просмотров
Allen Stratolaunch System aerokosmik firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu samolyot, butun dunyoda yaratilgan uchuvchi apparatlarga nisbatan eng katta va uzun qanotga ega – 385 fut, bu 100 metrdan uzunroq. Aynan shu ko’rsatgich samolyotga rekosrdsmen bo’lishga yordam berdi. Shu kungacha dunyodagi eng katta somolyot bu sovet davrining An-225 “Mriya” – qanoti 88,4 m – hisoblanib kelingan.
Yangi uchuvchi apparat raketalarning uchirish tizimini o’zgartirish uchun loyihalashtirilgan. Oldin raketalar yerdagi maxsus maydonlardan uchirilar edi, endi esa Stratolaunch ularni o’zi ucha oladigan balandlikkacha yetqazib bera oladi va bu yoqilg’i hamda uchirish xarajatlarini juda katta miqdorda tejaydi.
Qurilish ishlari uchun 6 yil sarflandi. 2011 yilda loyihaning narxi 300 million dollar deb baholangan edi.
Stratolaunchning birinchi parvozi 2019 yilga rejalashtirilgan. Pol Allenning loyihasiga allaqachon mijoz topilgan. U ko’taruvchi raketa Pegasus XL ni uchirish uchun Stratolaunchdan foydalanishga shartnoma imzolagan.
Pol Allen anchadan beri kosmik loyihalar investitsiyasi bilan shug’ullanadi. Bunday loyihalarning mashxurlaridan biri, kosmik turizm loyihasi doirasida qurilgan SpaceShipOne suborbital uchuvchi boshqaradigan va ko’p marta foydalaniladigan kemadir. Ushbu kema birinchi bor 2003 yilda arvoz qilgan.
Сообщения из Facebook