5 ta eng kuchli tabiiy antibiotik
5 ta eng kuchli tabiiy antibiotik
Kasal bo'lganimizda, biz kasalxonaga boramiz, doktorlarga murojaat qilamiz. U yerda shifokorlar bizga dori vositalarini buyurib, yozib beradilar. Biz ushbu dorilarga yaxshigina pul sarflaymiz, bundan tashqari kimyo yo’li bilan tayyorlangan dorilar sog'lig'imizga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Ammo farmakologiyani biror narsa bilan almashtirish mumkinmi? Ha, mumkin! Ma'lum bo'lishicha, tabiiy antibiotiklar dorilarsiz oyoqqa turishga yordam beradi.

Xren ildizi (yerqalampir)

Xren ildizi (yerqalampir)

Xren ildizi xantal moyi va enzimga ega. Teriga ishqalaganda ikkala modda ham kislorod ta’sirida birlashib, spirtli xantal moyini hosil qiladi. Bu kuchli tabiiy antibiotik hisoblanadi hamda og’iz bo’shlig’i, burun va tomoqdagi bakteriyalarga qarshi kurashadi.

Nafas olish yo’llari kasalliklarida (traxeit, bronxit), quruq yo’talda: qirg’ichdan chiqarilgan 1 osh qoshiq xren bilan 3 osh qoshiq asal aralashtiriladi, tindiriladi. Tayyor bo’lgan aralashma 1 choy qoshiqdan kuniga 5 mahal iste’mol qilinadi. Aralashma og’iz erishi shart.

Siydik yo’li kasalliklarida (tsistit, uretrit): qirg’ichdan chiqarilgan 1 osh qoshiq xren 1 stakan qaynagan suvda damlanadi, 5 daqiqa o’rab qo’yiladi. Bunday choyni kuniga 3-4 mahal iste’mol qilish kerak.

Xren ildizi xantal moyi va enzimga ega. Teriga ishqalaganda ikkala modda ham kislorod ta’sirida birlashib, spirtli xantal moyini hosil qiladi. Bu kuchli tabiiy antibiotik hisoblanadi hamda og’iz bo’shlig’i, burun va tomoqdagi bakteriyalarga qarshi kurashadi.

Nafas olish yo’llari kasalliklarida (traxeit, bronxit), quruq yo’talda: qirg’ichdan chiqarilgan 1 osh qoshiq xren bilan 3 osh qoshiq asal aralashtiriladi, tindiriladi. Tayyor bo’lgan aralashma 1 choy qoshiqdan kuniga 5 mahal iste’mol qilinadi. Aralashma og’iz erishi shart.

Siydik yo’li kasalliklarida (tsistit, uretrit): qirg’ichdan chiqarilgan 1 osh qoshiq xren 1 stakan qaynagan suvda damlanadi, 5 daqiqa o’rab qo’yiladi. Bunday choyni kuniga 3-4 mahal iste’mol qilish kerak.

Klyukva

Klyukva

Ushbu rezavor meva kuchli antibiotik va virusga qarshi kurashuvchi hususiyatga ega bo’lib, siydik yo’li va siydik qopini zararli bakteriyalardan tozalaydi. Klyukva ajoyib antioksidant hisoblanadi, u inson tanasidagi hujayralarni erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qiluvchi moddalarga boy. 

Klyukva va brusnikaning shamollashga qarshi kurashda  ahamiyati katta. Bakteriyalarga qarshi kurashish xususiyati borasida ham beqiyos. Shu bilan birga bu rezavor mevalar siydik haydash va siydik yo’lini davolash xususiyatiga ham ega.

Morsning tayyorlanishi: Klyukva va brusnika mevalari shakar bilan aralashtiriladi (3:1 nisbatda). Aralashmaning 2 osh qoshig’i 0,5 litr iliq suv bilan arashtiriladi. Ushbu ichimlik foydali va davolash xususiyatiga ega.

Sarimsoqpiyoz

Sarimsoqpiyoz

Sarimsoqpiyoz inson organizmidagi zararli bakteriyalarni, ichak parazitlarini haydash, qondagi, ichki organlardagi va nafas olish yo’lidagi viruslarni yo’qotish xususiyatiga ega. U arterial qon bisimini tushiradi hamda tromblar hosil bo’lishining oldini oladi. Sarimsoqpiyoz rakka qarshi kurashishuvchi kuchli antioksidant hisoblanadi va organizmni zararli moddalardan tozalaydi.

Bir dona sarimsoqpiyoz donachasida 400 (!!!!) dan ortiq foydali mikroelementlar mavjud. Bu mikroelementlar qondagi “yomon” xolesterinni ketkazadi va tomirlarni tozalaydi, miya o’simta raki hujayralarini o’ldiradi, difteriya, tuberkulyoz va ichak yarasi kasalliklarini qo’zg’atuvchilarini yo’q qiladi, gijjalardan xalos qiladi.

100 xil dardga davo sarimsoqpiyizli kokteyl

Shaffof shisha idishga 12 dona sarimsoqpiyoz donachalarining har biri 4 ga bo’lib solinadi. Ustiga uch stakan qizil vino qiyiladi. Idishning usti yopiladi va derazaning quyosh tushadigan tomoniga ikki hafta muhlatga qo’yiladi. Har kuni 2-3 marotaba chayqatib turiladi. Ikki haftadan keyin tayyor aralashma to’qroq shisha idishga quyiladi va olib qo’yiladi. 

Bir choy qoshiqdan kuniga 3 mahal bir oy davomida ichiladi.

Bu ajoyib davolash xususiyatiga ega bo’lgan ichimlik organizmdan tuzlarni ketkazadi, ish qobiliyatini yaxshilaydi, qonni tozalaydi, immunitetni ko’taradi, qon-tomirlarni mustahkamlaydi. Yurakning quvvatini oshiradi va organizmni tetiklashtiradi. Ortiqcha yog’larni eritadi hamda modda almashinuvini yaxshilaydi. Ayollar kasalliklarida va ginekologik shamollashlarni davolashda beqiyos xususiyatga ega. Butun organizmni zararli tuzlardan xalos etadi.

Bazilik (rayhon bargi)

Bazilik (rayhon bargi)

Rayhon ham ajoyib tabiiy antibiotik hisoblanadi. O’zining dezinfektsiyalovchi, bakteriyalarga qarshi kurashuvchi  xususiyatlari tufayli organizmni ko’pgina infektsiyalardan xalos qiladi. 

Angina

4 choy qoshiq qiritilgan rayhon barglari ustiga 250 ml qaynagan suv quyiladi, 20 daqiqa davomida qaynatiladi. Sovugandan keyin suzgichdan suzib olinadi va iliq haroratdagi qaynatma bilan tomoq kuniga 2-3 marotaba chayiladi.

Konyuktivit, qovoqlar yallig’lanishi

2 osh qoshiq quritilgan rayhon barglari 500 ml qaynagan suvda damlanadi, iliguncha kutiladi, suzgichdan suzib olinadi. Latta yoki paxtaga botirib olib, ko’zga qo’yiladi hamda  kuniga 2-3 mahal yarim stakadan ovqatdan oldin ichiladi.

Bosh og’riganda

Rayhon bargi, shalfey (marmarak), melissa (limono’t) teng miqdorda aralashtiriladi. 1 choy qoshiq aralashmaga 200 ml qaynoq suv quyilib, 20 daqiqqa davomida damlanadi. Suzgichdan suzib olinib, 1 choy qoshiq tabiiy asal qo’shiladi va xo’plab-xo’plab ichiladi. 30 daqiqadan keyin bosh og’rig’i o’tib ketadi. Bu damlama shuningdek, tinchlantiradi va bezovtalikdan xalos qiladi.

Golubika

Golubika

Golubika

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook