Haddan tashqari qimmat bo’lgan hashamatli superkarlarning soni kundan kunga ko’payib bormoqda. Avtomobil ishlab chiqaruvchi yetakchi avtokorxonalar “eng mukammal” avtomobilni yaratish bo’yicha raqobatlashmoqdalar va atomobillar bozoriga borgan sayin mashinalarning yangi va yangi modellarini chiqarmoqdalar.
Bu avtomobillarning barchasi sa’nat asaridir! Zamon talabiga javob beruvchi bunday mukammal, hashamatli mashinalarni sotib olishga har kimning ham cho’ntagi ko’taravermaydi. Biroq shunday bo’lsa-da, bu narsa serhasham, qimmat mashinalarning so’nggi modellarini bir ko’rib qo’yishga va tanishishga to’sqinlik qilmaydi. E’tiboringizga 2017 yilning eng qimmat, hashamatli avtomobillarini havola etamiz.
1.Bugatti Chiron
Bugungi kunda Bugatti Chiron avtomobilining narxi – 2,6 million dollarga teng bo’lib, dunyoning eng qimmat avtomobillaridan biri hisoblanmoqda. Ushbu model birinchi o’rinda turuvchi Veyron rusumli ajdodidan ham o’tib ketdi. Bugatti Chiron ajdodi kabi mukammal, so’nggi texnolpgiyalar bilan jihozlangan. Ushbu avtomobil 1 500 ot kucni quvvatini beruvchi yangi 8 silindrli dvigatelga ega. Shunga qaramay soatiga 420 km bilan chegaralangan.
2. Pagani Huayra BC
Ushbu avtomobilning bahosi esa 2,8 million dollarga teng. Italiyalik avtokontsern tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobilning tezligi ham, dizayni ham e’tiborga loyiq. Avtomibil 6 litrli V12 ga hamda 790 ot kuchiga ega. Bulardan tashqari avtomobil yangi texnologiyalar bilan jihozlangan.
3.Ferrari Pininfarina Sergio
Hashamatli qimmat avtomobillar r’oyxatida Ferrari ning bo’lmasligi mumkin ham emas edi. Ferrari Pininfarina Sergio 2017 yil modelining narxi – 3 million dollarga teng. Ushbu mashina shovqin darajasining pastligi bilan ajralib turadi. 4,5 litrli V8 dvigatelida ishlagani uchun avvalgi rusumdagi avtomobillar kabi tezlikda yura oladi.
4.Aston Martin Valkyrie
Dabdabali mashinalardan yana biri - Aston Martin Valkyrie rusumidir. Uning narxi – 3 million dollar bo’lib, Aston Martin avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonaning eng mukammal modelidir. Uchbu benuqson avtomobil 6,5 litrli V 12 dvigatelida ishlaydi hamda gibrid akkumulyatorga ega.
5.Lamborghini Venero Roadster
Superkarlar bozorini Lamborghini avtomobilisiz ham tasavvur qilib bo’lmaydi. Italiyalik ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan ushbu avtomobil noyob dizaynga ega. Narxi 3,3 million dollarga teng bo’lgan supercar 6,5 litrli V12 dvigateli 740 ot kuchini beradi. Mashina uglerod tolasidan qilingan bo’lib, oxirgi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan.
6. Lykan HyperSport
Lykan HyperSport avtomobili W Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Arab ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan ushbu supercarning yoritgich asboblariga brilliantlar bilan bezatilgan. Ushbu mashina quvvatli dvigatelga ega bo’lib, 2,8 soniya ichida soatiga 100 km tezlikka chiqib olishi mumkin. Bahosi ham shunga yarasha – 3,4 million dollar.
7.McLaren P1 LM
Bugungi kunda 3,7 million dollarga bir dunyo narsa sotib olish mumkin. McLaren P1 LM superkari aynan shuncha turadi. Ayni damda bu avtomobil eng qimmati hisoblanadi. Mashina so’nggi texnologiya, ajoyib dizaynga ega bo’lish bilan birga tilla tilla bilan sayqallangan hamdir.
Сообщения из Facebook