просмотров
Quyida biz sizga ishlab chiqarish mobaynida ishlatilgan texnologiyalar va tarkibi, hamda tashqi ko’rinishi bilan lol qoldiruvchi 10 ta tovar va mahsulotni e’tiboringizga namoyon etamiz. Ularga nazar tashlab, kelajak allaqachon kirib kelganini tushunasiz.
Plastik shishalarni o’rnini egallay oladigan, yesa bo’ladigan suvli pufakchalar
“Ooho!” nomli bu pufakchalar kichik portsiyali ichimlik suvidan iborat bo’lib, u dengiz o’tlaridan qilingan ekstraktli qoplam ichiga kiritilgan. Chirishi uchun yuzlab yillar ketadigan plastik shishaga qaraganda, ovqatga ishlatilmagan pufakcha atigi 4-6 haftada qayta ishlanadi. Hatto atrof-muhitga salbiy oqibatlarni keltirmaydi, axir unda natural bo’lmagan tarkibiy qismlar mavjud emas.
Toshko’mir va bodom ta’mli qora muzqaymoq
Ushbu yangi, yumshoq, qop-qora tun rangli muzqaymoq barcha shirinlik yaxshi ko’ruvchilarni qora kuchlar tomoniga o’tkazib oladi. Ekzotik ta’m va ekstravagant tuzilishi bilan muzqaymoq allaqachon minglab blogerlar, instagramchilar va shunchaki gurmanlar qalblarini zabt etib olgan. Hammasi Los-Andjelesdagi do’kondan boshlandi.
Sizni tish toshlaridan asraydigan rangsiz kofe
Agar siz kofesiz hayotingizni tasavvur qila olmasangiz, ammo tish toshlaridan qutulmoqchi bo’lsangiz, bizda siz uchun yaxshi yangilik bor. Londonda zamonaviy texnologiyalar yordamida kofe donlarining oliy navlaridan foydalangan holda tayyorlangan rangsiz kofeni ishlab chiqarishdi. Kofeining ta’mi va kuchi o’sha, ammo tish emali uchun minimal oqibatli. Qiziq, nega buni oldinroq hech kim o’ylab topmagan?
Haqiqiy go’sht ta’midan qolishmaydigan, burgerlar uchun sabzavotli kotletlar
Ta’mi, hidi va tuzilishi bilan “Beyond Meat” nomli ushbu burgerlar uchun kotletlar100% sabzavotlardan tuzilgan bo’lishiga qaramasdan, haqiqiy go’shtli kotletlardan hech ham qolishmaydi. Kotletlar haqiqiy xitga aylandi, axir tayyorlash paytida ulardan “qon sharbati” hamchiqadi (aslida bu lavlagi sharbati). Mahsulot tarkibida kunlik protein me’yori bor va ham vegetarianlar, ham go’sht yeydiganlarga yoqishi aniq.
Gavaya orollaridan kelgan juda foydali “katta sushilar”
“Poke” – yaqindagina Gavaya orollaridan kirib kelgan taom. Bu mazali taom tarkibiga xom baliq, sabzavot vamevalar kiradi, va buning hammasi kichik idishda yoki yeyiladigan roll sifatida taqdim etiladi. Shu kabi antiqa katta sushi hosil bo’ladi: toza, foydali va tayyorlanishi uchun ko’p vaqt talab qilmaydigan sushi. “Poke” ni allaqachon Kaliforniyada va Nyu-York restoranida sotuvga chiqarilgan.
Hazm qilishni yengillashtiruvchi binafsha rang non
Binafsha rang nonni Singapur Milliy Universiteti olimlari kashf etishgan. Zararli oq nondan o’laroq, binafsha rang non 20% sekinroq hazm bo'ladi, chunki uning tarkibida qora guruchdan olingan antioksidantlarning katta miqdori bor. Aynan o’sha nonga bu rangni beradi. Ushbu mahsulot savdoga hali chiqarilmagan va hozirgi vaqtda ishlab chiqarilish bosqichida.
Probirkada o’stirilgan go’sht
Hayvonlarga bo’lgan munosabatning ba’zi axloqiy muammolariga qaramasdan, ko’pgina odamlar go’shtsiz yashay olmaydi. Balki, yaqin kelajakda bu muammo sigir va buqalarning mushak tolalarini sun’iy ravishda o’stirish orqali hal etilsa kerak. 2013 yilda birinchi yuqori texnologiyali burger tayyorlandi va u xaridorlarga 325 ming dollarga tushardi. Hozirda olimlarsun’iy go’sht narxini pasaytirish ustida ish olib bormoqdalar, va yaqinda kelishilgan narx qo’yishga umidlari bor.
Yo’l-yo’lakay ichila oladigan, shishalardagi tushliklar
“Soylent” tashkiloti shiori: “Sizni yaxshi ko’radigan taom”. Siz ninimani va qayerda yeyishni tanlash, kaloriyalarni sanash va dietani yana buzibqo’yish kabi muammolar haqida o’ylashdan ozod etadi. Ushbu futuristik ichimliklar va batonchalar tarkibida allaqachon organizmimizga kerakli oziqlantiruvchi moddalar bor. Doimo band, ammo to’g’ri ovqatlanishni xohlovchilaruchun yaxshi taklif. Balkim, keragidan ortiq to’g’ri taklif.
Sog’lom va qattiq uyqu uchun proteinli kukun
Zamonaviy atrof-muhitda uyqusizlik muammosi jiddiy muammolardan biridir. Aynan shu sababdan, tashkilotlar tinch va chuqur uyqu keltiruvchi ichimliklarni ishlab chiqishni boshlashdi. Shunday qilib, “Sleep Protein” tashkiloti tarkibida 8 gr o’simlik proteini va organizm uchun yana bir qancha foydali moddalardan iborat proteinli kukun ishlab chiqarmoqda. Bu kukunni suv bilan aralashtirganda hosil bo’ladigan ichimlik tinchlanishga, orom olishga va uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Bonus: ko’z oldingizda eriydigan pishloq
Raklet (“Raclette”) – budunyoning ko’pgina mamlakatlarida tez tanilayorgan shveytsar taomidir. U eritilgan yog’li pishloqdan qilinadi, va bu pishloq to’g’ridan-to’g’i sabzavot, go’sht va boshqa mahsulotli tovoqchaga solinadi. Bu xuddi fondyuga o’xshab ketadi, ammo bu holatda ovqatni pishloqqa emas, pishloqni ovqat ustiga quyiladi. Nyu-Yorkda bu taom haqiqiy xitga aylanib qoldi.
Сообщения из Facebook