida va mo’ljaldagi qaytish vaqti to’g’risida biror kimsani habador qilib qo’yish kerak. Shunday qilinsa, agar inson belgilangan vaqtda qaytmagan taqdirda, u yordam so’rab murojaat qilishi mumkin bo’ladi.
4. Repellentlar
Istalgan ob-havoda ham o’t yoqish imkoni borligiga ishonch hosil qilib olish kerak bo’ladi. Bu shuni anglatadiki, qo’l ostida doim suv o’tmaydigan narsaning ichida gugurt yoki chaqmoqtosh, zamonaviy til bilan aytilganda esa - zajigalka bo’shlishi kerak.
Shuningdek, ko’pchilik joylar uchun repellent, ya’ni kemiruvchilar va hasharotlarni hurkitib haydaydigan hamda ulardan himoyalaydigan kimyoviy vosita ham kerak bo’ladi.
5. Zahira paypoqlar
Sayr rejalashtirilganida qo’shimcha bir juft issiq paypoq hech ham zarar qilmaydi. Kiyimning boshqa turdagilari havoda qurib qolganda ham paypoqlar doim nam bo’lib qolaveradi. Nam paypoq esa oyoqlaringizni o’ta badbo’y hid bilan qoplagani yetmaganday o’z atrofida o’ta xavfli bakteriyalar va zamburug’lar ko’payib rivojlanishi uchun juda ham qulay muhitni yaratadi. Shuning uchun, yaxshisi, qo’shimcha toza va quruq paypoq olib oling.
6. Fonarcha
Yoningizda doimo baquvvat fonarchangiz bo’lsin, ayniqsa toqqa chiqqan paytingizda. Agar fonarchangizning nurlari tuman uzra o’ta olmasa bu juda ham achinarli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
7. Toqatlilik
O’z kuchlarini va imkonlarini bilgan va shuni hisobga olib, ish tutgan ma’qul. Agarda kim avvallari hech ham toqqa chiqmagan bo’lsa, u tajribali yo’l boshlovchiga murojaat qilgani ma’qul. Bu har qanday holatda ham hech ortiqcha bo’lmaydi.
8. Noqulaylik
Noqulayliklarga tayyorgarlik ko’rib qo’yish kerak bo’ladi. Piyoda turizm davomida inson doimo o’zida toliqishni sezishi, sovqotishi, yuqori namgarchilikdan qiynalib, azob chekishi mumkin. Buning hammasiga tayyor bo’lish kerak. Sayohatning jozibadorligi ko’p narsada unga bo’lgan munosabatga bog’liq.
9. Quyosh nuridan saqlovchi krem
Quyosh nuridan himoyalovchi kremni ham unutmaslik lozim, garchi tashqarida sovuq ob-havo humronlik qilganda ham. Qordan aks ettirilib qaytadigan quyosh nuri ham o’ta kuchli kuyib qolishga olib kelishi mumkin.
10. Xarita va kompas
Bugungi kunda hamma ilg’or texnologiyalarga o’rganib qolgan bo’lishiga qaramay, agarda kim "taraqqiyotdan uzoqroqqa" safar qilish istagida bo’lsa, o’zi bilan birga xarita va kompasni olib olishni unutmasligi kerak. Qo’l telefoni xizmat ko’rsatish doirasidan tashqarida bo’lishiga tayyor bo’lish kerak.
Agar o’rmonning ichiga yoki toqqa chiqib safar qilinsa, yordam ko’rsatishi mumkin bo’lgan odamlar doim ham topila olmasligini chuqur anglab olmoq lozim.
11. Hojatxona qog’ozi
Agarda kim o’rmonda hojatxona qog’ozisiz qolib ketguday bo’lsa, u bu haqda juda ham afsuslanadi.
12. Suv o’tkazmaydigan ryukzak
Barcha eng muhim narsalarni suv o’tkazmaydigan ryukzak yoki sumkaning ichiga joylashtirish kerak. Odam chiqqa ho’l bo’lib ketsa-yu, tashqaridagi harorat tushib ketsa, bunday hollar uchun ana shunaqa ryukzak yoki sumkaga oldindan zahira qilib quruq kiyimni joylash maqsadga muvofiq bo’ladi.
13. Dorilar qutisi
Doimo o’zi bilan birga dorilar qutisini ehtiyot - shart olib yurish kerak. Albatta, har qanday tasodifiy hodisadan hech kim sug’urtalangan emas, ammo, bintlar, antiseptiklar, antibiotiklar va xokazolar doimo qo’l ostida bo’lishi kerak.
Shuningdek, o’zi bilan birga lablar uchun malhamni ham olib olish kerak, ayniqsa, safaр shimol tarafga yoki toqqa rejalashtirilsa. Lablardagi yoriqlar butun safarni puchga chiqarishning eng kafolatlangan usuli.
14. Shishiriladigan yostiqlar
Shishiriladigan yostiqlar - bu dunyodagi eng qulay narsa emas, ammo u boshning tagiga yostiq sifatida o’rab yoki taxlab qo’yiladigan sviterdan ko’ra ancha yaxshiroq. Uyquni maroq bilan o’tkazib, dam olishdan o’zingizni mahrum qilish bunga arzimaydi.
15. Poyafzal
Poyafzalni hech ham chodirdan tashqarida qoldirib bo’lmaydi, ayniqsa, turist janub tomonlarda dam olayotgan bo’lsa. Bu kengliklarda zaharli sudralib yuruvchi jonivorlar va hasharotlar limmo-lim! Yaxshisi poyafzalingizni biror xaltaga solib va mahkam bekitib, chodirning, ya’ni palatkaning ichidagi balandroq joyga xalaqit bermaydigan holda ilib qo’ying.
Сообщения из Facebook