Vincent Callebaut Architectures “Paris Smart City 2050” dasturi doirasida ishlab chiqilgan yashil Parij loyihasini taqdim etdi.
Mutaxasislar nafaqat shaharning ko’rinishini, balki uning ekologik sifatini ham yaxshilashga e’tibor qaratdi.
Loyihaning asosiy maqsadi – issiqxona gazlari chiqishini 75% ga kamaytirish. Ishlab chiqaruvchilarning g’oyasi shundan iboratki, 2050 yilda Parijda eko-uslubda yaratilgan va baravariga bir necha funksiyalarni bajaradigan imoratlar paydo bo’ladi. Misol uchun, bazilari tutun bilan kurashadi, boshqalari elektr toki ishlab chiqaradi, yana boshqalari vertikal ferma bo’ladi, qolganlari suv isitib beradi va hz. Barchasi imoratlarning joylashuviga qarab taqsimlanadi.
Tog’ imoratlari
Bunday imoratlar Ryu de Rivoli savdo ko’chasida joylashishi mumkin. Imoratlar o’zida bioklimatik piklarni mujassam qilgan va yangilanuvchi turli energiya manbaasi bo’lishi mumkin.
Fotoelektrik va issiqlik qalqonlari elektr toki va issiq suv ishlab chiqaradi, yashil o’simlikli turli balkonlar aholi uchun filtr vazifasini bajaradi.
Antismog imoratlar
Parij o’rtasidagi tashlandiq temir yo’l izidan o’tuvchi 23 km park zonasiga aylantirilgan ekologik koridor. Uning yonida tutunni filtrlaydigan va elektr energiya ishlab chiqaradigan imoratlar quriladi.
Fotosintetik imoratlar
Mavjud binolarni yashil suv o’tlari yordamida ishlovchi bioreaktorlardan foydalanib, vertikal parkka aylantirish. Loyiha Monparnas minorasining estetik va energiya ishlatish ta’sirlarini yaxshilashga qaratilgan. Bir tomondan u tashrif buyursa bo’ladigan Markaziy bog’ bo’lsa, ikkinchi tomondan osma suv o’tlar bog’i bo’ladi.
2050 yilda Monparnas imorati bir necha qavatdan iborat, park shaklidagi neytral ekosistemaga aylanadi.
Bambuk inli imoratlar
Balkonlarda meva beruvchi o’simliklar ekilgan termodinamik bog’li imoratlar. Loyiha 13 ta Massen imoratlari qurilishiga qaratilgan.
2050 yilda Villa d’Este qishloq xo’jaligi emblemasiga aylanadi. Shunday Palermo, Rimini, Verdi va boshqa minoralar bambukli biosetkalar bilan o’raladi.
Sotali imoratlar
Ari sotasiga o’xshab qurilgan shahar markazidagi uylar, yashash maydonini tejashga yordam beradi va havoni tozaroq qiladi. Binolar butunlay boshqacha, eko stil ko’rinish oladi.
Tomlarda fotoelektrik panellar o’rnatiladi, ular yordamida ko’chalar yoritiladi.
Ferma imoratlar
Loyihaning maqsadi shahar markazida qishloq yaratish va qo’shni tumanlarga oziq-ovqat yetqazishni yo’lga qo’yish. Bunday fermalar shahar hududini ko’p egallamaydi, aholining yashash darajasini transport vositalari kamayishi bilan yaxshilaydi, uy tizimlarini kiritadi, grunt suvlari ifloslanishini oldini oladi, markazdagi ekosistema siklini yaxshilaydi, yangi va ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Mongroe imoratlar
Temir yo’l vokzali hududida mongroe daraxtini eslatuvchi minoralar qurish taklif etiladi. Bu yerda mehmonxona va ofislar joylashgan bo’ladi.
Ko’prik-minoralar
Poytaxtning sharqiy va g’arbiy qismini birlashtirib turadi. Ularda Senaning kinetik energiyasini ishlatuvchi gidroturbinalar o’rnatiladi.
Сообщения из Facebook